22. Quyidagilardan noto’g’ri ma’lumot berilgan javobni aniqlang?
A) 1850-yillarga kelib Parij ichimlik va oqova suv tarmoqlariga, tramvay va metroga ega bo‘ldi;
B) Parij 1853-yildan boshlab 20 yil davomida qurilish maydoniga aylandi;
C) Parij aholisi 1850-yili bir million bo‘lgan bo‘lsa,
1880-yilda esa ikki million kishidan iborat bo‘ldi;
D) XIX asring o‘rtalariga kelib, industrial davlatlarda aholining qariyb yarmi shaharlarda to‘plandi.
23. Quyidagi qaysi davlatda sanoat ishchilarining soni
1907-yil 8,6 mln. kishiga yetdi?
A) 1868-yilda inqilob yuz bergan davlatda;
B) 1870-yil sentabrda Respublika deb e’lon qilingan davlatda;
C) 1884-yilda kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga hamda ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun qabul qilingan davlatda;
D) Cho‘yan ishlab chiqarish 1912-yilda 17,6 mln. tonnaga yetgan davlatda.
24. Quyidagilardan XX asrning birinchi choragida bo’lmagan voqeani aniqlang.
A) GSDP parlament saylovida 34,8% ovoz olishga muvaffaq bo‘ldi;
B) Germaniyada ishchilar kasal bo‘lganida, shikastlanganda, qarilik chog‘ida va mehnat qobiliyatini yo‘qotganda sug‘urta olish to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi;
C) Rossiya Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasida tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoqqa qo‘shildi;
D) Marokash sultoni o‘z vazifasini bajara olmasligi ehtimoli borligi va shunday bo‘lib qolsa, Marokash hududining Gibraltar bo‘g‘oziga bevosita tutash bo‘lgan qismini Ispaniyaga berish belgilab qo‘yildi.
25. Germaniyada 1891-yildan boshlab…
1) yakshanba dam olish kuni deb belgilandi; 2) haftada 54 soatlik ish kuni belgilandi; 3) 10 yoshdan katta bolalarga umumiy bepul majburiy ta’lim joriy qilindi; 4) 13 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar mehnati taqiqlandi; 5) Xotin-qizlar uchun 11 soatlik ish kuni joriy qilindi.
A) 2,4,5 B) 1,3,4 C) 1,4,5 D) 1,2,5
26. Quyidagilardan XIX asr oxirida temir rudasi qazib chiqarish(a) va kimyo sanoati(b) da birinchi o’ringa chiqib olgan davlatlar to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
1) Buyuk Britaniya 2) Fransiya 3) Italiya 4) Germaniya
A) a-3,b-4 B) a-2,b-4 C) a-2,b-1 D) a-2; b-3
Do'stlaringiz bilan baham: |