9-sinf o‘zbekiston tarixi. Chsb sana: Sinf O‘quvchining F. I. Sh


Download 93 Kb.
bet1/4
Sana11.01.2023
Hajmi93 Kb.
#1088163
  1   2   3   4
Bog'liq
9-sinf O\'zbekiston tarixi CHSB -2


9-SINF O‘ZBEKISTON TARIXI.
CHSB - 2. Sana: __________________
Sinf ________ O‘quvchining F.I.SH.___________________________________
1. “Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini talab qiladi” so‘zlari kimga tegishli? (B – 1 ball)
A) K.P. Kaufmanga; B) Abdurauf Fitratga; C) S.M.Duxovskoyga; D) K. Palenga.
2. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so‘ng Aleksandr II tasdiqlagan “Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom”ga ko‘ra boshqaruv kimlar qo‘liga o‘tadi? (B – 1 ball)
A) Amaldorlar; B) Harbiy zobitlar; C) Mingboshilar; D) Ziyolilar.
3. 1886-yildagi “Nizom”ning qaysi bo‘limida Turkiston o‘lkasida shakllanib kelayotgan an’anaviy yerga egalik qilish munosabatlari o‘zgartirib yuborildi? (B – 1 ball)
A) “Turkiston o‘lkasining yer tuzilishi”; B) “Turkiston o’lkasi yer tog‘risidagi dekret”;
C) “Turkistonning yer-suv boyliklari”; D) “Turkistonning qazilma boyliklari”.
4. Quyidagi ma’lumotlar ichidan xato ma’lumotni belgilang. (B – 1 ball)
A) Rossiya imperiyasi yerlik aholiga o‘z ta’sirini kuchaytirish uchun 1866-yil Toshkentda mahkama joriy qiladi;
B) Toshkentda joriy qilingan mahkama tarkibiga qozi va 7 nafar a’lam kirgan;
C) Mahkama a’zolari podsho hukumatining o‘lkadagi ishonchli va sadoqatli yordamchilari hisoblangan;
D) Mahkama faoliyati general-gubernator amaldor vakili tomonidan nazorat qilib borilgan.
5. Qaysi yillar oralig‘i Turkiston “kuchaytirilgan qo‘riqlov” va “favqulodda qo‘riqlov” holatida bo‘ldi? (B – 1 ball)
A) 1891-1915-yillar; B) 1892-1916-yillar; C) 1893-1917-yillar; D) 1894-1918-yillar.
6. Quyidagi qaysi so‘z nemischa “ma’muriyat” degan ma’noni anglatadi? (B – 1 ball)
A) Politsiya; B) Ispravnik; C) Melitsiya; D) Uyezd.
7. Rossiya qurolli kuchlarining asosiy harbiy bazalari qayerda joylashgan edi? (B –1 ball)
A) Orenburgda; B) Toshkentda; C) Buxoroda; D) Kavkazda
8. XIX asr oxirida Turkistonda rus hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlang. (B – 1 ball)
A) Dehqonlar va ziyolilar; B) Dehqonlar va chorvadorlar;
C) Dehqonlar va hunarmandlar; D) Dehqonlar va mansabdorlar.
9. 1896-yilda Namangan uyezdining qaysi volostida aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo‘zg‘olonga aylanib ketdi? (B – 1 ball)
A) Oqtepa; B) Denov; C) Rishton; D) Oqsuv-Shaxrixon.
10. Mahalliy aholi vakillariga ruslar tomonidan boshqaruvning eng quyi bosqichlaridagi lavozimlar berilgan. Bular qaysilar? (Q – 2,5 ball)
1.volost boshlig‘i(mingboshilar); 2. qishloq oqsoqoli; 3. ovul boshligi‘; 4. qozilar;
5. xalq sudyalari va ularning yordamchilari; 6. mirob; 7. o‘nboshi; 8.hokim; 9.uyezd boshlig‘i
A) 1,2,3,5,6,7; B) 2,4,6,8,9; C) 1,3,5,7,9; D) 1,5,6,7,8,9.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling