9-Mavzu Temir-beton ishlab chiqarish va foydalanishdagi innovatsiyalar. Reja


Kompozit armaturadan foydalanishning afzalliklari


Download 0.75 Mb.
bet3/5
Sana10.07.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1659585
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Mavzu Temir-beton ishlab chiqarish va foydalanishdagi innovatsiyalar.

Kompozit armaturadan foydalanishning afzalliklari:

  • Uzilishga bo‘lgan mustaxkamligi AIII klassli po‘lat armaturanikiga nisbatan 3 marotaba yuqori. Metall armaturaning mustaxkamligi ko‘rsatkichi - 390 MPa, kompozit armaturaniki esa 1000 MPa dan kam emas.4

  • Kompozit armatura zanglamaydi va korroziyaga uchramaydi.

  • Kislota ta’siriga chidamli. Dengiz suvi ta’siriga chidamli.

  • Elektr tokini o‘tkazmaydi. Dielektroik.

  • Kompozit armatura amalda issiqlik o‘tkazmaydi.

  • Radio to‘lqinlariga qarshilik ko‘rsatmaydi.

  • Juda past xaroratda o‘zining mustaxkamlik xosslarini yo‘qotmaydi.

  • Bir xil mustaxkamlikka ega metall armaturaga nisbatan massasi 9 barobar kichik va boshq.



AIII klassli po‘lat armatura bilan kompozit armatura xossalarini taqqoslash jadvali



Tasnifi

AIII (A400S) klassli metall armatura

Kompozit armatura

Material

Po‘lat

Epoksid qatroni bilan biriktirilgan shisharoving

Cho‘zilishdagi mustaxkamlik chegarasi, MPa

390

1300

Elastiklik moduli, MPa

200 000

55 000

Nisbiy uzayish, %

25

2,2

Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, Vt/(mK)

46

0,35

Chiziqli kengayish koeffitsienti, α,10−6/°C

13-15

9-12

Zichligi, t/m3

7,8

1,9

Agressif muxit ta’siriga chidamliligi

Korroziyaga uchraydi

Zanglamaydigan material

Issiqlik o‘tkazuvchanlik

Issiqlik o‘tkazadi

Issiqlik o‘tkazmaydi

Elektr tokini o‘tkazuvchanligi

Elektr tokini o‘tkazadi

Dielektrik

Ishlab chiqariladigan profillar, mm

6-80

4-20

Uzunligi

6-12m uzunlikdagi sterjenlar

Xaridorning talabiga ko‘ra

Umrboqiyligi

Qurilish meyorlari asosida

Umrboqiylik 80 yildan kam emas

Bazalt tola
Bazalt tola tog‘ jinslari eritmasidan tayyorlanadi va ko‘pikbeton, polistirolbeton, standart tayyorlangan betonlar uchun samarali va mustahkamlovchi qo‘shimcha sifatida foydalaniladi.
Material: Ushbu fibra tolalarni tayyorlashda eng zamonaviy texnologiyalar va materiallardan foydalaniladi.5
Xomashyo sifatida vulqondan otilib chiqqan jinslar - gabbrodiabaz, diabaz, amfibolit, bazalt, porfirit, dolerit va boshqalardan foydalaniladi.
Ushbu tog‘ jinslari shuningdek radiologik nazoratdan o‘tkaziladi va barcha texnik shartlarga javob beradilar.





Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling