9-Mavzu. Sport trenirovkasining tamoyillari. Reja Ko‘p yillik tayyorgarlikni davom etishi va uni aniqlovchi omillar
Download 397.83 Kb. Pdf ko'rish
|
2. Harakatlarga o‘rgatish
Inson dunyoga kelgandan boshlab harakat qilish uchun asab mushak mexanizmiga ega bo‘ladi. Odamning tug‘ma harakat imkoniyatlari (bukish, yoyish, imo qilish, yutish va boshqalar) juda cheklangan bo‘ladi. Ular tug‘ma yoki shartsiz refleks deyiladi. Shu reflekslar asosida hayot faoliyati jarayonida shartli reflekslar shu jumladan harakat ko‘nikmalari shakllanadi, hosil bo‘ladi. Harakatlarni egallash jarayoni bosh miyada harakat dinamika andozasi hosil bo‘lish qonuniyati bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu harakatning ayrim davrlari navbatma-navbat amalga oshiriladigan davriy harakatlarga xos xususiyati. Shuning uchun dinamik andozani hosil bo‘lishi faqat davriy harakatlar uchun xosdir.Unda bunday imkoniyatlar doirasi qanchalik keng bo‘lsa, har qanday favqulodda holatlarda u shunchalik samara bilan zarba berishi mumkin. Shuning uchun mashqlar faoliyati jarayonida imkoniyatni turli-tumanligini hisobga olib texnik tayyogarlikka katta e’tibor beriladi. Bu erda tezlik kuch harakatni davomiyligi, mashg‘ulotlar boshida va oxirida harakatlarni bajarish kabilar nazarda tutiladi. Jismoniy tarbiya va sport faoliyati jarayoni asosini barcha eng muhim vazifalar hal etishdagi harakat faoliyati sifatidagi jismoniy mashqlar tashkil etadi. Shuning uchun harakat faoliyatiga o‘rgatish va uni takomillashtirish jismoniy tarbiya, shuningdek sport tayyorgarligining asosi hisoblanadi. Bu erda jismoniy mashqlar takomillashuvining ob’ekti sub’ekti va maqsadi sifatida maydonga chiqadi. Aniqlikni va harakat faoliyati samarasini «tushiruvchi» omilga mavjud bo‘lgan musobaqa faoliyati sharoitida harakat vazifalarini bajarish samaradorligiga talablarni maksimallashtirish sport sohasidagi ta’lim xususiyati hisoblanadi. Harakat faoliyatiga faqat o‘qitayotgan (murabbiy, o‘qituvchi) va o‘qiyotganning (sportchi) o‘zaro munosib intilishi sharoitida o‘rgatish mumkin.Ta’lim o‘quvchi bilim, malaka, ko‘nikma olishga, o‘qituvchi esa ularni o‘quvchiga berishga ehtiyoj sezgandagina faoliyat sifatida boshlanadi. Bu holatda talim maqsad va o‘quvchining birgalikdagi faoliyatining boshi bo‘lib qoladi. Download 397.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling