9-mavzu. Xususiy mexanik tebranishlar tekshirish uchun savollar 1


Download 0.58 Mb.
bet20/37
Sana20.05.2020
Hajmi0.58 Mb.
#108128
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
1-амалиё тартиб рақами бўйича


87. Massasi m=10 g bo'lgan moddiy nuqta х=5sin(t+) qonun bo'yicha tebranma xarakat qiladi. Nuqtaga ta`sir qiluvchi maksimal kuch va nuqtaning to'la energiyasi topilsin.

88. Massasi m=0.01 kg bo'lgan moddiy nuqta tenglamasi х=Аsinwt bo'lgan garmonik tebranish qiladi. Bunda А=0.2 m va w=8p s-1 ga teng. Vaqtning t=0.1 s momenti uchun qaytaruvchi F kuchning qiymati va to'la mexanik energiyasi topilsin.

89. Massasi m=0.010 kg bo'lgan sharcha amplitudasi А=0,03 m va chasatotasi n=10 с-1bo'lgan garmonik tebranma xarakat qiladi. Tebranishlarning boshlang'ich fazasi nolga teng. Sharcha ta`sir qiluvchi kuchning o'zgarish qonunini toping. Sharchaning a) to'la energiyasi; b) ta`sir qiluvchi kuchning qiymati, sharchani muvozanat vaziyatidan х=0,02 m bo'lgan vaqtdagi potensial energiyasini kinetik energiyasiga nisbatlari topilsin.

90. Moddiy nuqta amplitudasi А=5 sm bo'lgan garmonik tebranishlar qiladi. Jismga ta`sir qiluvchi elastiklik kuchini qiymati Fм=0.2 N bo'lgan vaqtdagi kinetik, potensial va to'la energiyalar topilsin.

91. Vaqtning biror daqiqasida tebranma xarakat qilayotgan nuqtaga ta`sir qiluvchi elastik kuchi uning maksimal qiymatini yarmiga teng. Shu vaqtda nuqtaning kinetik energiyasi maksimal energiyaning qanday qismini tashkil etadi?

92. Tebranma xarakat qilayotgan massasi m=0.02 kg bo'lgan nuqtani tebranishlar amplitudasi А=5 sm. Siljish amplitudasi yarmiga teng bo'lgan vaqtdagi kinetik, potensial va to'la energiya nimaga teng? Nuqtaning tebranishlar davri Т=1.2 s.

93. Massasi m=0.1 g bo'lgan moddiy nuqta х=5sin20t tenglamaga bo'ysingan xolda tebranma xarakat qiladi. (Uzunlik-santimetrlarda, vaqt -sekundlarda o'lchanadi). Nuqtaning kinetik energiyasi Wk va qaytaruvchi kuchning Fm maksimal qiymati topilsin.

94. Massasi m=0.01 kg bo'lgan moddiy nuqta tenglamasi х=0,2 sinwt bo'lgan garmonik tebranma xarakat qiladi. (Uzunligi-santimetr, vaqt-sekundlarda o'lchanadi). Vaqtning t=0.1 s momenti uchun qaytaruvchi kuch va nuqtaning to'la energiyasi topilsin.

95. Prujinaga yuk osib qo'yilgan. Yukning tebranishlarini maksimal kinetik energiyasi Wк=1 J tengligini bilgan xolda prujinani bikrlik koeffitsiyenti topilsin. Tebranishlar amptlitudasi А=5 sm.

96. Vaqtning biror momentda garmonik tebranma xarakat qiluvchi nuqtaga ta`sir qiluvchi elastiklik kuchi uning maksimal qiymatini yarmiga teng. Shu vaqtda kinetik energiya uning maksimal qiymatini qanday qismini tashkil etadi?

97. Nuqta х=0.1sin2t tenglama asosida garmonik tebranma xarakat qilmoqda. Qaytaruvchi kuch F=10-2 N qiymatga birinchi marta erishgan vaqtda nuqtaning energiyasi W=2×10-4 J bo'lgan. Shu vaqt t-momenti va unga mos keluvchi tebranishlar fazasi topilsin.

98. Nuqta х=5sin2t tenglama asosida tebranma xarakat qilmoqda. Vaqtning biror daqiqasida nuqtaga ta`sir qiluvchi kuch F=5×10-3 N va uning potensial energiyasi Wр=10-4 J ga teng. Shu vaqtda tebranishlarning fazasi va nuqtaning kinetik energiyasi topilsin.

99. Massasi m=25 g bo'lgan nuqtaning siljishi х=3 sm bo'lgan vaqt uchun kinetik, potensial va to'la energiyalari topilsin. Tebranishlar amplitudasi А=3 sm, davri Т=2 s.

100. Garmonik tebranma xarakat qilayotgan nuqtaning tezligini o'zgarishi u=300 sin100t m/s qonun bo'yicha o'zgaradi. Agarda nuqtaning massasi m=16 g bo'lsa t=2 s bo'lgan vaqt uchun kinetik, potensial va to'la energiyalar topilsin.

101. Bir vaqtda biror o'q bo'ylab sodir bo'layotgan nuqtaning garmonik tebranishlarini amplitudasi va davri bir xil bo'lib, ularning fazasi p ga farq qiladi. Natijalovchi tebranishlarning tenglamasi х=0.2cos(wt+p) m ko'rinishda. Qo'shiluvchi tebranishlarni amplitudalari va boshlang'ich fazalari topilib, bu tebranishlarni tenglamalarini yozilsin.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling