9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 10-mavzu G‘azallar


Download 1.86 Mb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1496804
1   2   3   4
“g‘ani mat”. Matladan so‘ng shoir o‘zini muvozanatdan chiqargan, hayajonga solgan ko‘klam manzarasini chizishga tutinadi. Ko‘z ol dingizda dilbar bahor tongining latif manzarasi namoyon bo‘ladi: subhiy shabnamlardan ko‘m-ko‘k maysalarning yashnab turishi, bahor buluti onda-sonda tashlab turgan tomchilar va Yaratganning san’atiga lol-u qoyil oshufta ko‘ngil...
  • O‘zbek tilining ifoda imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan shoir shunchaki axborot berib qolmay, g‘azalxonda kuchli his-tuyg‘u uyg‘otishga erishadi:
  • Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram,
  • Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar.
  • Furqat ko‘klam manzarasini o‘z holicha tasvirlamaydi, uni jonlantiradi. U atrofdagi har bir unsurni – masalan, nastaran, yosuman va nargis gullarini dilga yaqin kishiga munosabati nuqtayi nazaridan tasvirlaydi. Ularda “yoronlar”, ya’ni yor-jo‘ralarga intizorlik, intiqlik ko‘radi. Kishi ko‘zini quvontirayotgan bahoriy ko‘katlar shunchaki go‘zal emas, balki yaqinlarni kutib olishga hozirlik ko‘rayotganligi sabab go‘zaldir:
  • Nastaran yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni,
  • Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar.
  • Ko‘klamning eng sara chechaklari sara odamlar – yoronlarni kutib olishga hozirlik ko‘rishadi. Furqat tabiatni tinimsiz harakatda ko‘rsatadi. Ko‘klam manzarasi, undagi o‘zgarishlarni, almashinishlarni jonli tasvirlaydi:
  • Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutashdi olamga,
  • Tog‘lar chekibon larza, titradi biyobonlar.
  • Tabiat go‘zalligiga oshufta lirik qahramon uyg‘oq bir saharda chaqmoq chaqdi – butun olamga o‘t tutashganday bo‘ldi. Ketidan momaqaldiroq gumburlab tog‘lar larzaga keldi, biyobonlarni titratib yubordi. Shoir jonlantirish orqali g‘oyat go‘zal lavha yaratgan.
  • She’rning beshinchi baytida qo‘llangan taqlidiy so‘zlar g‘azal musiqiyligini oshirgan, oldingi misralarni kuchaytirishga, yangi tafsilotlar bilan mustahkamlashga xizmat qilgan. Unda jonli narsalar holati tilga olinadi. Furqatdan oldin o‘rganilgan siymo – Ogahiyning ishqiy g‘azallari tahlilida ko‘rildiki, maqtadan oldingi ikki bayt ijtimoiy, falsafiy mazmun kasb etardi. Sakkiz baytli mazkur she’rda ham oltinchi baytdan g‘azalga ijtimoiy ma’no kirib kela boshlaydi:
  • Bulbul o‘qug‘och yig‘lab, subhidam xazon faslin,
  • G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar.
  • Baytda g‘unchaning gul bo‘lib ochilishi jarayoni husni ta’lil san’ati vositasida o‘ziga xos tarzda tasvirlangan. Husni ta’lil biror tasvir yoki holatni unga, umuman, aloqasi yo‘q boshqa narsa bilan dalillash, yolg‘on bo‘lsa-da, chiroyli sabab keltirish. Ko‘klamning shundoq farahli ertasida bulbul xazon faslini eslab nola qilgach, u qo‘ngan gulning g‘unchasi ham qon yutib, yoqasini yuz joyidan yirtib yuboradi.
  • Yoqasi yirtilgan g‘uncha yozilib ketadi, ya’ni ochiladi (Aslida g‘unchaning yozilishi bulbulning nolasiga aloqasi yo‘q edi). Nima uchun bulbul subhidamda xazon faslini eslaydi? Buning sababi yettinchi baytda ochiladi. Chunki dunyodan vafo ahli kechganlar. Xalqimizdagi azadorlarning ko‘k kiyish udumidan shoir bu baytda unumli foydalangan. G‘azalning maqtasida shoirning vafo ahlining nohaq ranjitilishiga, qadr topmaganligiga kuyinchak munosabati aks etadi:
  • Kuymasun bu savdodan ne uchun dimog‘imkim,
  • Ranj-u g‘ussada dono, kechsa shod nodonlar.
  • Sayding qo‘yaber, sayyod, sayyora ekan mendek,
  • Ol domini bo‘ynidin, bechora ekan mendek,
  • O‘z yorini topmasdan ovora ekan mendek,
  • Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek,
  • Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
  • Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
  • Kes rishtanikim, qilsun chapaklar otub jasta,
  • Hajrida alam tortib, bo‘ldi jigari xasta.
  • Tog‘larg‘a chiqib bo‘lsun yori bilan payvasta,
  • Kel, qo‘yma balo domi birla oni pobasta,
  • Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
  • Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
  • Besh kun seni davringda bechora xirom etsun,
  • Ohular ila o‘ynab, ayshini mudom etsun,
  • Yomg‘ur suvi to‘lganda tog‘ lolani jom etsun,
  • Haqqingg‘a duo aylab, umrini tamom etsun,
  • Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
  • Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
  • Tog‘da ochilib lola, yer sabza bahor o‘lsa,
  • Oxir bu nechuk bedod, olam anga tor o‘lsa,
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling