9-sinf geografiyasi Sana O’qituvchi: Nurmuhammedov Shahbozbek Mavzu: Jahon transporti geografiyasi. Xalqaro iqtisodiy aloqalar


Download 149.76 Kb.
bet1/2
Sana17.01.2023
Hajmi149.76 Kb.
#1096609
  1   2
Bog'liq
Ochiq dars ishlanma


9-sinf geografiyasi
Sana ____________
O’qituvchi: Nurmuhammedov Shahbozbek
Mavzu: Jahon transporti geografiyasi. Xalqaro iqtisodiy aloqalar

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A2
o‘zining mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, o‘z g‘oyalarini taqdim va himoya qila olish, guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish, loyihalarni tuzish va himoya qila olish.
A2+
iqtisodiy tayanch so‘z va atamalarni xorijiy tillarda ayta olish.


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :
A2
geografiyaga oid adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, geografik xarita va atlaslardan ma’lumot manbalari sifatida foydalana olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila bilish, kundalik hayotda duch keladigan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar, jumladan, mamlakat iqtisodiyotiga doir yangiliklar haqidagi lavhalarning mohiyatini anglay olish.
A2+
Internet-saytlaridan mamlakat iqtisodiyotiga doir yangiliklar haqidagi lavhalarni topa olish va mohiyatini tushuntirib bera olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
muntazam ravishda o‘z ustida ishlash, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda, geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay olish, o‘zining tabiiy-ilmiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ekologik dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish.
A2+
maktabda, mahallasida o‘tkaziladigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy yo‘nalishlarda o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtiok etish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalari:
A2
yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligini bosh maqsad qilib belgilagan milliy istiqlol g‘oyasi mustaqil O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining yuksak ma’naviy negizi ekanligini anglash, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qo‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini tushunish va tahlil qila olish.

Download 149.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling