91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilishi. Akulalar turkumi, tuzilishi, ko‘payishi va hayotiy jarayonlarining asosiy xususiyatlari. Tikanli akula va kit akula


-mavzu Skatlar turkumi, tashqi tuzilishi. Elektr skati va mantaning hayotiy jarayonlari xususiyatlari


Download 430.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana10.11.2023
Hajmi430.47 Kb.
#1763597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilis

92-mavzu Skatlar turkumi, tashqi tuzilishi. Elektr skati va mantaning hayotiy jarayonlari xususiyatlari. 
 
Skatlar turkumi. Skatlarning tanasi yassi, rombsimon yoki disksimon bo‘lib, suv tubida yashashga moslashgan. Dum suzgichi ingichka xivchinga 
aylangan. Skatlar yassi tanasi bilan tutashib ketgan ko‘krak suzgich qanotlarini to‘lqinsimon tebratib asta-sekin suzadi. Ayrim skatlarning maxsus 
himoyalanish a’zosi, masalan, dumining asosida zaharli shilimshiq modda bilan qoplangan tikani bo‘ladi. Tropik dengizlarda uchraydigan elektr 
skatlarda 70 Vt kuchlanishli elektr zaryadi hosil qiladigan a’zosi ham bo‘ladi. Skatlar zaharli nayzasi yoki elektr zaryadi yordamida o‘z o‘ljasini 
falajlaydi yoki dushmanini qochishga majbur qiladi. Skatlar boshqa ko‘pchilik tog‘ayli baliqlar singari tirik tug‘adi. Ular kam pushtli bo‘lib, bitta 
urg‘ochi skat 1–3 tadan 20–30 tagacha nasl beradi. Ko‘pchilik skatlar dengiz tubidagi mollyuskalar bilan oziqlanadi. Faqat eng yirik, bahaybat 
manta suv qa’ridagi mayda qisqichbaqasimonlar va baliqchalar bilan oziqlanadi. Skatlarn ing 350 ga yaqin turi mavjud. Ba’zi turlari vitaminli yog‘i 
uchun ovlanadi. 
Skatlar (Batomorpha) turkumi vakillarining tanasi yassilashgan,keng disksimon yoki rombsimon shaklda bo'ladi. Uzunligi bir necha smdan 6 —7 m 
gacha, og'irligi 2,5 t gacha keladi. Terisi yalang'och,jabra teshiklari 5 juft bo'lib, qorin tomonida joylashgan. Ko'krak vaqorin suzgichlarining cheti 
boshi va tanasining yon tomoni bilantutashib ketgan. Orqa suzgichlari dum tomonida bo'ladi yoki bo'lmasligi ham mumkin. 
66-rasm. Tog‘ayli baliqlar: 1 – akula; 2 – dengiz tulkisi – skat baliq;
3 – tikandum skat 



Skatlarning anal, aksariyat hollarda dum suzgichlari hambo'lmaydi, ko'krak suzgichlari juda kengayib borgan. Yassi ortodentintipida tuzilgan tishlari 
kuchli qirg'ichni hosil qiladi. Aksariyat turlarisuv tubida, ayrim turlari (mantasimonlar, tikandumlilar) suv qa'ridahayot kechiradi. Asosan dengizlarda, 
deyarli barcha mintaqalardabirmuncha sayozlikdan 2700 m chuqurlikkacha hayot kechiradi.Ayrim turlari tropik daryolarda (Amazonka va boshqa 
daryolarda)uchraydi. Bentos organizmlar bilan oziqlanadi yoki yirtqich hayotkechiradi. Tirik tug'adi yoki tirik tuxum qo'yib ko'payadi. Faqat rombo 
skatsimonlar suv tubiga yirik tuxum qo'yadi. Skatlarning 350dan ortiq turi bor. 
Elektr skatlar (Torpedinidae) ta n a si y u m a lo q , tum sh u g'i(rostru m i)b o‘lm aydi. Dumi kalta, suzgichlari sferik shaklda. Tanasining
ikki yonida ko'krak suzgichlari bilan boshi oralig'ida elektr organi joylashgan. Bu organ shaklan o’ zgargan muskul to’qimasidan iborat. Har 
bir elektr organi vertikal joylashgan teri katakchalariga o'xshaydigan yuzlab ustunchalardan iborat. Ustunchalarning orasi g'ovak to'qima bilan 
to'lgan. Har bir ustuncha elektr batareyasiga o'xshash quyuq modda bilan to'ldirilgan 350 -400 diskdan iborat. Skat hosil qilgan elektr razryadi 8 
voltdan 220 voltgacha yetadi. Elektr skatlar dengiz tubida kam harakat qilib yashaydi. Hamma okeanlarning subtropik va tropik qism ida 
uchraydi. 

Download 430.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling