9-sinf O‘zbekiston tarixi
Download 263.47 Kb.
|
9-sinf O\'zb-ton tarixi konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- III-Yangi mavzu
I-Tashkiliy qism:
Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari. II-O’tilganni so’rash: savol-javob. Qachon ikkinchi marta podsho hukumati qo’shinlari Toshkent yaqiniga joylashgan? Chernayev qaysi qal’adan jangsiz taslim bo’lishini talab qildi? Niyozbek qal’asi qayerda joylashgan ? Niyozbek qal’asi Toshkentdan qancha uzoqda joylashgan ? Niyozbek qal’asi ostonasidagi jang necha kun davom etdi? Niyozbek qal’asi qanday nom olgan edi? Niyozbekning egallanishi Chernaevga nimaga yordam berdi? Toshkent shahri aholisini qaysi daryo suv bilan ta’minlangan? Chernayev qachon Toshkentga yurish qildi ? Chernayevga 1865-yil kim qarshilik ko’rsatdi? III-Yangi mavzu: Kichik ma’ruza. Rus podshosi Aleksandr II 1859-yilda Qo’qon xonligini bosib olishni davom ettirishi to’g’risida qaror qabul qilgach, Qo’qon xonligiga faollik bilan hujum qilish boshlandi. Shu munosabat bilan birinchi navbatda Qo’qon xonligi tarkibiga kiruvchi Toshkentni bosib olish zarur edi. Qo’qon xonligining sobiq qal’asi Oqmachit Toshkentga uyushtiriladigan hujumda tayanch nuqtaga aylandi. Perovskiy 1852-yildayoq bu qal’ani bosib olishga urinib, mag’lubiyatga uchragan edi. U hujum rejasini puxta ishlab, 1853-yilda Oqmachitni egallashga ikkinchi marta urindi. 400 kishidan iborat qal’a garnizoni 3 mingdan ziyod kishidan iborat muntazam armiya qo’shinlariga 20 kun davomida mardonavor qarshilik ko’rsatdi. Barcha mudofaachilar halok bo’lishgach yoki yaralanganlaridan so’nggina qal’ani bosib olishga erishildi. Shundan so’ng Oqmachit qal’asi nomi Perovskiy forti deb nomlandi. XIX asr o’rtalarida Toshkent atrofida shahar devori tiklandi. Uning 12 darvozasi - Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag’bon, Chig’atoy, Ko’kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog’och, Qo’ymas, Qo’qon, Qashqar darvozalar bor edi. Barcha darvozalar Qo’qon soqchilari tomonidan qo’riqlanar, kun botishi bilan yopilardi. Har bir darvoza yonida zakotchilar turib, shaharga kiruvchilarni ham, undan chiquvchilarni ham ro’yxatga olib, ulardan bojxona solig’i (zakot) undirishardi. Devor tashqarisidan suv to’ldirilgan xandaq bilan o’ralgan bo’lib, unga suv Chirchiq daryosidan ajralgan Kaykovuz kanali orqali kelardi. Mustahkamlash. “Bingo “ mashqi Download 263.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling