9-Mavzu. Sport trenirovkasining tamoyillari. Reja Ko‘p yillik tayyorgarlikni davom etishi va uni aniqlovchi omillar


Download 397.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana28.12.2022
Hajmi397.83 Kb.
#1008600
1   2   3   4   5   6
 


3.Talim jarayoni tarkibi 
Harakat faoliyatiga o‘rgatish jarayoni talim jarayonining umumiy hamda 
xususiy vazifalari bilan bir biridan farq qiluvchi uch mustaqil bosqichdan iborat 
bo‘ladi. Birinchi bosqichda harakatni qo‘pol shaklda bo‘lsa ham bajarish imkoniyati 
taminlanadi, boshqacha aytganda texnika asoslari egallanadi. 
Ikkinchi boskichda o‘rganilayotgan harakat texnikasining ikir chikirlarigacha 
aniqlanadi. 
Uchinchi bosqichda harakatni mashq va imkon qadar musobaqa jarayonlarining turli 
sharoitlarida bajarish takomillashtiriladi. 
Ta’limning har uchala bosqichi o‘quvchi birinchi o‘rinishda bajara olmaydigan 
murakkab harakatlarni o‘rganayotgan paytga xos bo‘lgan xususiyatdir. Oddiy 
harakatlarga o‘rgatish chog‘ida ta’limning birinchi bosqichi deyarli ahamiyatga ega 
emas. 
Harakat texnikasini o‘rganishning dastlabki bosqichi 
Asosiy vazifalar, harakatni umumiy holatda, qo‘pol shaklda bajarish imkoniyatini 
ta’minlash. Bosqichdagi talim metodikasi xususiyati harakat texnikasi asoslarini 
egallashga yo‘naltirilgan hisoblanadi. 
Ta’lim harakat faoliyati haqidagi ta’surotni yaratishdan boshlanadi. Buning maqbul 
tartibi qo‘yidagicha: 
-harakatni imkon qadar takomillashgan ko‘rinishda ko‘rsatish; 
-u haqda hikoya qilish shug‘ullanayotgan uni egallashini jadallashtirish maqsadida 
tezroq egallash yo‘llariga etibor beriladi
- harakatni bajarish usullarini tushuntirish va uni qayta qayta ko‘rsatib berish; 
- harakatni mustaqil bajarishga imkon yaratish. Zarur bo‘lsa xavfsizligini 
ta’minlash; 
- harakatni qayta-qayta, iloji bo‘lsa sekinlashtirilgan holatda ko‘rsatib, texnikadagi 
asosiy kamchiliklarga etiborni qaratish. 
Harakat haqidagi tasavvurni yaratish bir qancha takrorlashlar bilan yakunlanadi. 
Harakat faoliyatini bevosita o‘rganishga kirishilar ekan, uni qismlarga bo‘lib yoki 
to‘laligicha o‘rganish singari uslubiyati aniqlab olish zarur. Agar harakat o‘ta 
murakkab bo‘lmasa va ijrochi uchun xavf tug‘dirmasa, uni to‘laligicha o‘rgangan 
ma’qul. 

Download 397.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling