9sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo’lib o’tgan 1- sonli pedagogik kengash bayonnomasi


Download 30.8 Kb.
bet1/2
Sana07.03.2023
Hajmi30.8 Kb.
#1243859
  1   2
Bog'liq
avgust ped kenash




9sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo’lib o’tgan
1- sonli pedagogik kengash bayonnomasi.

2020 yil avgust





Qatnashdilar:



direktor, uslubchi, barcha gurux tarbiyachilari, musiqa raxbari, jismoniy tarbiya yo’riqchisi va til o’qituvchisi

Kengash raisi:



____________



Kotiba:

_____________



KUN TАRTIBI:



  1. Maktabgacha ta’lim tashkilotning 2021-2022 o’quv yili davomida olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot va 2022-2023 o’quv yili uchun belgilangan asosiy vazifalar asosida tuzilgan yillik ish rejasini muxokama kilish va tasdiqlash.

  2. MTTning quyidagi ichki me’yoriy xujjatlarini tasdiqlash:

  • MTT ijodiy guruxini tasdiqlash;

  • MTT yosh guruxlarini kun tartibi va faoliyat jadvalini tasdiqlash;

  • Barcha yosh guruxlari bo’yicha ish rejaning yuritish tartibini tasdiqlash;

  • Pedagogik kengash kotibasin tasdiqlash;



Ma’sul: tashkilot direktori Isamudinova N

2 . Tashkilotining mehnat tartibi va lavozim yo’riqnomalari bilan tanishtirishda hamda guruhlar kesimida hodimlarni tasdiqlash “Ustoz Shogird “ maktabi jadvali hamda pedagogic kengashni yangi takibini saylash


Ma’sul: tashkilot direktori Isamudinova N


Pedagogik kengashni kengash raisi Isamudinova N ochdi. Pedagogik kengash qatnashchilarini Mustaqillik bayramining 30 yilligi hamda yangi o’quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi va bugungi kengash kun tartibi bilan tanishtirdi.
Kun tartibining birinchi masalasi, ya’ni 2021-2022o’quv yili natijalari bo’yicha hisoboti hamda 2021-2022 o’quv yilining asosiy vazifalari asosida tuzilgan tashkilotning yillik ish rejasi muhokamasi va uni tasdiqlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida to’xtalib o’tildi. Jumladan, tarbiyalanuvchilar soni ko’payganligi sababli ularni moddiy jihozlar bilan ta’minlash ishlari olib borilganligi;
yil davomida bolalarda uchragan kasalliklar taxlil qilinganda yuqumli kasalliklar aniqlanmaganligi;
sobiq tarbiyalanuvchilarning maktabdagi davomati va bilim darajasi talab darajasida ekanligi;
maktabgacha ta’lim tashkilotida davlat talablari ____ foizga bajarilganligi;
ota-onalar, maktab va maxalla hamkorligidagi ishlar reja asosida amalga oshirilganligi;
Ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligi oshirilganligi bu borada 4 yo’nalishda yo’l xaritasi belgilanib bajarilgan ishlar to’g’risida oyma oy xisobotlar yig’indisi sektorlarga taqdim etib borilganligi;
Kitob madaniyatini rivojlantirish bo’yicha 2022- yil aprel- may oylarida tashkilotda “kitobxonlik kunlari” va kitob aksiyalari o’tkazilganligi;
Ommaviy sportga axamiyat kuchaytirilganligi xodimlar o’rtasida har kungi badan tarbiya mashqlari va sport tadbirlari o’tkazib borilganligi;
Davlat tili to’g’risidagi qonun to’liq bajarilganligi;
Iste’dodli bolalarni aniqlash maqsadida 2022- yil 24- iyun kuni tashkilotda ko’rik tanlov o’kazilganligi;
Maktabgacha ta’lim soxasiga oid xuquqiy-me’yoriy xujjatlar ijrosi o’z vaqtida bajarilganligi;
Pedagoglar kasbiy mahoratini oshirish yuzasidan amaliy seminarlar, mahorat maktabi, “Ustoz-shogirt” harakati yil davomida muntazam olib borilganligini aytib yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham sodir etilganligini bayon qildi.
Jumladan tarbiyachilar ish jurnalini yozishda imlo xatolariga yo’l qo’yilganligi, so’zlarni qisqartirib yozish xolatlari uchraganligi, pedagoglar tomonidan birorta ham uslubiy qo’llanma, mashg’ulot ishlanmalari tayyorlanmaganligi, o’z ustilarida yangilikka intilib ishlamaganliklari aytib bu yilgi o’quv yilida sifat va rivojlanishga ahamiyat berishimiz talab etildi.
Bundan tashqari ta’lim-tarbiya jarayonida “Ilk qadam” davlat o’quv dasturini to’liq qo’llanilganligi, tarbiyachilarning malaka oshirish kurslariga borganligi, kursdan keyingi ishlar, hisobotlar yuritilganligi;
yozgi sog’lomlashtirish oylari davomida sport musobaqalari, sport ko’ngil xushliklari, “Biz yosh sportchilarmiz”, “Yosh futbolchilar kuni” ko’rik tanlovlari, “Musiqiy xordiq”nomli dasturi o’tkazilganligi, g’olib bolalar va ota-onalarga sovg’alar taqdim etilganligi haqida gapirib o’tdi.
Shundan so’ng hisobot yuzasidan kengash ishtirokchilari va a’zolariga so’z berildi. So’zga chiqdi tarbiyachi___________________ o’quv yili davomida haqiqatdan qator ijobiy ishlar amalga oshirilganligi, guruxidagi kichik yoshli bolalar uchun kerakli jixozlardan, ta’limiy va harakatli o’yinlardan keng foydalanganligi, bolalar moslashuvi uchun qator she’rlar to’plamlari, katta xajmdagi o’yinlar tayyorlanganligi, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik davrida bir qancha o’yinlar yasaganliklari, xamshira _________________ bolalarni sog’lomlashtirish bo’yicha olib borilgan ishlar, ovqatlantirish va kasalliklar taxlili bo’yicha o’z fikrlarini bildirdilar.
Kengash raisi so’zga chiqqanlarga o’z tashakkurini bildirdi va birinchi masalaning ikkinchi bandi, ya’ni 2021-2022 o’quv yili ish rejasi bilan tanishtirdi. O’tgan o’quv yilidagi kamchiliklarni bartaraf etish, maktbgacha ta’lim tashkilot tomonidan qabul qilingan yillik vazifalar asosida tuzilgan yillik ish reja bilan tanishtirdi.
Аsosiy vazifalar bilan bir qatorda maktab, mahalla, ota-onalar bilan ishlash, ma’naviy –ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, “Ilk qadam” davlat o’quv dasturini har bir tarbiyachi tomonidan chuqur o’zlashtirilishi, tarbiyalanuvchilar tomonidan davlat talablarining bajarilishini ta’minlash, bola kuni va davomatini ko’tarish, kasalliklarni oldini olish profilaktikasini olib borish, sog’lomlashtirish muolajalarini reja asosida tashkil etish, yosh tarbiyachilarga maslahat kechalarini tashkil etish, byudjet tomonidan ajratilgan mablag’larni o’z o’rni va o’z vaqtida sariflash, xo’jalik va moliyaviy ishlar, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish masalalari yillik ish rejada o’z aksini topganligi haqida axborot berdi.
Tashklotda o’yin faoliyatiga e’tiborni kuchaytirilishi va bolalar o’rtasida sport musobaqalari, ota-onalarni tashkilotining barcha tadbirlarida biron yangilik bilan ishtirok etishini ta’minlanishi haqida so’zladilar.
Yuqoridagilarga asoslanib,birinchi masala yuzasidan kengash
Qaror qiladi:
1.Tashkilot rahbarining 20201-2022 o’quv yili natijalari yuzasidan bergan hisoboti ahborot uchun qabul qilinsin.
2. Tashkilot uslubchisiga Yarkulova Nga:
2021-2022 o’quv yilida amalga oshirilmagan ishlar 2022-2023 o’quv yilning birinchi yarim yilligida bartaraf etilsin.
2022-2023 o’quv yili asosiy vazifalari asosida tuzilgan yillik ish rejasi pedagogik kengash muhokamasidan o’tgan va ma’qullangan deb topilsin.
2022-2023 o’quv yili ish rejasida belgilangan vazifalar o’z vaqtida bajarilishi ta’minlansin.
O’quv yili davomida tarbiyachilarni yuritilishi lozim bo’lgan barcha hujjatlarni o’rnatilgan tartibda yuritish vazifalari yuklatilsin.

Kengash kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan, ya’ni “Maktabgacha ta’lim tashkilotining guruhlarida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik mavzusida tarbiyachilarning ijodiy hisobotlari” haqida ishchi guruh a’zosi gaprib o’tdi. U o’z so’zida barcha guruh tarbiyachilari yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rilgani, mavzuli rejalar asosida ko’rgazmalar, tarqatma materiallar tayyorlanganligi xaqida so’zladi.


Shundan so’ng pedagoglar bilan “Maktabgacha ta’lim tashkilotining guruhlarida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik mavzusida tarbiyachilarning ijodiy hisobotlari” yuzasidan tashkilot tarbiyachilaridan o’z fikrlarini bildirdilar.
Tashkilot yosh guruxlari uchun tuzulgan kun tartibi hamda faoliyat jadvali o’qib eshittirildi. Tinglovchilar tomonidan ma’qullandi. Pedagogik kauching nomzodi ko’rsatildi va tasdiqlandi.
Yuqoridagilarga asoslanib, kengash ushbu masala yuzasidan
Qaror qiladi:
1.“Maktabgacha ta’lim tashkilotining guruhlarida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik mavzusida tarbiyachilarning ijodiy hisobotlari” ma’lumot uchun qabul qilinsin:
2. Tashkilot yosh guruxlari uchun tuzulgan kun tartibi hamda faoliyat jadvali tadiqlansin.
“Ustoz-Shogird”nomzodi tasdiqlansin Tashkilot yosh guruxlari uchun tuzulgan kun tartibi hamda faoliyat jadvali o’qib eshittirildi. Tinglovchilar tomonidan ma’qullandi.
3. Barcha gurux tarbiyachilariga:
o’quv yili davomida tarbiyachilarni yuritilishi lozim bo’lgan barcha hujjatlarni o’rnatilgan tartibda yuritish;
joriy yilning 30 oktyabriga qadar guruhdagi rivojlanish markazlari uchun ta’limiy o’yinlar tayyorlash, tabiat burchaklarini jihozlash ishlarini yakunlash vazifalari yuklatilsin.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan tashkilot direktori quyidagilarni ma’lum qildi.
Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi 128-sonli buyrug’ini matnini o’qib berish uchun tarbiyachi ________________ navbat berildi.
__________________ buyruq matni va unga ilova qilingan 3 ta nizom matnlarini to’liq o’qib berdi

Download 30.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling