9-Mavzu. Sport trenirovkasining tamoyillari. Reja Ko‘p yillik tayyorgarlikni davom etishi va uni aniqlovchi omillar


Harakat texnikasini chuqur o‘rganish bosqichi


Download 397.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi397.83 Kb.
#1008600
1   2   3   4   5   6
Harakat texnikasini chuqur o‘rganish bosqichi 
Asosiy vazifa-harakatni bajarish texnikasini kutilgan aniqlikka etkazish. 
Bosqichdagi ta’lim metodikasi xususiyati harakat texnikasi xususiyatlari haqidagi 
aniq va to‘liqroq ma’lumotlar olishga qaratilganligi hisoblandi. Shuning uchun 
ta’limni tashkil etishda harakatlarni to‘laligicha bajarish uslubiyatini qo‘llagan 
ma’qul. Bu bosqichda texnikani qismlarga ajratib qo‘llash uslubi, harakatning 
qaysidir qismini aniqroq bajarishni aniqlash lozim bo‘lganda qo‘llaniladi. Amalda 
ko‘rsatish usulidan tashqari rasmlar, kino lavha, kinogramma kabilardan ko‘proq 
foydalanish mumkin, shuningdek og‘zaki tushintirish uslubiyati ham yaxshi natija 
beradi.
 
 


Harakatlarni takomillashtirish bosqichi 
Asosiy vazifa turli sharoitlarda harakat faoliyatini mu’tadil amalga oshirish. Harakat 
faoliyatini ko‘p marta to‘laligicha takrorlash bu bosqichdagi ta’lim metodikasining 
xususiyati hisoblanadi. U quyidagi shakllarda qo‘llaniladi: 
- harakatni dam olishning to‘la yoki qisqa oralig‘ida ko‘p marta takrorlash
- o‘shani bo‘limlar bilan takrorlash; 
-tana va ruhning turli holatlarida (charchash, ko‘rish nazoratini cheklanishi va h.k.) 
harakatlarni takror bajarish; 
-juda ko‘p miqdorda «silla quriguncha» takrorlash. 
Bundan tashqari, turli sharoitlarda ko‘nikmani shakllantirish, harakatlarni samarali 
bajarish maqsadida quyidagi metodlardan foydalaniladi; 
- turli mashq bajariladigan joylar, turli snaryadlar, rang barang ob-havo sharoitlari 
kabi tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitlarda harakatlarni bajarish
- harakatni o‘rganguncha va o‘rgangandan keyin boshqa harakatlar bilan muvofiq 
ravishda biriktirish
- harakatlarni bor kuch bilan, shuningdek chamalab ko‘rish va musobaqa 
sharoitlarida bajarish; 
- harakatlarni qo‘shimcha siltovlar va aksincha kabi sharoitlarda bajarish. 
Harakatni takomillashtirish bosqichi sportchi o‘zi tanlagan sport turi bilan 
shug‘ullangan barcha davrda davom etaveradi 

Download 397.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling