Ayirish sistemasi-ayirish organi bo'lib tana buyragi —mezonefros xizmat qiladi.Chiqaruv yo'llari vazifasini Volf kanallari bajaradi va kloakaga
ochiladi.
Ko’payishiUrg'ochisining tuxumdoni tuxum yo'li bilan qo'shilmagan. Tuxum yo'likloakaga ochiladi. Urg'ochilarining jinsiy va ajratish yo'llari bir
—biri bilan qo'shilmagan. Juft urug'donining kanallari buyrakning oldingibo'limi bilan qo'shilgan. Urug'don kanallari buyrak orqali o'tib,
Volfkanallariga quyiladi. Shunday qilib, erkaklarida Volf kanallari ham siydikyo'li, ham urug' yo'li vazifasini bajaradi. Volf kanallari ham
kloakagaochiladi. Ayrim jinsli, urug'lanish ichki. Ayrim turlari tirik tug'adi.
Akulalar turkumi. Akulalar ancha yirik, tanasi torpedasimon, dum suzgichi juda kuchli rivojlangan. Terisini qoplab turgan tangachalari
haqiqiy suyakli baliqlarnikidan batamom farq qiladi. Ularning tangachalari qalin va yirik plastinkalardan iborat bo‘lib, har qaysi tangacha ustida
sirtdan emal bilan qoplangan tishsimon o‘simtasi bo‘ladi. Akula jag‘ida bunday o‘simtalar tishlarga aylanadi. Barcha umurtqali hayvonlar, shu
jumladan, odamlarning tishlari ham akulalarn ikiga o‘xshash tuzilgan. Akulalar juda serharakat yirtqich baliqlar bo‘lib, ancha yirik hayv onlarga,
shu jumladan, cho‘milayotgan odamga ham hujum qiladi. Ko‘pchilik akulalar tirik tug‘adi, ba’zi turlari tuxum qo‘yib ko‘payadi.Akulalarning
kattaligi har xil bo‘lgan 250 turi ma’lum. Ular orasida uzunligi 40–45 sm bo‘lgan tikanli akula eng kichigi, uzunligi 15 m keladigan gigant akula
yoki 18 m ga yetadigan kit akulasi eng yirik hisoblanadi. Lekin bunday bahaybat akulalarning tishlari juda mayda bo‘lib, ular mayda qisqichb
aqasimonlar va baliqlar bilan oziqlanadi.Tog'ayli baliqlar sinfiga 650 dan ortiq tur kiradi va ular ikkita kenja sinfga bo'linadi: 1. Plastinka jabralilar
kenjasinfi; 2. Yaxlit boshlilar kenja sinfi. Plastinka jabralilarkenja sinfi o'z navbatida ikkita turkumni, ya'ni Akulalar va Skatlarni o'z ichiga oladi.
Bular suvda yaxshi suzadi va yirtqichlik bilan hayot kechiradi. Bo'yi 5 m gacha boradigan Atlantika va Tinch okeanlarda yashaydigan ko'k akulani,
15 -20 m gacha boradigan kitsimon vagigant akulalami, Qora dengizda yashaydigan 1 m gacha boradigan tikanli akulalarni ularning vakili sifatida
olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |