91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilishi. Akulalar turkumi, tuzilishi, ko‘payishi va hayotiy jarayonlarining asosiy xususiyatlari. Tikanli akula va kit akula


Download 430.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana10.11.2023
Hajmi430.47 Kb.
#1763597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilis

Oddiy elektr skat (Torpedo marmorata) Atlantikaning sharqiy sohillarida va O'rta yer dengizida keng tarqalgan. Tog'ayli baliqlar dunyo 
miqyosida ushlanadigan baliqlarning 1,5 — 2 foizini tashkil etadi. Avstraliya va Yaponiyada ko'pchilik tog'ayli baliqlar ozuqa sifatida
ishlatiladi.Akulaning jigaridan vitamin "A"ga boy bo'lgan baliq yog'i olinadi. Bulardan tashqari, akula va skatlaming terisidan poyabzal va 
galantereiya mahsulotlari tayyorlanadi. 
T o p s h i r i q l a r g a j a v o b b e r i n g v a b i l i m i n g i z n i b a h o l a n g  
 
93-mavzu Suyakli baliqlarning asosiy turkumlari. Bakralar, ya'ni suyak tog‘ayli baliqlar turkumi. Losossimonlar turkumi. 
 
Bakra, ya’ni tog‘ay- suyakli baliqlar( Chondrostei) turkumi. Bu turkumga mansub baliqlarning xiрcha va cho‘ziq tanasi bo‘ylab orqa, yon va 
qorin tomonida 5 qator romb shaklidagi suyak plastinkalar joylashgan (67-rasm). Boshining oldingi tomoni uzun tumshuqni hosil qiladi. Og‘iz teshigi 
boshining ostki tomonida joylashgan. Skeleti, asosan, tog‘aydan iborat, lekin bosh qutisi suyak bilan qoplangan. O‘q skeleti xordadan iborat bo‘lib, 
butun hayoti davomida saqlanib qoladi.O‘rta Osiyo suv havzalarida suyak-tog‘ayli baliqlardan bakra baliq va soxta kurakburun uchraydi. Sirdaryo 
va Amudaryoning quyi va o‘rta oqimlarida yashaydigan bakra baliqning uzunligi 2 m gacha, og‘irligi 30 kg gacha boradi. Amudaryo etaklarida va 
uning o‘rta oqimlarida soxta kurakburun (qilquyruq) balig‘i tarqalgan. Uning uzunligi 75 sm gacha, og‘irligi 2 kg gacha boradi, mayda baliqlar va 
hasharotlarning qurtlari bilan oziqlanadi. Soxta kurakburun noyob tur sifatida muhofaza qilinadi. 



67-rasm. Bakra baliqlar: 1 – bakra; 2 – beluga; 3 – sterlyad; 4 – Amudaryo qilquyrug‘i 
Losossimonlar (Sahnoniformes)turkumi.Losossimonlarga o‘q skeleti va bosh qutisi qisman suyakka aylangan baliqlar kiradi. Orqa suzgichi ortida 
yana bitta suzgichi bo‘ladi. Ko‘pchilik turlari ko‘payish davrida dengizlardan chuchuk suvlarga o‘tadi. Dengizlarda yashovchi losos, keta, bukri baliq 
(gorbusha) ham shu turkumga kiradi. Sirdaryo va Amudaryoda gulmoyi, ya’ni forel ham tarqalgan. 

Download 430.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling