9
bo'lgan munosabatini va suv havzalaridagi yashash joylarini bilish kerak. Suv muhitida yashash sharoitlarining har xil bo'lishiga qaramasdan,
baliqlarni uchta ekologik guruhga bo'lish mumkin: pelagik, abissal va litoral.
1. Pelagik (ochiq suv muhitida yashovchi) baliqlar suvning yuzasidan boshlab 150-200 m chuqurlikkacha boradigan suv bag'rida yashaydi.
Ularning ko'pchiligi juda ham faol va tez suzadi. Gavdasi uzun duksimon bo'lib, suvda suzib yuruvchi organizmlarni
qidirib topib oziqlanadi
va suv bag'riga yoki suv qirg'oqlariga yaqin sayoz joylarda ko'payadi. Bu baliqlar ochiq suv muhitida yashaganliklari uchun juda tez suzadi.
Pelagik baliqlar ekologik guruhiga akulalar, makrel, lososlar, tunetslar, sardinalar, seldlar, yelkan baliqlar, treskalar, oq sla, siglar va uchar baliqlar
kiradi.
2. Litoral baliqlar guruhi. Bu guruhga kiruvchi baliqlar suv havzalarining qirg'oqlariga
yaqin joyda, ya’ni sohil yaqinida va suv tubi bilan
ma’lum darajada bog'langan holda yashaydi.
Bu yerda ular oziqtopadi, yashaydi, ko'payadi.
Suv tubidagi har xil toshlar, marjon orollaridagi
yoriq kovaklari, suv o‘tlari, qum va balchiqlar bu baliqlar uchun boshpana hisoblanadi. Litoral guruhiga kiruvchi baliqlar kam harakatchan. Bu
baliqlarning tuzilishi va ko‘rinishi ham har xil, ya’ni ba’zilarining gavdasi yapaloq bo'lib, suv tubida yashaydi. Litoral baliqlar guruhiga skatlar,
kambalalar, dengiz shayton baliqlari, dengiz buqacha baliqlar, dengiz kuchukchalari kiradi. Ikki xil nafas oluvchilar ham
shu guruhga kiradi va ular
suvdan tashqarida bir necha oylab uxlab yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: