9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan
Download 0.61 Mb.
|
9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Testlar
Testlar1. Turkiston viloyati qachon tashkil qilingan? A) 1867-yil B) 1865-yil C) 1864-yil D) 1866-yil 2. Rossiyaning O’rta Osiyodagi harbiy harakatlarni olib borishda markaz sifatidagi rolni bajargan viloyat qaysi? A) To’rtko’l B) Verniy C) Sirdaryo D) Turkiston 3. Nima sababdan Chor Rossiyasi O’rta Osiyoda alohida general-gubernatorlik tashkil qilishga kirishdi? A) A va B B) kelgusida bosib olinadigan yerlarni birlashtirish C) O’rta Osiyoning Orenburg general-gubernatorligidan uzoqda joylashganligi D) Orenburg bilan kelishmovchilik 4. Turkiston general-gubernatorligi qachon tashkil qilingan? A) 1866-yil B) 1867-yil C) 1865-yil D) 1864-yil 5. Turkiston general-gubernatorligi bilan birga Turkiston harbiy okrugi ham tuzildi.Uning tarkibiga kimlar kiritildi? A) 1866- yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar B) 1865- yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar C) 1864- yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar D) 1847-yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar 6. Turkiston harbiy okrugi tuzilganda undagi harbiylar soni qancha edi? A) 60 ming B) 30 ming C) 40 ming D) 50 ming 7. Turkiston general-gubernatorligi markazi qayer edi? A) Qo’qon B) Turkiston C) Buxoro D) Toshkent 8. Turkiston general-gubernatori vakolatlari xato berilgan javobni toping. A) Yettisuv kazaklari qismi qo’mandoni B) Turkiston harbiy okrugi qo’mandonining o’rinbosari C) o’lkada joylashgan harbiy qismlar qo’mondoni D) bosh sudya 9. I-Turkiston-general gubernatori kim? A) Romanovskiy B) Veryovkin C) Kuropotkin D) Kaufman 10. Fon Kaufman qaysi yillari Turkiston general-gubernatori bo’lgan? A) 1867-1881 B) 1869-1883 C) 1868-1882 D) 1866-1880 11. Turkiston general-gubernatorligi qaysi hududlarni o’z ichiga olgan? A) Turkiston viloyati va Semipalatinsk viloyati B) Turkiston viloyati va Semipalatinsk viloyatining janubiy qismi C) Turkiston viloyati va Semipalatinsk viloyatining shimoliy qismi D) Turkiston viloyatining janubiy qismi va Semipalatinsk viloyati 12. Dastlab Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy jihatdan qaysi viloyatlarga bo’lingan? A) Orolbo’yi, Turkiston B) Turkiston, To’rtko’l C) Amudaryo, Qarshi D) Sirdaryo, Yettisuv 13. Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan Sirdaryo viloyatining markazi qayer edi? A) Oqmachit B) Yettisuv C) Toshkent D) Avliyoota 14. Sirdaryo viloyatining hududi asosan….dan iborat bo’lgan. A) 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyatining shimoliy hududlari va Qo’qon xonligi B) 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyatiga tegishli bo’lgan yerlar va Qo’qon xonligining bosib olingan janubiy hududlari C) 1864-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyatiga tegishli bo’lgan yerlar va Qo’qon xonligining bosib olingan shimoliy hududlari D) 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyatiga tegishli bo’lgan yerlar va Qo’qon xonligining bosib olingan shimoliy hududlari 15. Yettisuv viloyatiga Semipalatinsk viloyatining qaysi okruglari kirgan? A) Aleksandrovsk, Kopal, Verniy, Sergiopol B) Verniy, Avliyoota, Turkiston, O’ratepa C) Sergiopol, Kopal, Olatovsk, sobiq Turkiston viloyatining bir qismi D) Krasnavodsk, Qarag’anda, Darg’anata, Chimkent 16. Zarafshon okrugi qachon tashkil qilingan? A) 1881-yil B) 1868-yil C) 1878-yil D) 1873-yil 17. Amudaryo bo’limi qachon tuzilgan? A) 1873-yil B) 1881-yil C) 1868-yil D) 1878-yil 18. Farg’ona viloyati qachon tuzilgan? A) 1873-yil B) 1868-yil C) 1881-yil D) 1876-yil 19. Kaspiyorti viloyati qachon tuzilgan? A) 1873-yil B) 1868-yil C) 1881-yil D) 1878-yil 20. Quyidagi tashkil qilingan hududlarning qaysi biri sanasida xatolik mavjud? A) Farg’ona viloyati-1876-yil B) Kaspiyorti viloyati-1882-yil C) Zarafshon okrugi-1868-yil D) Amudaryo bo’limi-1873-yil 21. Zarafshon okrugining markazi qaysi shahar? A) Samarqand B) Ashxabad C) Yangi Marg’ilon D) Petro-Aleksandrovsk 22. Amudaryo bo’limining markazi qaysi shahar? A) Samarqand B) Ashxabad C) Petro-Aleksandrovsk D) Yangi Marg’ilon 23. Farg’ona viloyatining markazi qaysi shahar? A) Samarqand B) Ashxabad C) Yangi Marg’ilon D) Petro-Aleksandrovsk 24. Kaspiyorti viloyatining markazi qaysi shahar? A) Yangi Marg’ilon B) Petro-Aleksandrovsk C) Ashxabad D) Samarqand 25. Xiva xonligiga qarashli hududlarda tashkil qilingan Amudaryo bo’limining markazi Petro-Aleksandrovsk hozirgi qaysi shahar? A) Almati B) To’rtko’l C) Taroz D) Yangi Marg’ilon 26. Farg’ona viloyatining yangi Marg’ilondan keyingi poytaxti qayer? A) Samarqand B) Ashxabad C) Skobelev D) Petro-Aleksandrovsk 27. Skobelev bu hozirgi qaysi shahar? A) Farg’ona B) Almati C) To’rtko’l D) Yangi Marg’ilon 28. 1 verst qancha maydonga teng? A) 1,66 kv.km B) 0,66 kv.km C) 1,60 kv.km D) 1,066 kv.km 29. Rossiyaning O’rta Osiyoda tashkil qilgan viloyatlarning hududiy jihatdan eng kichigi qaysi? A) Farg’ona B) Samarqand C) Turkiston D) Sirdaryo 30. Sirdaryo viloyatining hududi Rossiyadagi qaysi guberniyadan katta bo’lgan? A) Saratov B) Moskva C) Suzdal D) Novgorod 31. Samarqand viloyatining hududi Rossiyadagi qaysi guberniyadan katta bo’lgan? A) Suzdal B) Moskva C) Novgorod D) Saratov 32. Samarqand viloyatining hududi qancha bo’lgan? A) 2000 kv.verst B) 3000 kv.verst C) 3500 kv.verst D) 2500 kv.verst 33. Turkiston general-gubernatorligi qachon “Nizom” loyihasini qabul qildi? A) 1866-yil B) 1865-yil C) 1868-yil D) 1867-yil 34. Kim xalq orasida “yarim podsho” nomini olgan? A) Kuropotkin B) Chernyayev C) Veryovkin D) Kaufman 35. Turkiston general-gubernatorligi boshqaruv bo’g’inini ketma-ketlikda joylashtiring? A) Turkiston general-gubernatori- general-gubernator kengashi- maxfiy siyosiy politsiya- general-gubernator mahkamasi B) Turkiston general-gubernatori- maxfiy siyosiy politsiya- general-gubernator kengashi- general-gubernator mahkamasi C) Turkiston general-gubernatori-general-gubernator kengashi-general-gubernator mahkamasi-maxfiy siyosiy politsiya D) Turkiston general-gubernatori-general-gubernator mahkamasi- general-gubernator kengashi- maxfiy siyosiy politsiya 8-Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlarining boshlanishi (28) Testlar1. Podsho hukumati O’rta Osiyodan Chernyayevni chaqirib olib, kimni Yurkiston viloyatining gubernatori qilib tayinladi? A) Kaufman B) Veryovkin C) Romanovskiy D) Kuropotkin 2. Rossiyaning Buxoro amirligiga qarshi I-jangi qachon va qayerda bo’lib o’tgan? A) 1866-yil 8-may-Erjar B) 1866-yil-12-18-oktyabr-Jizzax C) 1866-yil 17-24-may-Xo’jand D) 1866-yil kuzi-O’ratepa 3. Romanovskiy Buxoro amirligiga qarshi qachon yurish boshladi? A) 1868-yil B) 1866-yil C) 1865-yil D) 1867-yil 4. Romanovskiy qanday bahona ostida Buxoro amirligiga qarshi yurish qilishga imperatordan ruxsat so’radi? A) Buxoro va Xivaning chegara yerlaridagi rus aholisiga o’tkazgan zulmini B) Buxoro amirligi Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanayotgani C) Buxoroning Rossiyaga qarshi urush e’lon qilishini D) Buxoro va Angliya o’rtasida tuzilgan harbiy ittifoqni 5. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang? A) Erjar jangi 1866-yil 8-mayda bo’lib o’tdi B) Erjardagi g’alabadan so’ng Romanovskiy Qo’qon xonligi va Buxoro amirligi o’rtasida joylashgan-Toshkent, Qo’qon, Balx, Buxoro bilan bog’lovchi O’ratepaga qarab harakat boshladi C) Erjar yaqinidagi jangda kuchlar teng bo’lmaganidan amir qo’shinlari yengildi D) Erjardagi g’alabadan so’ng Romanovskiy Buxoro qo’shinlarini taqib qilishni to’xtatdi 6. Rossiya qo’shinlari qachon Xo’jandni qamal qilishga kirishdilar? A) 1866-yil 8-may B) 1866-yil 17-may C) 1866-yilning kuzi D) 1866-yil 24-may 7. Rossiya Xo’jandni nechta to’pdan o’qqa tutdi? A) 15ta B) 20 ta C) 30 ta D) 25 ta 8. Rossiya tomonidan Xo’jandni qamal qilish va o’qqa tutish necha kun davom etdi? A) 5 kun B) 3 kun C) 4 kun D) 2 kun 9. Rossiya askarlari tomonidan Xo’jand mudofaasi qachon yorib o’tildi? A) 1866-yilning kuzi B) 1866-yil 18-may C) 1866-yil 24-may D) 1866-yil 8-may 10. Toshkent, Qo’qon, Balx, Buxoro shaharlarini bir-biri bilan bog’lovchi qal’ani ko’rsating? A) Jizzax B) O’ratepa C) Erjar D) Xo’jand 11. Krijanovskiy kim? A) Orenburg general-gubernatori B) Turkiston viloyati gubernatori C) Sirdaryo viloyati gubernatori D) Turkiston general-gubernatori 12. Romanovskiy kim? A) Turkiston viloyati gubernatori B) Turkiston general-gubernatori C) Sirdaryo viloyati gubernatori D) Orenburg general-gubernatori 13. Turkiston viloyati gubernatori Romanovskiyga kim tomonidan harbiy harakatlarni Qo’qon xonligiga qarshi qaratish to’g’risida ko’rsatma berdi? A) Veryovkin B) Kaufman C) Krijanovskiy D) Chernyayev 14. Qo’qon xonligining taqdiri qaysi yili Rossiya tomonidan hal qilingan edi? A) 1874-yil B) 1866-yil C) 1876-yil D) 1873-yil 15. Rossiya tomonidan….da Qo’qonga qarshi hamma narsa tayyor holatga keltirilgan edi? A) Erjar B) Jizzax C) O’ratepa D) Xo’jand 16. Qo’qonga qarshi harbiy harakatga bosh bo’lish uchun Orenburgdan kim keldi? A) Krijanovskiy B) Kaufman C) Veryovkin D) Chernyayev 17. Krijanovskiy Buxoro amirligi vakiliga qanday shart qo’ygan? A) 10 kun ichida 200 ming rubl tovon to’lashni B) 10 kun ichida 10 ming rubl tovon to’lashni C) 10 kun ichida 100 ming rubl tovon to’lashni D) 20 kun ichida 100 ming rubl tovon to’lashni 18. Rossiya qo’shinlari qachon O’ratepaga qarab harakat boshladi? A) 1866-yilning kuzi B) 1866-yil 18-may C) 1866-yil 24-may D) 1866-yil 8-may 19. Rossiyaning O’ratepaga qarshi yurish qilgan qo’shini tarkibi xato berilgan javobni toping? A) 6 ming piyoda B) 29 to’p C) 500 kazak D) 600 arava va 800 tuya 20. Ruslar O’ratepani necha kun to’pdan o’qqa tutdilar? A) 4 kun B) 3 kun C) 2 kun D) 1-kun 21. Rossiya qayerni qamal qilganida 2 ming nafardan ziyod qal’a aholisi halok bo’ldi? A) Xo’jand B) Jizzax C) O’ratepa D) Erjar 22. Rossiya imperiyasi harbiy qo’shinlari O’ratepani egallagandan so’ng qayerga yurish boshladi? A) Xo’jand B) O’ratepa C) Jizzax D) Erjar 23. Jizzax qachon rus podsho hukumati qo’liga o’tdi? A) 1866-yil 8-may B) 1866-yil 17-may C) 1866-yil 18-oktyabr D) 1866-yil 12-oktyabr 24. Rossiya imperiyasining qayer uchun bo’lgan jangida har tomondan 6 mingdan ortiq kishi halok bo’ldi? A) Jizzax B) Xo’jand C) Erjar D) O’ratepa 25. Rus podsho hukumati Jizzaxni bosib olib, u yerda qoldirgan harbiy kuchlari xato berilgan javobni toping. A) 12 ta to’p B) 600 arava C) 300 kazak D) 3 ming askar 26. Rossiya tomonidan 1864-1866-yillarda bosib olingan hududlarda qanday viloyat tashkil qilindi? A) Turkiston B) Farg’ona C) Amudaryo D) Sirdaryo 27. Rossiya tomonidan qaysi yillari bosib olingan hududlarda Sirdaryo viloyati tashkil qilindi? A) 1864-1866 B) 1866-1868 C) 1863-1865 D) 1865-1867 28. Rus davlatida o’rta asrlarda krepastnoy dehqonlar orasidan chekka hududlarga qochib borib, erkinlikka chiqqan kishilardan tuzilgan qo’shin qanday nom bilan ataladi? A) rekrut B) tiyul C) kazak D) qozoq 9-Buxoro amirligi ustidan Rossiya protektorati o'rnatilishi (54) Testlar1. Rus bosqini arafasida Buxoro amirligining harbiy kuchini zaiflashtirgan omillar xato berilgan javobni aniqlang? A) aholining askarlikka borishdan bosh tortishi B) Qo’qon xonligi bilan olib borilgan uzluksiz urushlar C) ichki nizolar D) zamonaviy harbiy texnikada ortda qolish 2. Qaysi rus generali Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga o’zgartirilgan yangi loyihasini tasdiqlashni taklif etdi? A) Lessar B) Chernyayev C) Veryovkin D) Kaufman 3. Quyidagi xato javobni toping. A) Kaufman 4 mingdan ziyod qo’shindan iborat harbiy otryad to’plab, Samarqandni bosib olishga kirishdi B) Kaufmanning Amir Muzaffar qo’shinini Samarqandga to’plagan degan taxmini o’z tasdig’ini topdi C) Kaufman 1868-yil aprelda Samarqandni bosib olishga kirishdi D) Kaufman Amir Muzaffarni Turkiston general-gubernatorlik yerlariga bostirib kirishda aybladi 4. Kaufman Cho’ponota tepaligiga qachon hujum boshladi? A) 1868-yil 2-iyun B) 1868-yil 1-may C) 1868-yil 28-iyun D) 1868-yil aprel 5. Kaufman qachon Samarqandni bosib olishga kirishdi? A) 1868-yil 2-iyun B) 1868-yil 28-iyun C) 1868-yil aprel D) 1868-yil 1-may 6. Qaysi jangda ruslar tomonidan amir qo’shining ilg’or jangovar qismi tor-mor keltirildi? A) Kattaqo’rg’on B) Cho’ponota C) Zirabuloq D) Urgut 7. Kaufman qancha qo’shin to’plab Samarqandni bosib olishga kirishdi? A) 3 mingdan ziyod B) 4 mingga yaqin C) 5 ming D) 4 mingdan ziyod 8. Amir qo’shini va Kaufman o’rtasidagi II-jang qayerda bo’lib o’tgan? A) Kattaqo’rg’on B) Zirabuloq C) Cho’ponota D) Urgut 9. Qaysi jangdan keyin Rossiya qo’shinlari Samarqandga jangsiz kirib borishdi? A) Urgut B) Cho’ponota C) Kattaqo’rg’on D) Zirabuloq 10. Kaufman Samarqandga jangsiz kirib borib, Amir Muzaffarga yo’llagan maktubi mazmuni xato berilgan javobni toping. A) Shaxrisabz bekligini vaqtincha Rossiyaga ijaraga berish B) 1865-yildan buyon Turkiston o’lkasida qo’lga kiritilgan barcha narsalarni Rossiya mulki deb e’tirof etilishi C) Samarqand bekligini Rossiyaga berish D) “harbiy harajat”larni to’lash 11. Buxoro amirligining qaysi hududi mahalliy aholisi podsho hukumati qo’shinlariga qarshi kurash olib bordi? A) Cho’ponota B) Urgut C) Kattaqo’rg’on D) Zirabuloq 12. Kaufman qaysi generalni Urgutga yubordi? A) Veryovkin B) Golavachyov C) Abramov D) Chernyayev 13. Rossiya qo’shinlari Urgutdan keyin qayerni bosib olishga kirishdi? A) Kitob B) Xo’jand C) Shaxrisabz D) Kattaqo’rg’on 14. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan Bobobek qayerning hokimi edi? A) Kattaqo’rg’on B) Xo’jand C) Kitob D) Shaxrisabz 15. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan Jo’rabek qayerning hokimi edi? A) Xo’jand B) Shaxrisabz C) Kattaqo’rg’on D) Kitob 16. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan Shaxrisabz hokimi kim edi? A) Jo’rabek B) Abdulahad C) M.Devonbegi D) Bobobek 17. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan Kitob hokimi kim edi? A) Jo’rabek B) Bobobek C) M.Devonbegi D) Abdulahad 18. Jo’rabek va Bobobek qachon samarqandlik qo’zg’alonchilar bilan birga Rossiya imperiyasi qo’shinlari garnizoni joylashgan qal’asiga hujum qildi? A) 1868-yil aprel B) 1868-yil 28-iyun C) 1868-yil 2-iyun D) 1868-yil 1-may 19. Quyidagi xato javobni toping. A) Jo’rabek va Bobobek tomonidan qamal qilingan rus garnizonini egallash uchun 4-7 iyungacha shiddatli janglar davom etdi B) Jo’rabek va Bobobek tomonidan qamal qilingan rus garnizoni askarlariga 1868-yil 8-iyunda yordamchi kuchlar yetib keldi C) Jo’rabek va Bobobek tomonidan qamal qilingan rus garnizoniga 1868-yil 6-iyunda yordamchi kuchlar yuborildi D) Jo’rabek va Bobobek tomonidan qamal qilingan rus garnizoni 1868-yil 2-iyunda yordam so’rab Abramovga murojaat qilishdi 20. Podsho hukumati tomonidan bosib olingan hududlarda …..dan iborat Zarafshon okrugi tuzildi. A) Urgut va Kattaqo’g’on bo’limi B) Samarqand va Urgut bo’limi C) Samarqand va Kattaqo’rg’on bo’limi D) Samarqand va Kattaqo’rg’on viloyati 21. Zarafshon okrugiga boshliq qilib kim tayinlandi. A) Kaufman B) Chernyayev C) Abramov D) Veryovkin 22. Qaysi jangdan keyin Amir Muzaffar o’z mag’lubiyatini tan olib, Kaufmanning Turkiston general-gubernatorligi yangi chegaralar haqidagi taklifini qabul qildi? A) Cho’ponota B) Kattaqo’rg’on C) Zirabuloq D) Urgut 23. Qaysi voqeadan keyin Rossiya imperiyasi istilochilik yurishlarining II-bosqichi yakunlandi? A) Kattaqo’rg’on bosib olinishi bilan B) Urgut bosib olinishi bilan C) Jo’rabek va Bobobeklarning chekinishi bilan D) Amir Muzaffar , Kaufmanning Turkiston general-gubernatorligi yangi chegaralar haqidagi taklifini qabul qilishi bilan 24. Kaufman qachon va qayerda Amir Muzaffar bilan Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi? A) 1868-yil 28-iyun-Samarqand B) 1866-yil 8-may -Erjar C) 1868-yil 12-oktyabr-Jizzax D) 1868-yil 2-iyun-Zirabuloq 25. 1868-yil 28-iyunda imzolagan Amir Muzaffar imzolagan shartnoma bandlari xato berilgan javobi aniqlang. A) Amir o’z ixtiyorida qolgan hududlarni boshqarishda Turkiston general-gubernatorining ko’rsatmalariga rioya etish majburiyatini oldi B) Toshkentdan Samarqandgacha bo’lgan barcha hududlar Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tdi C) Buxoro amiri urush boshlanishida aybdor ekanligi D) Buxoro amiri abadiy do’stlik belgisi sifatida Rossiya qo’shinlarining harbiy harajatlari uchun 600 ming rubl to’lanishi e’tirof etildi 26. 1868-yil 28-iyunda imzolagan Amir Muzaffar imzolagan shartnoma bandlari xato berilgan javobi aniqlang. A) Rus savdogarlari amirlik hududidan boshqa davlatlarga erkin o’tish huquqini qo’lga kiritdi B) Rossiya savdogarlariga savdo agentliklari ta’sis etishga ruxsat berildi C) Rossiya savdogarlari tovarlaridan olinadigan boj miqdori 3 % dan oshmasligi belgilandi D) Buxoro amiri Rossiya savdogarlariga amirlikda erkin savdo qilishga sharoit yaratib berish va ularni himoya qilishni o’z zimmasiga oldi 27. 1868-yil 28-iyunda imzolagan Amir Muzaffar imzolagan shartnomaga Toshkentdan Samarqandgacha bo’lgan hududlarning barchasi Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tdi.Bu hududlar xato berilgan javobni aniqlang. A) Samarqand, Kattaqo’rg’on B) O’sh, Rishton C) Xo’jand, O’ratepa D) Panjikent, Jizzax 28. Amir Muzaffar Rossiyaga taslim bo’lgach, Samarqandni ozod qilish uchun kurash boshlagan vatanparvarlar nomi xato berilgan javobni toping. A) Abdumalik to’ra B) Abdulahad C) Jo’rabek D) Bobobek 29. Jo’rabek va Bobobek Amir Muzaffarni taxtdan tushirilgan deb e’lon qilib, kimni amir deb e’lon qilishdi? A) Abdumalik B) Abdulahad C) Olimxon D) Abdurahmon Oftobachi 30. Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek o’z qo’llariga olgan shaharlarni tartib bilan joylashtiring. A) Qarshi, Shaxrisabz, Karmana B) Shaxrisabz, Qarshi, Karmana C) Karmana, Qarshi, Shaxrisabz D) Qarshi, Karmana, Shaxrisabz 31. Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek qo’zg’alonini bostirish uchun Kaufman kimni yuboradi? A) Veryovkin B) Lessar C) Abramov D) Chernyayev 32. Nima sababdan Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek egallagan hududlaridan surib chiqarila boshlandi? A) qo’zg’alonchilar zamonaviy qurollar bilan qurollanmaganligi B) qo’zg’alon boshliqlarining bir-biri bilan kelishmovchiligi C) Amir Muzaffarning Kaufmandan yordam so’rashi D) Rus askarlarining haddan tashqari ko’pligi 33. Ruslardan yengilgan Abdumalik to’ra dastlab qaysi hududga ketadi? A) Xiva xonligi B) Hindiston C) Afg’oniston D) Peshovar 34. Ruslardan yengilgan Abdumalik to’ra Xiva xonligidan qayerga o’tib ketadi? A) Afg’oniston B) Hindiston C) Xiva xonligi D) Peshovar 35. Abdumalik to’ra qaysi afg’on amiridan yordam so’radi? A) Omonulloxon B) Habibulloxon C) Sheralixon D) Do’stmuhammad 36. Abdumalik to’ra qachon va qayerda vafot etdi? A) 1910-Nishopur B) 1909-Peshovar C) 1910-Hamadon D) 1909-Ray 37. Nima sababdan afg’on amiri Sheralixon Abdumalik to’raga yordam bermadi? A) Abdumalik to’raning afg’on amiri Sheralixon bilan kelishmovchiligi uchun B) Afg’on amiri Sheralixon Angliya bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaga tayanishni rejalashtirgani uchun C) Rossiyaning Afg’onistonga hujum qilishidan Sheralixonning xavfsiragani D) Buxoro va Afg’oniston o’rtasidagi azaldan davom etib kelayotgan adovat 38. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi istilochilik yurishlarining II-bosqichi qaysi voqeadan keyin yakunlandi? A) Buxoro amirligining Rossiya protektoratiga aylantirilishi bilan B) Samarqandning egallanishi C) A va B D) Cho’ponota egallanishi bilan 39. Buxoro bilan Rossiya imperiyasi qachom amirlikka o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomani imzoladi? A) 1868-yil B) 1876-yil C) 1871-yil D) 1873-yil 40. Rossiya 1873-yilda amirlikka o’z vakilini tayinladi.Bu vakilning roziligisiz amirlik... A) to’g’ri javob yo’q B) ichki masalalarni hal qila olmaydigan bo’ldi C) tashqi masalalarni hal qila olmaydigan bo’ldi D) biron bir ichki va tashqi siyosiy masalalarni hal qila olmaydigan bo’ldi 41. Rossiyaning Buxoro amirligiga o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomaning 14-moddasida …..deyilgan. A) “Rossiya hukumatidan ijozat bo’lmagan Buxoro fuqarolari bo’lmagan har xil kimsalarni Buxoro hukumati qabul qilmaydi” B) “Buxoro hukumatidan ijozat bo’lmagan kim bo’lishidan qat’iy nazar, har xil kimsalarni Buxoro hukumati qabul qilmaydi” C) “Rossiya hukumatidan ijozat bo’lmagan yonida maxsus hujjati bo’lmagan har xil kimsalarni Buxoro hukumati qabul qilmaydi” D) “Rossiya hukumatidan ijozat bo’lmagan kim bo’lishidan qat’iy nazar har xil kimsalarni Buxoro hukumati qabul qilmaydi” 42. Rossiyaning Buxoro amirligiga o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomaga ko’ra har kun ertalab vakildan ko’rsatmalarni olib amirga topshirgan mansab egasi? A) otaliq B) mehtar C) qo’shbegi D) devonbegi 43. Kim Rossiya imperiyasining Buxorodagi I-vakili etib tayinlandi? A) Romanovskiy B) Abramov C) Lessar D) Skobelev 44. Rus bosqinidan keyin Buxoroning amaldagi norasmiy gubernatori kim bo’lgan? A) Skobelev B) Abramov C) Romanovskiy D) Lessar 45. Buxorodagi ruslar tomonidan tayinlangan maxsus vakil qayerni o’ziga qarorgoh qilib olgan? A) Buxorodan 15 km uzoqda joylashgan Kogon shahrini B) Buxorodan 150 km uzoqda joylashgan Kogon shahrini C) Buxoro shahrini D) Buxorodan 1,5 km uzoqda joylashgan Kogon shahrini 46. Qaysi yillari Rossiya imperiyasi tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan muzokaralar olib brogan? A) 1868-1870 B) 1866-1870 C) 1869-1870 D) 1867-1870 47. 1869-1870-yillari Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan qaysi chegaralarni belgilash to’g’risida muzokaralar olib bordi? A) Buxoro amirligi va Eron B) Buxoro amirligi va Afg’oniston C) Qozoq yerlari va Afg’oniston C) Afg’oniston va O’rta Osiyo 48. 1869-1870-yillari Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg’oniston va O’rta Osiyodagi chegaralarni belgilash to’g’risidagi shartnomaga muvofiq chegara qaysi tumandan o’tkazildi? A) Hirot B) Panj C) Vaxsh D) Balx 49. 1881-yil 10 dekabrida Eron shohi bilan Rossiya elchisi imzolagan maxfiy shartnomada qaysi chegaralar belgilandi? A) Qozoq yerlari va Afg’oniston B) Afg’oniston va O’rta Osiyo C) Buxoro amirligi va Afg’oniston D) Buxoro amirligi va Eron 50. 1885-1887-yillardagi ingliz-rus komissiyasi qaysi hududlar chegara chizig’ini belgilashni nihoyasiga yetkazdi? A) Buxoro amirligi va Eron B) Qozoq yerlari va Afg’oniston C) Afg’oniston va O’rta Osiyo D) Buxoro amirligi va Afg’oniston 51. Quyidagi xato javobni belgilang. A) 1869-1870-yillarda Rossiya imperiyasi tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg’oniston va O’rta Osiyodagi chegaralarini belgilash to’g’risida muzokaralar olib bordi B) Afg’oniston va O’rta Osiyodagi chegara Amudaryo bo’ylab Vaxsh tumanidan o’tkazildi C) Buxoro amirligi va Eron o’rtasidagi chegara 1881-yil 10-dekabrda Eron shohi bilan Tehrondagi Rossiya elchisi imzolagan shartnomada imzolandi D) 1885-1887-yildagi muzokarada chegaralarni belgilash to’g’risida ingliz-rus komissiyasi Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari bilan Afg’oniston o’rtasidagi chegara chizig’ini belgilashni nihoyasiga yetkazdi 52. Qaysi yili Buxoro amirligi Rossiya protektoratiga aylandi? A) 1869-yil B) 1866-yil C) 1867-yil D) 1868-yil 53. Protektorat so’zining ma’nosi nima? A) ispancha-chegara viloyati B) lotincha-homiy C) inglizcha-vassal D) fransuzcha-qaram yer 54. Yuqori tabaqaga mansub kishi.Xiva xonligida xon qarindoshlari va yaqinlariga beriladigan unvon? A) inoq B) bek C) to’ra D) noib 10-Xiva xonligi ustidan Rossiya imperiyasi protektorati o'rnatilishi (26) Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling