2
umurtqalarning yon tomonlariga qovurg'alar birlashadi.Qovurg'alar tanani ustki va yon tomonlaridan qoplab turadi.Bosh skeleti 2 bo'limdan: miya
qutisi va visseral skeletidan tashkil topgan. Miya qutisi eshitish, ko'rish va hidlash organlari, tog'aykapsulalari hamda qazg'ich burun skeletlaridan
tashkil topgan bo'lib,bu kapsulalar bosh miyani hamma tomondan himoya qilib turadi.Visseral
skelet jabra yoyi,
til osti yoyi, va jag'
yoylaridan
tuzilgan.Juft suzgichlari skeleti suzgich va erkin kamar suzgichlari skeletidantashkil topgan. Ko'krak suzgichlari
kamari yoki yelka kamari
akulagavdasini ikki yonidan va pastki tomonidan o'rab oladigan yaxlit tog'ay yoyidan iborat. Yoyning o'rtasida birikish yuzasi bo'lib, unga
erkinsuzgich skeleti birikadi.Ko'krak suzgichlari erkin skeleti 3 bo'limdan iborat. Ko'krak suzgichlarikamariga tegib turgan qismi uchta tog'ay
bazaliyalardan, bazaliyalargabirikkan tayoqchasimon radialiyalardan va bularga birikkan uzun elastikiplardan tashkil topgan. Qorin suzgichlari kamar
skeleti yoki chanoq kamaritayoqchasimon tog'aydan iborat. Qorin suzgichlari erkin skeletidan faqat bitta bazaliya bo'ladi. Bazaliyaning tashqi chetiga
radialiyalar birikadi.
Nerv sistemasi va sezgi organlari bosh miyasi nisbatan katta. Nerv moddasi oldingi miya yarim sharlarining tagida, yon tomonlarida va, hatto,
qopqog'ida ham bo'ladi. O'rta miyayaxshi rivojlanmagan, miyachasi yirik. Juft ko'zlari tipik tuzilgan, shoxpardasi yassi, ko'z gavhari sharsimon bo'lib,
ustki va pastki qovoqlari yo'q.Eshitish organi uchta yarim naysimon kanaldan tuzilgan ichki quloqdaniborat. Yon chiziq organlari teri ostiga o'rnashib,
yon chiziq kanalini hosilqiladi. Hid bilish xaltachalari juft bo'lib, ichki uchi berk bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: