9-mavzu: Xorijiy mamlakatlarda ta’lim taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari va ilg‘or xorijiy tajribalar Reja
Download 317.04 Kb.
|
9-мавзу
Ushbu metoddan darsning kirish, asosiy yoki yakuniy qismida ya’ni uyga vazifa berish jarayonida qo‘llash mumkin. Darsning kirish qismida talabalarning uyga vazifalarini qay darajada bajarganliklarini aniqlashda yoki mavzuni umumlashtirish jarayonida egallangan bilim, ko‘nikmalarni aniqlashda foydalanish mumkin. “Assesment” metodini dars jarayoniga tatbiq etish muayyan texnologiyaga asoslanadi. O‘qituvchi tomonidan talabalarga jadval ko‘rinishdagi vazifalarni qisqa vaqt ichida bajarishlarni topshiriq sifatida beriladi. Topshiriq bajarilganidan so‘ng, javoblar o‘qituvchi tomonidan e’lon qilinadi talabalar esa aynan javob ko‘ra o‘z-o‘zini tekshirishni amalga oshiradi hamda oldindan e’lon qilingan mezonlar asosida baholaydi. Bunda talabalar mavzu mazmunini qay darajada o‘zlashtirganligi bo‘yicha o‘z-o‘zini tekshirish va baholash orqali xulosa chiqaradi. Assesment texnologiyasini qo‘llash quyidagi tamoyillarga asoslanadi: Яхлитлик (талабалар турли машқ ва тестлар ёрдамида синовлардан ўтади). Реаллик (талабаларнинг кузатиб борилаётган хатти- ҳаракати баҳоланади). Мустақиллик (ҳар бир талаба бир неча мутахассислар томонидан баҳоланади). Объективлик (хулосалар стандартлаштирилган баҳоларга асосланади). Ишончлилик (хулосалар талабалар томонидан мустақил бажарилган вазифаларнинг натижаларига асосланади). Talabalarning umumiy-madaniy kompetentligini baholashda assesment baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: talabalardagi baholanishi lozim bo‘lgan kasbiy kompetentlik sifatlari ro‘yxatini tuzish; kasbiy kompetentlik sifatlari namoyon bo‘ladigan faoliyat turlarini modellashtirishga imkon beruvchi, muammoli vaziyat vazifasini ishlab chiqish; ma’lum bir kompetensiyalarning shakllanglanlik darajasini belgilar beruvchi mezonlarni ishlab chikish; ekspertlar uchun baholash varaqalarini tayyorlash; so‘rov anketalarinni ishlab chiqish; assessmentdan imtihon shakli sifatida foydalanish; savol-javob anketasini tuzish; xulosa chiqarish. Download 317.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling