91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilishi. Akulalar turkumi, tuzilishi, ko‘payishi va hayotiy jarayonlarining asosiy xususiyatlari. Tikanli akula va kit akula


Download 430.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana10.11.2023
Hajmi430.47 Kb.
#1763597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilis

Hazm qilish sistemasi hazm qilish organlari og'iz bo'shlig'iga olib kiradigan og'izteshigidan boshlanadi. Jag'larda plakoid tangachalaming 
o'zgarishidanhosil bo'lgan konussimon tishlar joylashgan. Og'iz bo'shlig'i halqumgaochiladi. Halqumning ikki yon tomonida jabra yoriqlari 
joylashgan.Halqumga yana sachratqich ham ochiladi. Halqum qizilo'ngachga,qizilo'ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozon ingichka ichakka 
ochiladi, shu joyda oshqozon osti bezi joylashgan. Yo'g'on ichakningdiametri ancha keng va ichida spiral klapani bor. U ichakning so'rishyuzasini 
kengaytirish uchun xizmat qiladi. Yo'g'on ichak kloakaga ochiladi. Tana bo'shlig'ida taloq joylashgan. 
Nafas olish sistemasi Jabralar nafas organlari bo'lib xizmat qiladi. Har bir jabra yorig'i biruchi bilan halqumga, ikkinchi uchi bilan tashqariga ochiladi. 
Jabra teshiklaribir—biridan keng jabralararo to'siq bilan ajralgan va bu yerda jabra yoylarijoylashadi. Jabra yoriqlarining oldingi va keyingi 
devorlarida jabra yaproqlariboshqa baliqlardagi singari ektoderma hisobidan rivojlanadi 
Qon aylanish sistemasiAkulaning yuragi vena sinusi, yurak bo'lmasi va qorinchasi, arterialkonusdan iborat. Arterial konus yurak singari ko'ndalang 
targ'il muskuldan tuzilgan. Konusdan qorin aortasi boshlanadi. Qorinaortasining chap va o'ng tomonidan 5 juft jabraga olib keluvchiarteriyalar 
chiqadi va qon jabrada kislorod bilan to'yinib, arteriya qonigaaylanadi. Arteriya qoni jabradan olib ketuvchi arteriyalarga yig'iladi.Jabradan olib 
ketuvchi arteriyalar juft aorta ildizlariga quyiladi. Aortaildizlari keyingi tomonda o'zaro qo'shilib, gavdaning qolgan barcha qismini arterial qon bilan 
ta’minlaydigan toq orqa aortani hosil qiladi.Venoz sistemasi toq dum venasidan boshlanadi. Bu vena bir juftkeyingi kardinal venalarga bo'linib, 
buyraklarga kiradi va birqanchakapillyarlarga bo'linib, buyrak qopqa sistemasini hosil qiladi Buyraklardanyana bir juft kardinal venachiqib, keyingi 



kardinal venalarga yig'iladi.Gavdaning bosh qismidan venoz qon bir juftoldingikardinal venalargato'planadi. Oldingi va keyingi kardinal venalar 
yurak oldida o'zaroqo'shilib, Kyuve kanalini hosil qiladi va u vena sinusiga ochiladi. Qorinva ichaklardan qon ichak osti venasi bilan jigarga kiradi 
va kapillyarlargatarmoqlanib, jigar qopqa sistemasini hosil qiladi, u yerdan jigar venasichiqib, vena sinusiga quyiladi. 

Download 430.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling