8
iqlimlashtirilgan (68-rasm).
Panjaqanotlilar (Crossopterygii) turkumi. Panjaqanotlilar skeleti va suzgichl arining tuzilishi quruqlikda yashaydigan umurtqalilar oyoqlariga
o‘xshab ketadi. Bu turkumning yagona vakili – latimeriya Hind okeanining Afrika sohili yaqinidan topilgan. Uni o‘rganish quruql ikda yashovchi
umurtqali hayvonlarning kelib chiqishini tushuntirishda katta ahamiyatga ega.
69-rasm Latimeriya
Baliqlarning ahamiyati. Baliq go‘shti va ikrasi xushta’m taom hisoblanadi. Ayniqsa, osetrsimonlar va losossimonlar go‘shti va ikrasi qadrlanadi.
Jahon bo‘yicha har yili 50 mln tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Baliqlarning asosiy qismi dengizlardan ovlanadi. Baliq ovlash uchun maxsus kemalar
– traulerlardan foydalaniladi. Baliqchilik sanoati chiqindilaridan chorva mollari uchun baliq uni, qishloq xo‘jaligi uchun o‘g‘it ishlab chiqariladi.
Baliq moyi farmatsevtikada vitaminli dori hisoblanadi. O‘zbekistonda baliqlar ichki suv havzalaridan ovlanadi. Zog‘ora, oq amur, oqcha, xumbosh,
oq sla, ilonbosh asosiy ovlanad igan baliqlar hisoblanadi.Tabiiy sharoitda baliqlar uvildirig‘i va chavoqlari ko‘plab nobud bo‘ladi. Shuning uchun
baliqlar maxsus zavodlarda urchitilib, tabiiy suv havzalariga qo‘yib yuboriladi. Baliqlarni boshqa suv havzalariga ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Uzoq
Sharq daryolaridan respublikamizdagi
suv havzalariga oq amur, xumbosh, ilonbosh kabi baliqlar olib kelib, iqlimlashtirilgan.o‘tgan
baliqlardan
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: