9-Mavzu. Sport trenirovkasining tamoyillari. Reja Ko‘p yillik tayyorgarlikni davom etishi va uni aniqlovchi omillar
Harakat texnikasini chuqur o‘rganish bosqichi
Download 397.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Harakat texnikasini chuqur o‘rganish bosqichi
Asosiy vazifa-harakatni bajarish texnikasini kutilgan aniqlikka etkazish. Bosqichdagi ta’lim metodikasi xususiyati harakat texnikasi xususiyatlari haqidagi aniq va to‘liqroq ma’lumotlar olishga qaratilganligi hisoblandi. Shuning uchun ta’limni tashkil etishda harakatlarni to‘laligicha bajarish uslubiyatini qo‘llagan ma’qul. Bu bosqichda texnikani qismlarga ajratib qo‘llash uslubi, harakatning qaysidir qismini aniqroq bajarishni aniqlash lozim bo‘lganda qo‘llaniladi. Amalda ko‘rsatish usulidan tashqari rasmlar, kino lavha, kinogramma kabilardan ko‘proq foydalanish mumkin, shuningdek og‘zaki tushintirish uslubiyati ham yaxshi natija beradi. Harakatlarni takomillashtirish bosqichi Asosiy vazifa turli sharoitlarda harakat faoliyatini mu’tadil amalga oshirish. Harakat faoliyatini ko‘p marta to‘laligicha takrorlash bu bosqichdagi ta’lim metodikasining xususiyati hisoblanadi. U quyidagi shakllarda qo‘llaniladi: - harakatni dam olishning to‘la yoki qisqa oralig‘ida ko‘p marta takrorlash; - o‘shani bo‘limlar bilan takrorlash; -tana va ruhning turli holatlarida (charchash, ko‘rish nazoratini cheklanishi va h.k.) harakatlarni takror bajarish; -juda ko‘p miqdorda «silla quriguncha» takrorlash. Bundan tashqari, turli sharoitlarda ko‘nikmani shakllantirish, harakatlarni samarali bajarish maqsadida quyidagi metodlardan foydalaniladi; - turli mashq bajariladigan joylar, turli snaryadlar, rang barang ob-havo sharoitlari kabi tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitlarda harakatlarni bajarish; - harakatni o‘rganguncha va o‘rgangandan keyin boshqa harakatlar bilan muvofiq ravishda biriktirish; - harakatlarni bor kuch bilan, shuningdek chamalab ko‘rish va musobaqa sharoitlarida bajarish; - harakatlarni qo‘shimcha siltovlar va aksincha kabi sharoitlarda bajarish. Harakatni takomillashtirish bosqichi sportchi o‘zi tanlagan sport turi bilan shug‘ullangan barcha davrda davom etaveradi Download 397.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling