17. Mavzu yuzasidan olgan bilimlaringizga tayanib quyidagi fikrlarga ha yoki yo‘q deb javob bering. (Q – 2,5 ball)
№
|
Savol
|
Ha
|
Yo‘q
|
1.
|
1885-yilning yozida Farg‘ona vodiysida xalq qo‘zg‘olonlari qaytadan avj oldi.
|
|
|
2.
|
Toshkentning eski shahar xalqparvar oqsoqoli Muhammad Yoqub lavozimidan chetlashtiriladi.
|
|
|
3.
|
Andijon qo‘zg‘olonini bostirilgach qo‘zg‘olonchilardan 280 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi
|
|
|
4.
|
“Vabo isyoni” yana “Toshotarlar voqeasi” deb ham atalgan.
|
|
|
5.
|
Andijon qo‘zg‘oloniga Ziyovuddin mahsum boshchilik qilgan
|
|
|
A) 1- Yo‘q ; 2- ha; 3- yo‘q; 4- ha; 5- yo‘q. B) 1- Ha; 2- yo‘q; 3-yo‘q; 4-ha; 5-yo‘q.
C) 1- Yo‘q; 2- yo‘q; 3- yo‘q; 4- ha; 5- yo‘q. D) 1- Ha; 2- yo‘q; 3- ha; 4- ha; 5- yo‘q.
18. Quyidagi atamalarning ma’nolari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. (Q – 2,5 ball)
1) Politsiya; 2) Eshon; 3) Apellatsiya; 4) Kazarma.
a) Dindorlar orasida obro’ qozongan diniy rahnamo unvoni; b) Jamoat xavfsizligini saqlovchi tashkilot; c) harbiy qism joylashtirilgan maxsus bino; d) sud hukmidan norozi bo‘lgach, uning ustidan shikoyat arizasi berilishining bir shakli.
A) 1- a, 2-d; 3-b; 4-c; B) 1- d, 2-d; 3-c; 4-a; C) 1- b, 2-a; 3-d; 4-c; D) 1- a, 2-b; 3-d; 4-c.
19. Berilgan ma’lumotlar orasidan faqat Andijon qo‘zg‘oloniga oid ma’lumotlarni belgilang. (Q – 2,5 ball)
1) Qo‘zg‘alonga Dukchi Eshon rahbarlik qilgan; 2) Mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining tobora kuchayib borayotganligi; 3) Podsho ma’murlari mahalliy xalqqa tegishli yerlarning katta qismini tortib olib, Rossiyadan ko’chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etdi. 4) amaldorlarning o’z mansablarini suiistemol qilishi, poraxo’rligi kabi xolatlarning ko‘payib ketishi; 5) O‘lkada “mirshablik holati” joriy etildi; 6) Qo‘zg‘olonchilar tomonidan Tojikqishloqdagi telegraf simlari qirqib tashlanishi bilan qo‘zg‘olon boshlanib ketdi.
A) 1, 2, 4; B) 1, 3, 6; C) 2, 4, 5; D) 1, 2, 3, 4, 5, 6.
Do'stlaringiz bilan baham: |