91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilishi. Akulalar turkumi, tuzilishi, ko‘payishi va hayotiy jarayonlarining asosiy xususiyatlari. Tikanli akula va kit akula


Download 430.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana10.11.2023
Hajmi430.47 Kb.
#1763597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilis

Kitsimon akula (Rhincodon typus)hozirgi baliqlarning eng yirigihisoblanadi. Uning boshi kichik, og'zi boshining uchida joylashgan.Mayda baliqlar 
va plankton bilan oziqlanadi. Atlantika, Hind va Tinchokeanlarining subtropik va tropik qismida tarqalgan. Tuxum qo'yib,ko'payadi. 



 
 
 
64-rasm kitsimon akula 
Tikanli akulaya'ni katran(Squalis acanthias)eng kengtarqalgan akulalardan biri bo'lib, Qora, Barens, Oq, Yapon va Beringdengizlarida uchraydi. 
Arktika va Atlantika suvlarida esa uchramaydi.Bu akula dengizning sohilga yaqinroq joylarida to'da bo'lib ko’chibyuradi. Uzunligi 2 m gacha og'irligi 
14 kg gacha keladi. Go'shti mazali bo'lgani uchun ovlanadi. Tikanli akula tirik tuxum qo'yib,ko’payadi 
Seldsimon akula(Lamna nasus)Atlantka okeanining shimoliyqismi, O'rta yer dengizida ko'p uchraydi, tropik mintaqada uchramaydi.Uzunligi 
odatda 1,5 —2,5 m keladi. To'da bo'lib yashovchi baliqlar(seld, sardina, skumbriya) va 
boshoyoqli molluskalar bilan oziqlanadi.Tirik tug'ib, ko'payadi. Go'shti uchun ovlanadi. 
65-rasm Seldsimon akula 
 
Arraburun (Oristiophorus japonicas) suv tubida sekinharakatlanuvchi baliq hisoblanadi. 
Jag'lari cho'ziq va yassi qilichsimontumshuqqa aylangan. Tumshug'i ikki yonida joylashgan yirik 
tishlariikki tomoni tishli arrani eslatadi. Mayda baliqlar hamda suv tubidanuzun tumshug'i 
yordamida kovlab oladigan bentos hayvonlar bilanoziqlanadi. Tirik tug'ib, ko'payadi. Tinch va 
Hind okeanlaming iliqsuvlarida uchraydi. 
Mustahkamlash uchun savollar
1. Baliqlar yashash sharoitiga qanday moslashgan? 
2. Tog‘ayli baliqlar qanday tuzilgan? 
3. Akulalar qanday tuzilgan? 
4. Akulalar terisidagi tangachalar qanday tuzilgan? 
5. Kitsimon akula qanday ko’payadi ? 




Download 430.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling