Kompozit armaturadan foydalanishning afzalliklari:
Uzilishga bo‘lgan mustaxkamligi AIII klassli po‘lat armaturanikiga nisbatan 3 marotaba yuqori. Metall armaturaning mustaxkamligi ko‘rsatkichi - 390 MPa, kompozit armaturaniki esa 1000 MPa dan kam emas.4
Kompozit armatura zanglamaydi va korroziyaga uchramaydi.
Kislota ta’siriga chidamli. Dengiz suvi ta’siriga chidamli.
Elektr tokini o‘tkazmaydi. Dielektroik.
Kompozit armatura amalda issiqlik o‘tkazmaydi.
Radio to‘lqinlariga qarshilik ko‘rsatmaydi.
Juda past xaroratda o‘zining mustaxkamlik xosslarini yo‘qotmaydi.
Bir xil mustaxkamlikka ega metall armaturaga nisbatan massasi 9 barobar kichik va boshq.
AIII klassli po‘lat armatura bilan kompozit armatura xossalarini taqqoslash jadvali
Tasnifi
|
AIII (A400S) klassli metall armatura
|
Kompozit armatura
|
Material
|
Po‘lat
|
Epoksid qatroni bilan biriktirilgan shisharoving
|
Cho‘zilishdagi mustaxkamlik chegarasi, MPa
|
390
|
1300
|
Elastiklik moduli, MPa
|
200 000
|
55 000
|
Nisbiy uzayish, %
|
25
|
2,2
|
Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, Vt/(mK)
|
46
|
0,35
|
Chiziqli kengayish koeffitsienti, α,10−6/°C
|
13-15
|
9-12
|
Zichligi, t/m3
|
7,8
|
1,9
|
Agressif muxit ta’siriga chidamliligi
|
Korroziyaga uchraydi
|
Zanglamaydigan material
|
Issiqlik o‘tkazuvchanlik
|
Issiqlik o‘tkazadi
|
Issiqlik o‘tkazmaydi
|
Elektr tokini o‘tkazuvchanligi
|
Elektr tokini o‘tkazadi
|
Dielektrik
|
Ishlab chiqariladigan profillar, mm
|
6-80
|
4-20
|
Uzunligi
|
6-12m uzunlikdagi sterjenlar
|
Xaridorning talabiga ko‘ra
|
Umrboqiyligi
|
Qurilish meyorlari asosida
|
Umrboqiylik 80 yildan kam emas
|
Bazalt tola
Bazalt tola tog‘ jinslari eritmasidan tayyorlanadi va ko‘pikbeton, polistirolbeton, standart tayyorlangan betonlar uchun samarali va mustahkamlovchi qo‘shimcha sifatida foydalaniladi.
Material: Ushbu fibra tolalarni tayyorlashda eng zamonaviy texnologiyalar va materiallardan foydalaniladi.5
Xomashyo sifatida vulqondan otilib chiqqan jinslar - gabbrodiabaz, diabaz, amfibolit, bazalt, porfirit, dolerit va boshqalardan foydalaniladi.
Ushbu tog‘ jinslari shuningdek radiologik nazoratdan o‘tkaziladi va barcha texnik shartlarga javob beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |