31. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida yangi bosqich – monopolistik kapitalizm deb ataluvchi bosqich qaror topdi. Monopolistik kapitalizm quyidagilarning qaysi birlarini o’z ichiga oluvchi bosqich hisoblanadi?
1) kapitalizmning iqtisodiy hayotida monopoliyalar rivojlangan; 2) Ishlab chiqarish yiriklashgan; 3) moliya oligarxiyasi shakllangan; 4) ishlab chiqarish konsentratsiyalashgan;
5) millatlararo korporatsiyalar vujudga kelgan;
6) Siyosiy demokratiya rasmiylashgan.
A) 1,3,4,6 B) 1,2,4,5 C) 1,3,4,5 D) 1,3,4,5,6
32. Quyidagilardan monopoliya atamasi to’g’ri izohlangan javobni aniqlang.
A) kapitalizm jamiyatining eng yuqori va oxirgi davri;
B) bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi;
C) iqtisodiy va siyosiy hukmronlikning bir hovuch ulkan kapital egalari qo‘lida to‘planishi;
D) ishlab chiqarish yoki savdoning bir sohasida yakka
hukmronlikni egallab olgan ulkan korxona yoki shunday korxonalar birlashmasi.
33. Quyidagi qaysi jarayon XIX asr oxiri – XX asr boshlarida moliya oligarxiyasining vujudga kelishiga olib keldi?
A) sanoat va bank kapitalining qo‘shilishi;
B) dunyoning buyuk davlatlar tomonidan hududiy jihatdan bo’lib olinishi;
C) dunyoning buyuk davlatlar tomonidan iqtisodiy jihatdan bo’lib olinishi;
D) kartel, sindikat, trest va konsernlarning soni ortib borganligi.
34. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida monopoliyalarning vujudga kelishi quyidagi qaysi oqibatlarga olib keldi?
1) ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarni
yanada kengroq joriy etishga imkoniyat yaratdi;
2) mustamlakachilik siyosatining vujudga kelishiga sabab bo’ldi;
3) qirg‘inbarot mustamlakachilik urushlarini kuchaytirdi;
4) xalqaro qul savdosining vujudga kelishiga sabab bo’ldi;
5) qoloq davlatlarning iqtisodiy va hududiy jihatdan bo’lib olinishiga chek qo’ydi;
6) jamiyatning juda ozchilik guruhi qo‘lida ulkan
hokimiyat to‘planishiga olib keldi.
A) 1,3,5 B) 2,3,6 C) 1,3,6 D) 1,3,4,6
Do'stlaringiz bilan baham: |