9-mavzu. Xususiy mexanik tebranishlar tekshirish uchun savollar 1
Download 0.58 Mb.
|
1-амалиё тартиб рақами бўйича
58. Massasi m=0.1 g bo'lgan moddiy nuqta x=Acosωt tenglama bo'yicha tebranadi Amplitudasi A=5 sm, chastotasi ν=20 s-1. Qaytaruvchi kuchni maksimal qiymati topilsin. 59. Moddiy nuqta amplitudasi A=5 sm bo'lgan garmonik tebranma xarakat qiladi. Agar nuqtaga F=0,2 N elastik kuch ta`sir etsa, nuqtaning kinetik, potensial va to'la energiyasi topilsin. 60. Nuqta x=5sin2t tenglama bilan garmonik tebranishlar qilmoqda. Qaytaruvchi kuch F=5 mN bo'lgan vaqtda nuqtaning potensial energiyasi Wn=0.1 mJ bo'ladi. Shu vaqt momenti t va shunga mos kelgan tebranishlar fazasi topilsin. 61. Massasi m=5 g bo'lgan jism x=0.1sin(t+) tenglama bilan tebranishlarda ishtirok etadi. Boshlang'ich momentdan boshlab t=20 s o,tgandan keyingi kinetik, potensial va to'la energiya topilsin. 62. Garmonik tebranma xarakat qilayotgan jismning to'la energiyasi Wt=310-5 J va jismga ta`sir qiluvchi qaytaruvchi kuch Fм=1.510-3 H. Agar tebranishlar davri T=2 s va boshlang'ich fazasi =60о bo'lsa tebranishlar tenglamasini yozing. Garmonik tebranishlarni to'la energiyasi Wт=310-7 J va amplitudasi A=2 sm bo'lgan. Siljish qanday bo'lganda nuqtaga ta`sir qiluvchi kuch F=2.2510-5 Н bo'ladi? 63. Amplitudasi A=12 sm bo'lgan tebranma xarakat qilayotgan moddiy nuqtaning to'la mexanik energiyasi Wт=0.03 J bo'lsa elastik qaytaruvchi kuchning eng katta qiymati nimaga teng? 64. Kinetik energiyasi to'la mexanik energiyani uchdan bir qismiga teng bo'lgan vaqtda, garmonik tebranma xarakat qilayotgan moddiy nuqtaga ta`sir qilayotgan elastik kuchi maksimal elastic kuchi qiymatining qanday qismini tashkil qiladi? 65. Massasi m=0.01 g bo'lgan moddiy nuqtaning tebranishlar tenglamasi х=0.05 sin(0.2t+0.25) m ko'rinishda berilgan. Nuqtaning eng chekka xolatdagi vaziyatida kuchning o'zgarish qonunini va siklik chastotasi ni toping. 66. Massasi m=0.01 kg bo'lgan moddiy nuqta davri Т=2 s va boshlangich fasasi 0=0 bo'lgan garmonik tebranma xarakat qilmoqda. Tebranishlar amplitudasi va t=3 s bo'lgan momentdagi siljishi topilsin. 67. Massasi m=0.2 kg bo’lgan moddiy nuqta garmonik harakatining amplitudasi A=0.15 m bo’lsa, nuqtaning siljishi x=0.05 m bo'lgandagi kinetik energiyasi topilsin. 68. Uzunligi l=1 m va massasi m=10 g bo'lgan matematik mayatnikka t=0 da tasir etayotgan kvasielsnik kuchi maksimal qiymatiga ega bo’ladi, t=1.5 s bo'lgan vaqt uchun kuchning oniy qiymati va to'la energiyasi topilsin. 69. Massasi m=250 g bo'lgan prujinaga osilgan yukcha davri T=1 s va amplitudasi A=2 sm bo'lgan tebranma xarakat qiladi. Yukka ta`sir etuvchi kuchning maksimal qiymati va to'la mexanik energiya topilsin. 70. Massasi m=50 g bo'lgan moddiy nuqta x=A cost garmonik tebranma xarakat qilmoqda. Bunda A=0.1 m va =5 s-1 . Tebranishlar fazasi t= va siljish eng katta bo'lganda nuqtaga ta`sir etuvchi kuch topilsin. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling