9-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2023-2024-yil


Topshiriq: “Mustaqil fikrlashga o`rgatish”. Ogohlik, hushyorlik, ma’naviy tahdid so`zlari


Download 2.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/53
Sana22.10.2023
Hajmi2.47 Mb.
#1715353
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
Bog'liq
9 sinf sinf soati ish reja va konspek (2)

Topshiriq: “Mustaqil fikrlashga o`rgatish”. Ogohlik, hushyorlik, ma’naviy tahdid so`zlari 
bo`yicha fikrlar va g`oyalar olamiga tashrif buyurish. (Sababi, natijasi )  
 
Sana: 
26-mavzu: Milliy urf-odatlarimiz zamonaviy an’analarimiz  (21 mart Navro`z 
munosabati bilan) 
Kun shiori: “Umrimizning har daqiqasi Navro`zga aylansin!”  
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, milliy bayramimiz Navro`zga 
bo`lgan hurmatni, milliy urf-odatlarimizga g`ururni rivojlantirish. 
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. 
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal 
qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish 
layoqatlarini shakllantiradi 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega 
bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi 
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:
shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, 
slaydlar, tarqatma materiallar. 
Doskada:  Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,
Tun – kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.
Alisher Navoiy


 
O`qituvchi: Avvalambor, ota-bobolarimizdan qolgan qadriyatlarimizga amal 
qilib, bizni shu mo`tabar kunlarga – yangi yilga, Navro`z ayyomiga yetkazgani 
uchun Yaratganimizga shukrona va hamdu sanolar aytishimiz darkor. 
O`zining buyuk fazilatlariga hamisha sodiq bo`lib, murakkab sinov davrlarida 
ham Navro`zdek noyob urf-odatini ko`z qorachig`iday asrab, e’zozlab kelgan 
ajdodlarimizga har qancha tasannolar aytsak arziydi, albatta. 
Asrlar bo`yi, ming yillar davomida Navro`zi olam xalqimizda, har bir oilada, har 
bir xonadonda eng orziqib kutiladigan xursandchilik, go`zallik va nafosat kuni, 
bahor faslini namoyon qiladigan bayram bo`lib kelmoqda. 
Navro`z – tabiatning uyg`onish, yasharish fasli. Tabiat uyg`onar ekan, inson ruhi 
ham yangilanadi. Shu bilan birga inson bilagiga kuch, yuragiga yangi intilish
hayotiga yangi umid va orzular kirishi tabiiydir. 
Barchamizning ezgu niyatimiz – yurtimiz tinch va obod, dasturxonimiz to`kin va 
barakali bo`lsin, oilamiz va farzandlarimiz, yoru birodarlarimiz sog`-salomat, 
baxtli-saodatli bo`lsin. 
Tinchlik barqaror bo`lgan yurtga bayram yarashadi. Halovatli elning bahori ham, 
yozi ham, kuzi-yu qishi ham-qo`yingki, har bir kuni fayzli-tarovatli bo`ladi. 
Totuvlik, osudalik bo`lgan joydan balo-qazolar yiroq yuradi.
Navro`z yana bir xislati bilan bizning milliy tabiatimizga yaqin. Shu kunlarda eski 
gina-kuduratlarni, har xil yomonliklarni sedan chiqarish, mehr-oqibatli, muruvvatli 
bo`lish, beva-bechralarning holidan xabardor bo`lish, yetim-yesirlarning ko`nglini 
olish singari, Allohning o`zi el-yurtimizga ato etgan ota-bobolarimizdan meros 
bo`lib kelayotgan fazilatlar ham Navro`zning olijanob mohiyatidir. Umrimizning 
har daqiqasi Navro`zga aylansin! 
Navro`z qiz – juvonlarga alohida ko`rk beruvchi bayramdir. Bayram 
munosabati 
bilan 
ular 
qo`llariga 
xino, 
qoshlariga 
o`sma 
qo`yadilar. 
Arg`imchoqlarda uchishib, turfa o`yinlar o`ynashib, keng yam – yashil dalalarda 
sayr etishib, qizg`in gurunglar qiladilar.
Navro`z bayrami bolalar va o`spirinlar uchun olam – olam quvonch, shodlik 
keltiruvchi tantanadir. Unga yosh bolalar ham, o`smir yigit – qizlar ham alohida 
tabrik bilan keladilar. Ular uchun Navro`z udumlari, an’analari va rasm – rusumlari 
juda qiziqarli bo`lib, diqqat bilan kuzatadilar, o`zlari ham zavq – shavq unda 
ishtirok etishga harakat qiladilar.


O`zbek xalqi asrlar davomida o`ziga xos va xilma-xil urf-odatlar, marosimlarni yaratdi. Bular 
doimiy takrorlanishi va ularga amal qilib kelinishi natijasida vujudga kelgan. Biroq urf-odat va 
marosimlar ham jamiyat taraqqiyoti tufayli o`zgarib, ularning ayrimlari amaliyotdan chiqib 
unutilgan. Turmushga, zamonga qarab, yangi-yangi urf-odatlar va marosimlar kirib, 
takomillashib boradi. Xalqchil odatlar zamonlar osha davr sinovlariga bardosh berib, avloddan 
avlodga o`tib kelmoqda. Asrlar davomida bir makonda aralash yashab kelgan Markaziy Osiyo 
xalqlarining an’analari va urf-odatlarida o`xshashliklar ko`p. Turli tarixiy davrlarda 
O`zbekistonning tub yerli turg`un aholisiga kelib qo`shilgan qabila va elatlar o`rtoqlashib, 
o`zbeklarning udumlarini qabul qilganlar va ayni vaqtda unga o`z hissalarini qo`shganlar. Har bir 
xalqning tarixan tarkib topgan o`ziga xos urf-odatlar va an’analari e’zozlanib, avlodga meros 
qoldiriladi. Shu tariqa avlodlar an’analarni davom ettirib, ularning barqarorligini ta’minlaydilar. 
Ijtimoiy tarbiyaviy ahamiyatga molik odat va marosimlar jamoatchilik boshqaruvida bo`lgan. 
O`zbeklarning an’ana va urf-odatlari tarixan tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo`lib, 
xalqning yashash sharoiti, muhiti natijasida vujudga kelgan.

Download 2.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling