MUSADDAS - Chiqmay desa joyidan, uzlatda figor o‘lsa,
- Gar chiqsa banogohi domiga duchor o‘lsa.
- Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
- Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
- Sargashta bu vodiyda bir boshig‘a rahm etgil,
- Yoq toqati bandingga, bardoshiga rahm etgil,
- Rahm etmasang o‘ziga, yo‘ldoshiga rahm etgil,
- Yig‘lab senga termulur, ko‘z yoshig‘a rahm etgil,
- Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
- Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
- Bechorani zulm aylab, qo‘l, bo‘ynini bog‘labsan,
- Har sori chekib-sudrab, o‘ldurgali chog‘labsan,
- Ko‘ksini jafo birla lola kabi dog‘labsan,
- Sot menga, agar qasding olg‘uvchi so‘roqlabsan,
- Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
- Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
- Yo‘q hushi, pari tekkan devonag‘a o‘xshaydur,
- Ko‘z yoshi yana to‘lgan paymonag‘a o‘xshaydur,
- G‘am seli bilan ko‘ngli vayronag‘a o‘xshaydur,
- Furqatda bu Sa’dullo hayronag‘a o‘xshaydur,
- Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
- Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
- KASHMIRDA
-
- Bir qamar siymoni ko‘rdim baldayi Kashmirda,
- Ko‘zlari mas’hur-u yuz jodu erur tasxirda.
- Zarra-zarra zar sochar boshig‘a har kun oftob,
- Subh kelgach kecha yotib chashmai Iksirda.
- Bir ko‘rib chohi zaqan Horut ila Morut ikov,
- Chohi Bobil ichra qolmishlar bo‘lak tadbirda.
- Lam’ayi quyg‘och ko‘zidin aning barqi nigoh,
- Tezlik javharlari gar bo‘lsa har shamshirda.
- Qoshi uzra xolining asroridin bir nuqtadur,
- “Surayi Nun” o‘qudum payvasta har tafsirda.
- Forig‘ ermas hech kim ul dilraboning ishqidin,
- Zulfiga dilbastalig‘ har bir juvon-u pirda.
- Aytdim: “Ey jon ofati, zulfingga bo‘lmishman asir!”
- Aydi: “Bu savdoni qo‘y, umring o‘tar zanjirda!”
-
- “Nuqta lab ustida bejodur”, — dedim, aydi kulib:
- “Sahv qilmish kotibi qudrat magar tahrirda”.
-
- Aydi: “Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan?”
- Man dedim: “G‘urbatda Furqat bor ekan taqdirda!”
Do'stlaringiz bilan baham: |