91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilishi. Akulalar turkumi, tuzilishi, ko‘payishi va hayotiy jarayonlarining asosiy xususiyatlari. Tikanli akula va kit akula


Download 430.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana10.11.2023
Hajmi430.47 Kb.
#1763597
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilis

Baliqlarning ekologiyasi 
Baliqlar barcha tuban xordalilar singari butun umri suvda o'tadi. Ular suvdan chiqarib olinsa, tezda jabralari qurib, bo‘g‘ilib o‘lib qoladi. Kamdan-
kam baliq turlarigina maxsus moslama organlarining bo'lishi bilan suvdan tashqarida bir necha soatgacha tirik tura olishi mumkin.Umuman, hozirgi 
vaqtda yer sharining, ya’ni planetamizning kattaligi 510mln kv km bo‘lsa, shundan 361 mln kv km yoki 71% i okean va dengiz suvlari bilan
qoplangan. Shundan 51% da baliqlar yashaydi. Okeanlarning eng chuqur joylari 11 km ga yetadi. Okeanlarning 3 km dan ortiq chuqur joylari 
barcha dengiz suvlarining taxminan 51—58% ga to‘g‘ri keladi. Yer sharining 2,5 mln kv km gina, ya’ni 0,5% gina ichki suvliklardan 
iborat.Baliqlar baland tog‘lardagi suvliklarda, ya’ni dengiz sathidan 6000 ming in balandlikda ham va okeanlarning 10000 m lik chuqurliklarda ham
yashaydi. Baliqlarning asosiy ekologik guruhlari. Baliqlarning ekologik guruhlarini aniqlash uchun avvalo baliqlarning suvdagi tuz miqdoriga 



bo'lgan munosabatini va suv havzalaridagi yashash joylarini bilish kerak. Suv muhitida yashash sharoitlarining har xil bo'lishiga qaramasdan, 
baliqlarni uchta ekologik guruhga bo'lish mumkin: pelagik, abissal va litoral. 
1. Pelagik (ochiq suv muhitida yashovchi) baliqlar suvning yuzasidan boshlab 150-200 m chuqurlikkacha boradigan suv bag'rida yashaydi. 
Ularning ko'pchiligi juda ham faol va tez suzadi. Gavdasi uzun duksimon bo'lib, suvda suzib yuruvchi organizmlarni qidirib topib oziqlanadi
va suv bag'riga yoki suv qirg'oqlariga yaqin sayoz joylarda ko'payadi. Bu baliqlar ochiq suv muhitida yashaganliklari uchun juda tez suzadi. 
Pelagik baliqlar ekologik guruhiga akulalar, makrel, lososlar, tunetslar, sardinalar, seldlar, yelkan baliqlar, treskalar, oq sla, siglar va uchar baliqlar
kiradi.
2. Litoral baliqlar guruhi. Bu guruhga kiruvchi baliqlar suv havzalarining qirg'oqlariga yaqin joyda, ya’ni sohil yaqinida va suv tubi bilan 
ma’lum darajada bog'langan holda yashaydi. Bu yerda ular oziqtopadi, yashaydi, ko'payadi. Suv tubidagi har xil toshlar, marjon orollaridagi 
yoriq kovaklari, suv o‘tlari, qum va balchiqlar bu baliqlar uchun boshpana hisoblanadi. Litoral guruhiga kiruvchi baliqlar kam harakatchan. Bu
baliqlarning tuzilishi va ko‘rinishi ham har xil, ya’ni ba’zilarining gavdasi yapaloq bo'lib, suv tubida yashaydi. Litoral baliqlar guruhiga skatlar, 
kambalalar, dengiz shayton baliqlari, dengiz buqacha baliqlar, dengiz kuchukchalari kiradi. Ikki xil nafas oluvchilar ham shu guruhga kiradi va ular 
suvdan tashqarida bir necha oylab uxlab yotadi. 

Download 430.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling