8. Tenglamasi y=Asin ω(t+τ) bilan berilgan tebranishlarni davri, chastotasi va boshlang'ich fazasi topilsin. ω =2.5; τ =0.4 s deb olinsin.
9. Nuqta y=Asin (ωt+φ) tenglamaga bo'ysingan tebranishlar qiladi. Agarda A=4 sm va y(0)=2 sm y’(0)<0 bo'lsa tebranishlarning boshlang'ich fazasi topilsin.
10. Nuqta x=Acos (ωt+φ) tenglama bilan tebranma harakat qiladi. Bunda A=2 sm, ω=π ; φ=rad. 1) Siljish x(t); 2) tezlik v(t); 3) tezlanish a(t) larni grafiklari chizilsin.
11. Nuqta amplitudasi A=4 sm va davri T=2 s bo'lgan tebranishda ishtirok etadi. t=0 bo'lganda x(0)=0 va x`(0)<0 larni e`tiborga olgan xolda tebranishlarni tenglamasi yozilsin. Tezlik x’(0)=-6 sm/s va x<0 bo'lgan vaqtda tebranishlarning fazasi (ωt+φ) topilsin.
12. Nuqta aylana bo'ylab soat strelkasiga teskari T=6 s davr bilan tekis xarakat qilmoqda. Aylananing diametri d=20 sm. Agarda boshlang'ich momentda nuqtaning markazdan o'tuvchi x o'qiga bo'lgan proyeksiyasi 0 ga teng bo'lsa nuqta xarakatining x o'qiga bo'lgan proyeksiyaning tenglamasi yozilsin. Vaqt daqiqasi t=1 s ga teng bo'lgan xol uchun siljish x, tezlik va tezlanish topilsin.
13. Garmonik tebranishlarning tenglamasi y=2sin(t+) ko'rinishga ega. Tebranishlarni amplitudasi, davri, chastotasi, siklik chastotasi va tebranishlarning boshlang'ich fazasi topilsin. Vaqt t=T/4 vaqtdagi tezligi va maksimal tezligi topilsin.
0>0>0>
Do'stlaringiz bilan baham: |