9-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2023-2024-yil


Topshiriq: “Mening mo`jazgina kutubxonam” davra suhbati. Sana


Download 2.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/53
Sana22.10.2023
Hajmi2.47 Mb.
#1715353
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
9 sinf sinf soati ish reja va konspek (2)

Topshiriq: “Mening mo`jazgina kutubxonam” davra suhbati.
Sana: 
33-mavzu: Maqsadlar qo‘yish va ularga erishish psixologiyasi
Kun shiori: “Orzusiz inson bo`lmaydi, orzusiz yashab bo`lmaydi”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, kelajakda o`z orzulari uchun 
harakat qila olishlikni, izlagan imkon topa olishini ular ongiga singdirish. Natija: 
O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, 
ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini 
shakllantiradi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish 
layoqatlarini shakllantiradi 
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:
shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, 
slaydlar, tarqatma materiallar. 
Doskada: “Intilganga tole yor, o`z orzularingiz, tanlagan kasbingiz yo`lida 
hech tolmang!” 
O`qituvchi: Kasbning eng yaxshisi kishining , o`z qo`li bilan bajarilgan ishi va 
halol savodidir. Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o'tishida u 
tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o'rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos 
bo'lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib 
borgan insonlar, albatta, hayotda o'z o'rinlarini topa oladilar. 
Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o'tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar 
muhim o'rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo'lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan 
izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o'z o'rinlarini topa oladilar. Bunday natijaga erishish uchun 
ta'limning ilk bosqichlaridayoq mustahkam bilim olish talab etiladi. Bu esa o'z o'rnida pedagog xodimlar 
zimmasiga bir qancha vazifalarni yuklaydi. Kasb-hunarga yo'naltiruvchi o'qituvchilar va psixologlar o'z 


vazifalarini sidqidildan ado etib, o'quvchilarga mavjud kasblar, hunarlar haqida to'liq va aniq ma'lumotlar 
berib borishlari zarur. 
Kasbiy axborot berish o'quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarish turlari va kasblar, mehnat bozorining 
holati, xo'jalik majmuasining malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojlari, kasblar bozori rivojlanishining 
mazmuni va kelajagi, kasblarning shakllari, kasb egasiga qo'yiladigan talablardan iboratdir. 
Hademay siz uchun qadrdon bo`lgan maktabingizni bitirib, har biringiz 
o`zingiz tanlagan akademik-litseylar va kasb-hunar kollejlariga hujjatlaringizni 
topshirib, o`n ikki yillik majburiy ta’limni davom ettirasiz. Va kelajakda o`zingiz
sevgan kasb egasi bo`lasiz. Darhaqiqat,bu dunyoda kasblar juda xilma-xil. 
Kasblar orqali hamma o`zining yo`lini topib oladi va jamiyatda o`z o`rniga ega 
bo`ladi. Siz mustaqillik sharofati bilan, juda katta imkoniyatlar yurtida ta’lim 
olasiz. Bugun yurtimizda faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari, akademik-
litseylar jahon andozalariga javob beradigan darajada ta’mirlangan. Zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim beriladi. Siz bitiruvchilar esa yaratilgan 
shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib olishingiz kerak. Siz tanlagan kasb-
hunar kolleji, o`zingizga qulay hududda joylashgan bo`lsa, yana ham yaxshi. 
kitoblarni o’qib chiqib, munosib farzand bo’lishga o’zimga so’z beraman. Chunki, 
men buyuk allomalarni dunyoga keltirgan zaminda yashamoqdaman. Bu zamin 
faqat va faqat ziyolilarni dunyoga keltiradi. 

Download 2.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling