9-mavzu. Tovar moddiy zaxiralari hisobi


 Materiallar harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik hisobini


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1530885
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
BH m 09-TMZ-his

9.3. Materiallar harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik hisobini 
tashkil etish
Moddiy-ishlab chiqarish zahiralarning kirim va xarajati bo‘yicha birlamchi 
hujjatlar buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosi hisoblanadi. Ushbu hujjatlar 
diqqat bilan rasmiylashtirilishi, xo‘jalik operatsiyalari uchun mas’ul shaxslarning 
imzolari va boshqa majburiy ma’lumotlarni bo‘lishi kerak.
Moddiy-ishlab chiqarish zahiralarning kirim qilish uchun hisobvaraq-fakturalar va 
ularga 
ilova 
qilingan 
tovar-transport 
yuk 
xatlari, 
kvitansiyalar 
va 
spesifikatsiyalarasosiy birlamchi hujjatlar hisoblanadi.
Tashkilotga materiallar,namunali shakldagi ishonchnomalar asosida vakolatli 
shaxslar orqali, mol yetkazib beruvchilardan yetib keladi. Ushbu ishonchnomalar 


maxsus jurnalda ro‘yxatga olinadi va qat’iy javobgarlik hujjatlari hisoblanadi. 
Foydalanilmagan ishonchnomalar ularning muddati tugaganidan keyingi kunda 
buxgalteriya bo‘limiga topshiriladi.
Vakolatli shaxs moddiy qiymatliklarni omborga quyidagi hujjatlar asosida 
yetkazib beradi: kirim orderi (f. M-4), materiallarni qabul qilish dalolatnomalari 
(f. M-7) va tovar-transport yuk xatlari.
Materiallarni qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma (f. M-7) komissiya tomonidan, 
yetkazib beruvchining vakili ishtirokida, omborga kelib tushgan moddiy 
qiymatliklar tafovut qilingan taqdirda amalga oshiriladi. Agar tovar-moddiy 
qiymatliklar asoslovchi hujjatlarsizqabul qilingan bo‘lsa, bu hujjat ham 
qo‘llaniladi.
Tovar-moddiy qimmatliklar kamomadi to‘g‘risida xaridor mol yetkazib 
beruvchiga da’vo qiladi, kamomad to‘g‘risida dalolatnoma bilan birga kuzatuvchi 
hujjatlarning nusxasi va boshqa hujjatlarni ilova qilib (yuk massasini tekshirish 
to‘g‘risida temir yo‘l stansiyasi kvitansiyasi, kamomad paydo bo‘lish sabablarini 
guvohlik beradigan tijorat dalolatnomasi) jo‘natadi.
Moddiy qiymatliklarni kirim qilgandan so‘ng, miqdor va summa bo‘yicha qabul 
qilish uchun, dalolatnomaning bir nusxasi ilova qilingan hujjatlar birga 
buxgalteriya bo‘limiga topshiriladi, ikkinchisi esa da’vo xati bilan birga mol 
yetkazib beruvchiga yuboriladi.
Materiallarning har bir nomenklatura raqami bo‘yicha omborchimaterial yorlig‘ini 
to‘ldiradi va uni materiallarining saqlash joyiga biriktiradi. Yorliqda 
materiallarning nomi, nomenklatura raqami, o‘lchov birligi, narxi va 
materiallarning miqdor limiti ko‘rsatiladi.
Materiallar harakati hisobi materiallar hisobi kartochkalarida olib boriladi (f. M-
17). Har bir nomenklatura raqami uchun alohida karta ochiladi.
Kartochkalar buxgalteriyada ochiladi va ularda materialning nomi, markasi, navi, 
o‘lchami, o‘lchov birligi, nomenklatura raqami, hisob bahosi va limitini yozadi.
Omborchi kartochkalarga birlamchi hujjatlar (qabul orderlar, talabnomalar, yuk 
xati va boshqalar asosida) asosida amaliyot sodir bo‘lgan kuni yozuv qiladi. Har 
bir yozuvdan so‘ng materiallar qoldig‘i hisoblab ko‘rsatiladi.
Tashkilot bo‘linmalariga ombordan materiallar jo‘natish uchun birlamchi hujjatlar 
limit-zabor kartasi (f. M-8), talabnoma-yuk xati (f. M-11) va talabnoma (f. M-15) 
hisoblanadi.
Limit-zabor kartasi ishlab chiqarish uchun tizimli ravishda iste’mol qilinadigan 
materiallarni chiqarish uchun, shuningdek, limitga rioya qilish ustidan nazorat 
uchun zarur. Bu esa materiallar xarajatining belgilangan me’yor va me’yorlardan 
og‘ishini hisobga olish va tahlil qilish katta ahamiyatga molik.
Limit-zabor kartasida limitdan yuqori materiallar chiqarilgan taqdirda “Limitdan 
yuqori” shtampi tushiriladi. Materiallarni limitdan ortiqcha chiqarish tashkilot 


rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Hujjatlarda materiallarning limitdan 
ko‘proq chiqarilish sabablari ko‘rsatiladi.
Tarkibiy bo‘linmalar yoki moddiy javobgar shaxslar o‘rtasida tashkilot ichidagi 
materiallar harakatini hisobga olish uchun talabnoma-yuk xati (f. M-11) 
qo‘llaniladi.
Tashkilot xo‘jaliklariga uning hududidan tashqarida joylashgan bo‘lsa yoki boshqa 
tashkilotlariga materiallarni chiqarish uchun materiallarni chetga chiqarish uchun 
yuk xati (f. M-15) qo‘llaniladi.
Yaroqsiz holga kelgan materiallarnihisobdan chiqariladi. Materiallarni hisobdan 
chiqarish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:

saqlash muddati tugagandan so‘ng materiallar yaroqsiz holga kelgan;

materiallar ma’naviy eskirgan;

kamomad, o‘g‘irlik va buzilishi aniqlanganda;

tabiiyofatlar tufayli yo‘qotishlarni aniqlashda (suv toshqinlari
yong‘inlar, zilzila va boshqalar).
Muayyan miqdorda materiallar hisobdan chiqarilganda hisobdan chiqarish 
dalolatnomasi tuziladi.
Xo‘jalik maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan (past sifatli xususiyatlarga ega 
bo‘lgan materiallar) yoki chiqindi sifatida topshirib bo‘ladigan materiallar, 
hisobdan chiqarish dalolatnomasi va moddiy qiymatliklarning ichki joyini 
almashtirish yuk xati bilan korxona omboriga qabul qilinadi.
Bino va inshootlarni demontaj qilish paytida olingan moddiy qiymatliklar 
dalolatnoma bilan qabul qilinadi (f. M-35).

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling