4
64-rasm kitsimon akula
Tikanli akula,
ya'ni katran(Squalis acanthias)eng kengtarqalgan akulalardan biri bo'lib, Qora, Barens, Oq, Yapon va Beringdengizlarida uchraydi.
Arktika va Atlantika suvlarida esa uchramaydi.Bu akula dengizning sohilga yaqinroq joylarida to'da bo'lib ko’chibyuradi. Uzunligi 2 m gacha og'irligi
14 kg gacha keladi. Go'shti mazali bo'lgani uchun ovlanadi. Tikanli akula tirik tuxum qo'yib,ko’payadi
Seldsimon akula(Lamna nasus)Atlantka
okeanining shimoliyqismi, O'rta yer dengizida ko'p
uchraydi, tropik mintaqada uchramaydi.Uzunligi
odatda 1,5 —2,5 m keladi. To'da bo'lib yashovchi baliqlar(seld, sardina, skumbriya) va
boshoyoqli molluskalar bilan oziqlanadi.Tirik tug'ib, ko'payadi. Go'shti uchun ovlanadi.
65-rasm
Seldsimon akula
Arraburun (Oristiophorus japonicas) suv tubida sekinharakatlanuvchi baliq hisoblanadi.
Jag'lari cho'ziq va yassi qilichsimontumshuqqa aylangan. Tumshug'i ikki yonida joylashgan yirik
tishlariikki tomoni tishli arrani eslatadi. Mayda baliqlar hamda suv tubidanuzun tumshug'i
yordamida kovlab oladigan bentos hayvonlar bilanoziqlanadi. Tirik tug'ib, ko'payadi. Tinch va
Hind okeanlaming iliqsuvlarida uchraydi.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Baliqlar yashash sharoitiga qanday moslashgan?
2. Tog‘ayli baliqlar qanday tuzilgan?
3. Akulalar qanday tuzilgan?
4. Akulalar terisidagi tangachalar qanday tuzilgan?
5. Kitsimon akula qanday ko’payadi ?