Furqat 1909- yilning kuzida Vatandan yiroqda vafot etadi. - Furqatning merosiga nazar tashlasak, adibning serqirra ijod sohibi ekanligiga amin bo‘lamiz. Uning ijodi quyidagi asarlarni o‘z ichiga oladi:
- 2) publitsistikasi, nasriy asari;
- Adibning turli yillarda “Turkiston viloyati gazeti”ga yozgan qator xabarlari, maqolalari uning publitsistikasini tashkil etadi. 1891- yili
- “Turkiston viloyatining gazeti”da bosilgan “Xo‘qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. O‘zi yozg‘oni” deb nomlagan tarjimayi holi uni bizga jurnalist va nosir sifatida tanitadi. Adabiyotshunoslikda bu esda liklar shartli ravishda “Furqatnoma”, ba’zan “Sarguzashtnoma” nomlari bilan yuritiladi.
- Furqat ijodiy merosida to‘rt ilmiy asar uchraydi. Ularning uchtasi etnografik xarakterda bo‘lib, “To‘y tavsifi”, “Gap ta’rifida”, “Aza tavsifi” deb ataladi. To‘rtinchisi “Ilmi ash’orning qoidayi avzoni” (She’r ilmining o‘lchov qoidalari) atalib, adabiyot havaskorlari uchun qo‘llanma sifatida tuzilgan, unda aruz vaznining qoidalari bayon etilgan.
- Furqatning mana shunday keng ko‘lamli ijodi bo‘lishiga qaramay, xalq uni, asosan, lirik shoir sifatida e’tirof etadi. Lirikasi g‘azal, masnaviy, muxammas, musaddas, mustazod kabi janrlardan iborat.
- She’rlarining salmoqli qismi g‘azal ar bo‘lib, ularning soni 200 atrofida. Shoirning yuksak badiiy mahorati, she’riyatining nafosati ham aynan g‘azallarida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, oshiqona kechinmalar bayonida, ma’shuqa jamoli tasvirida yangi, o‘ziga xos tashbihlarni, ifo da vositalarini qo‘llaydi.
- Tilining jozibadorligi, uslubning ravonligi, ifodaning soddaligi shoir g‘azallarining xalqqa yaqin va suyumli bo‘lishini ta’minladi.
- Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik,
- G‘alatdur, qomating oldida guldan pirahan nozik.
-
- Qachon ul Yusufi Misriyda bu husn-u malohat bor?
- Fasohatda, sabohatda, hama to‘g‘rida san nozik.
- Oshiqqa chamanzorda sarv daraxti bilan yosuman gulini nozik va ko‘rkam deyishlari g‘alati tuyuladi, chunki yorning qomati sarvdan, ko‘ylagi (pirahani) guldan nozik, ya’ni go‘zaldir. Ma’shuqasining husnini bashariyat tarixidagi eng go‘zal inson bo‘lmish misrlik Yusuf (a.s.) dan ustun qo‘yadi.
- Bunga uning asosi bor: mahbubasi fasohatda, sabohatda (xushro‘ylikda), bir-bir sanashning hojati yo‘qki, har to‘g‘rida nozik — go‘zal!
- Kalomingdin halovat topmog‘i jonlarni ondinkim,
- Dahon nozik, zabon nozik ki lab nozik, suxan nozik.
- Baytdagi yor go‘zalligi belgilarining sanog‘i mazmunni bo‘rttiradi, ifodaga musiqiylik bag‘ishlaydi. Bunday mubolag‘ali tasvir ostida shoirning har tomonlama mukammal — ham jismonan, ham ma’nan go‘zal insonni targ‘ib etish maqsadi yotadi. Shuning uchun ham Fuzuliy g‘azaliga nazira sifatida yaratilgan “Surmadin ko‘zlar qaro” g‘azali yoki “Muncha zolim bo‘lmish ul xunrez qaro ko‘zlaring” kabi ko‘plab g‘azallarida yor go‘zalligi, oshiqning unga sadoqati, cheksiz muhabbati avj pardalarda zavq bilan kuylanadi.
- Furqat lirikasida g‘urbat va hasrat ohanglari salmoqli o‘rin egallaydi. Bu uning hayot yo‘li bilan bevosita bog‘liq. 1892- yilda Vatandan chiqib ketgan shoir umrining oxirigacha yurtga qayta olmadi. Shuning uchun Vatan ishtiyoqi va g‘urbat iztiroblari turli mavzudagi she’rlarda dardli va ta’sirchan ifoda etilgan.
- Shoirning “Fig‘onkim, ul buti siymin zaqandan ayrilib qoldim”, “Hasrato, kel-kel beri, ul sho‘xi jonondin gapur” g‘azallarining maqtasida yuqorida eslatilgan “Bir qamar siymoni” g‘azalida bo‘lgani kabi taqdirning unga bergan sinovi — yurt judoligi bayon qilinadi:
- O‘z diyoridin adashgan, Furqatiy devonaman,
- Chug‘zi har vayronadurmen, baytul ehzondin gapur.
- Shoirning Istanbulda yozgan “Sabog‘a xitob” she’rida Vatanni qo‘msash, do‘stlar sog‘inchi Navoiydagi kabi maktub shaklida ifoda etiladi. U Istanbuldagi “nasimi fayzi rab” bo‘lgan Milliy bog‘da sayr qilar ekan, undagi xurram “mardum” (odamlar) chehrasini ko‘rib, olis Toshkentdagi yor-u do‘stlarini esga oladi:
- Furqatning g‘urbat ruhidagi she’rlari sinchiklab o‘rganilsa, undagi ayriliq va judolikning ma’nosi ancha kengligiga amin bo‘lamiz.
- “Manam sho‘rida bulbul” muxammasida birinchi bandidan shoir o‘zini bo‘stonidan adashgan sho‘rida bulbulga o‘xshatadi. Keyingi bandlarda “Nihoni kuydirib hajr o‘ti po‘st-u ustuxon aylar”, “Boshimda hushim yo‘q”, “Yetim qo‘zi kabi nolonlig‘im”, “Biyobon gardiman Majnun kabi bir Layli yodida” kabi misralar orqali holini sharh etgach, maqtada bu bayonlarni umumlashtirib, taxallusiga ham izoh berib o‘tadi.
- Zamon g‘avg‘osidan adashish — bu dunyodan qo‘l yuvish, tariqat yo‘liga kirish, o‘zini Allohga bag‘ishlash demakdir. Bu yo‘lga kirganlar biladiki, inson bu dunyoda o‘zining haqiqiy vatani — ilohiy dargohdan uzoqda, haqiqiy Yor — Allohdan ayriliqda. Demak, hayotning o‘zi furqat, ya’ni ayriliqdir. Vatanga, Yorga yetishish uchun esa riyozat chekish, poklanish zarur. Buning yo‘li, aytilganidek, zamon oshubidan yiroq bo‘lishdir.
- Oldin ko‘rilgan g‘azallarda furqat, g‘urbat tushunchalari yurtdan judolik mazmunida qo‘llangan bo‘lsa, shoir bu she’rida o‘zining taxal usini tasavvufiy ma’noda izohlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |