9-Mavzu Temir-beton ishlab chiqarish va foydalanishdagi innovatsiyalar. Reja


Download 0.75 Mb.
bet1/5
Sana10.07.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1659585
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Mavzu Temir-beton ishlab chiqarish va foydalanishdagi innovatsiyalar.



9-Mavzu Temir-beton ishlab chiqarish va foydalanishdagi innovatsiyalar.
Reja

  1. Mineral va silikat toladan tayyorlangan kompozit armatura.

  2. Bazalt va poliprpilen tolalardan qurilish materiallari ishlab chiqarish.


Kompozit armatura
Co‘ngi vaqtlarda betondan tayyorlangan turli konstruksiyalarni armaturalashda kompozit armaturadan foydalanish keng tarqalmoqda. Bu material – kompozit armatura kimyo va materialshunoslikning oxirigi yutuqlaridan foydalanib tayyorlanmoqda, chunki u noyob xossalarga ega. Kompozit armatura namlik ta’sirida chirimaydi va zanglamaydi. Bir xil mustahkamlikka ega po‘lat simli armatura bilan solishtirilganida uning massasi 9 marotaba past. Kompozit armatura issiqlik va sovuq ta’siriga chidamli va o‘z xossalarini -70 0S dan to 1000S harorat oralig‘ida o‘z xossalarini yaxshi saqlay oladi.1
Shisha tolali kompozit armaturalarni ishlab chiqarish
Kompozit armaturani ishlab chiqarish uchun epoksid qatroni va shisha tolalar tutamini tashkil etuvchi shisharovingdan foydalaniladi. Kompozit armaturani ishlab chiqarish bir necha bosqichdan iborat. Dastlab shisha tolalarga epoksid kompaundi shimdiriladi. Keyin qatron shimdirilgan shisharovinglar tutamlari ma’lum haroratgacha qizdirilgan filera deb nomlanuvchi voronka orqali o‘tkazilib polimerizatsiya qilinadi. Polimerizatsiyaning bunday jarayoni ilmiy tilda pultruziya (inglizcha “pull” – tortmoq va “through” – orqali, orasidan) deb ataladi.
Pultruziya bosqichida kerakli diamertdagi yuzasi silliq xivich hosil bo‘ladi. Beton bilan yaxshi tishlashishi uchun armaturaning yuzasi qovurg‘ali yuzaga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun bunday yuzani hosil qilish uchun so‘ngi bosqichda zagatovkani taram-taram izlari bor valeslar orqali prokatka qilish orqali amalga oshiriladi. Armaturalar yuzasida davriy profil xosil qilish usulida esa zagatovka ustiga epoksid qatroni shimdirilgan diametri kichik shisharovingni spiral qilib o‘rab chiqib amalga oshiriladi va yuqorida keltirilgan tarzda polimerizatsiya amalga oshiriladi.

Shisha tola ishlab chiqarish



Kompozit armaturalar quyidagicha markalanadi:
ASK – shisha tolalari asosidagi shisha-kompozit (shisha plastik) armatura;
ABK - bazalt tolalari asosidagi bazalt-kompozit (bazalt plastik) armatura;
AUK – uglerod tolalari asosidagi kompozit armatura;
AAK – aramid tolalari asosidagi aramidkompozit armatura;
AKK – yuqorida keltirilgan tolalar asosida kombinatsiyalangan kompozit armatura.3



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling