9-mavzu. Tovar moddiy zaxiralari hisobi


Xom-ashyo va asosiy materiallar


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1530885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BH m 09-TMZ-his

Xom-ashyo va asosiy materiallar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning moddiy 
asosini tashkil qiluvchi mehnat predmetlaridir.


Xom-ashyolarga qishloq xo‘jaligi va qazilma sanoatining mahsulotlari (don, 
paxta, sut, go‘sht, sabzavot mahsulotlari va boshqalar) kiradi. Materiallarga qayta 
ishlash sanoati mahsulotlari - un, yog‘, yoqilg‘i, moylash materiallari, qand va 
boshqalar kiradi.
Yordamchi materiallar xom-ashyo va asosiy materiallarga qo‘shimcha ravishda 
foydalaniladi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ma’lum darajada iste’mol 
xususiyatlarini beradi, shuningdek, mehnat vositalarini ta’mirlashda va ishlab 
chiqarish jarayonini yengillashtirish uchun foydalaniladi.
Shuni e’tiborga olish zarurki, materiallarni asosiy va yordamchi materiallarga 
bo‘lish shartli tavsifga ega bo‘lib, bir tarmoqda asosiy hisoblangan materiallar 
boshqa tarmoqlar uchun yordamchi material bo‘lishi mumkin.
Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar- qayta 
ishlashning ma’lum bosqichini o‘tgan, lekin tayyor mahsulot holatiga yetmagan 
xom-ashyo va materiallardir. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ular ham asosiy 
materiallar rolini bajaradi va ularning moddiy asosini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarishdan qaytarilgan chiqindilar- tayyor mahsulot ishlab chiqarish 
jarayoniga sarflangan xom-ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar qayta 
ishlash jarayonidagi qoldiqlar.
Yoqilg‘ilar - ularni uchga bulish mumkin - texnologik yoqilg‘ilar, dvigatel va 
xo‘jalik yoqilg‘ilari. Texnologik yoqilg‘ilar texnologik maqsadlar uchun 
foydalaniladi. Dvigatel yoqilg‘ilari esa dvigatelni yurgizish uchun ishlatiladi. 
Xo‘jalik yoqilg‘ilari isitish uchun foydalaniladi.
Idish va idishbop materiallar (qutilar, qoplar va boshqalar) tayyor mahsulotlar
yarim tayyor mahsulotlar, materiallar va boshqa narsalarni qadoqlash, tashish va 
saqlash uchun foydalaniladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling