Navro`z Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining qadimiy, an’anaviy
Yangi yil bayrami. Navro`z bayrami bahor oyiga – qishloq xo`jalik ishlarining
boshlanishiga to`g`ri kelgan. Qadim zamonlarda Navro`z kunlari odamlar bir-
birlariga qand hadya qilishgan. Odamlar mehnat orqali erishilgan har bir yutuqdan
ruhlanib, mehnat samarasini tantana bilan nishonlash an’ana tusini olgan.
O`zbekistonda ilgari keng tarqalgan va Navro`z bilan bog`liq marosimlardan yana
biri “Go`ja oshi” yoki “Yil boshi go`ja oshi” deb atalgan. Bu taom xonadonlardan
ixtiyoriy ravishda yig`ilgan har xil masalliq – don, mosh, loviya, no`xat, yog`-
go`shtdan tayyorlangan.
O`zbekiston mustaqilikka erishgach, muhim sanalar bilan bog`liq umumbashariy,
milliy bayramlar bilan bir qatorda Ro`za va Qurbon hayitlari, Navro`z bayramlari
tiklanib, nishonlanib kelinmoqda. Bulardan tashqari respublikamiz, viloyatlarida
turli etnik mazmunga ega qadriyatlarga asoslangan marosimlar xalq sayillari
shakllarida o`tkaziladi. Masalan: “Asrlar sadosi”, “Mingta sunnat, mingta nikoh
to`yi ” , Ro`za oylarida iftorliklar berilayapti. Bular ham zamonaviy
an’analarimizga aylanib bormoqda.
Topshiriq: “Davra suhbati”. Yana qanday milliy urf-odatlarimiz,
marosimlar va an’analarimiz bor.
Sana:
27-mavzu: Amir Temur hayoti bizga o‘rnak (Amir Temur tavallud topgan kun
munosabati bilan).
Kun shiori: “Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Buyuk Sohibqironga bo`lgan
hurmatlarini rivojlantirish, Amur Temur haqida g`urur va iftixor tuyg`ularini
singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal
qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish
layoqatlarini shakllantiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |