9-Mavzu. Sport trenirovkasining tamoyillari. Reja Ko‘p yillik tayyorgarlikni davom etishi va uni aniqlovchi omillar


 Maxsus bazali tayyorgarlik bosqichi


Download 397.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana28.12.2022
Hajmi397.83 Kb.
#1008600
1   2   3   4   5   6
3. Maxsus bazali tayyorgarlik bosqichi 
Vazifalari. Har tomonlama tayyorgarlikni davom ettirish (bosqichning birinchi 
yarmida): ko‘proq mutaxassisligiga qaratiladi. 
Vositalari: funksional potensialni rivojlantirishga qaratilgan, bo‘lg‘usi sprinterni 
og‘ir atletikachilarni, gimnastlarni va h.k. bazali tayyorgarligi musobaqani o‘ziga 
xos xususiyatiga qarab tuzilishi shart. 
4. Individual imkoniyatlarni maksimal ravishda amalga oshirish 
bosqichi 
Vazifalari sport turlari maksimal natijalarga erishish maksimal ravishda 
foydalanish. 
Mashg‘ulotlarni hajmi va shiddati qo‘shilgan summasi maksimal xolatga etadi va 
katta yuklamali mashg‘ulotlar soni ko‘payadi. Mashg‘ulotlar soni 15-20 tagacha 
etishi, psixologik, taktik va integral tayyorgarlikni salmog‘i oshishi shart. Shuni 
alohida etiborga olish kerakki, individual imkoniyatlarni maksimal ravishda amalga 
oshirishda optimal yosh chegarasiga to‘g‘ri kelishi shart. Etapning davom etish vaqti, 
sport maxoratining tashkil topishiga yoki aloxida nomerlarni dasturining 
tayyorgarligiga bog‘liq. 
5. Erishilgan natijalarni saqlash bosqichi 
Sportchiga individual yondashish bilan xarakterlanadi. Bu esa quyidagilar bilan 
aniqlanadi. Birinchidan: sportchining katta tajribasi (trenirovka va musobaqa)har xil 
sharoitda chuqur bilimni kerakli vositalarni musobaqa faoliyatiga kerak bo‘lgan 
metodlarni tez aniqlab oladi. Ikkinchidan: yoshning o‘zgarishi organlar va 
sistemalar oldingi davrdagi yuqori yuklama, bu etapdagi yuklamani ko‘paytirishga 
ayni shu darajada ushlab turishga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchyn funksional 
potensial va moslashish imkoniyatlari pasayadi. Bu esa shaxsiy mahoratni oshirish 
uchun individual zahiralarni izlashni talab qiladi. 
-funksional imkoniyatlarni erishilgan darajada oldingi yoki kichikroq mashg‘ulot 
hajmida ushlab turishni:
- texnik mahoratni takomillashtirishni: 
- psixologik tayyogarlikni oshirishni: 
- jismoniy va funksional tayyorgarlikdagi ayrim xatolarni yo‘qotishda shuni hisobga 
olish kerakki, ko‘p yillik tayyorgarlikni bu etapdagi sportchi har xil mashg‘ulot 
vositalariga ko‘nikkandir. Shuning uchun oldingi davrdagi rejalashtirish, vosita va 
metodlar bilan sport natijalarini ushlab turib bo‘lmagani uchun mashg‘ulotlarning 
yangi shakllari va metodlarini topishga to‘g‘ri keladi. Bu etap shu bilan 
xarakterlanadiki, 17-20 yoshli yosh sportchilar va 30-35 yoshga kirgan veteran 
sportchilar musobaqaga qatnashadilar. Bu esa yoshlik (yuqori darajadagi jismoniy 
tayyorgarlikni) davrida erishgan natijalarini hamda va etishgan katta musobaqa 
faoliyatiga ega bo‘lgan tajribalarni birlashtiradi. 
Ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonida yuklamalar dinamikasi va har xil kerakli 
ishlarning nisbati. Ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonini rasional tuzish uchun uni, har 
xil turlarini maqsadga muvofiq ravishda nisbatini aniqlash zarur. Mikrosikllar 
ichida ko‘rganimizdek organizmning funksional imkoniyatlari tiklanishi bir necha 
soatdan, bir necha kungacha davom etishi mumkin edi. Uning uchun keyingi 
mikrosikl oldingi yuklamadan qolgan charchash hisobiga organizmni qayta 


tiklashga qaratilgan bo‘lishi ham mumkin. Klassifikasiyali sportchilarni hozirgi 
kundagi mashg‘ulotlardagi qizg‘in payti alohida mikrosikllar yuklamasini 
qo‘shilishi orqali bir mikrosikldan ikkinchi mikrosiklga charchash ortib borishi 
xarakterlanadi. Bu esa, organizmni funksional sistemasiga va texnikaning 
mustahkamligiga yuqori talab qo‘yadi. Mikrosikllardagi yuklamani umumiy 
summasi ko‘p yillik tayyorgarlik davriga bog‘liq ko‘p yillik tayyorgarlikda, bazali 
mikrosikllar ichidagi xastalik mikrosikllar yuklamasini umumiy summasining 
birlashishi mikrosikllarni har xil tiplarini ularning yuklamasini umumiy summasini 
quyi xususiyatlarini ham mezosiklni tipi bilan aniqlanadi. Bir yillik 
tayyorgarlikni ikki siklik qilib rejalashtirganda fundamental davrning birinchi 
mikrosiklida ko‘pincha 3 ta tortuvchi bazali tayyorgarlik nazorat: musobaqa davrida 
bitta musobaqa tayyorgarlik davridagi ikkinchi mikrosiklda 2 ta bazali tayyorgarlik 
nazorati mezosikllari qo‘llaniladi. Musobaqa davrida ham 2 ta musobaqa 
mezosikllari rejalashtiriladi oxirida ko‘pincha o‘tish davri rejalashtiriladi. Bu esa 
haftaga mo‘ljallangan rejalashtirishni bunday 6 haftalik mezosikllari har xil sport 
turlarida keng ravishda ishlatiladi.

Download 397.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling