Malakaviy amaliyotning oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
Yangi materiallarni va ularni olish texnologiyalari, detallar sifatini nazorat
qilish usullari, mashinasozlikda qoʼllaniladigan metall materiallar bilan tanishish,
mashinasozlikda ishlatiladigan turli nometall materiallar va ularning turlari haqida
tasavvurga ega boʼlish, yangi materiallar olishni oʼziga xos texnologiyalari,
zamonaviy quymakorlik, payvandlash, kompozitsion qatlamlarni qoplash va kukun
metallurgiyasi usullarida yangi materiallar olish va ularni tahlil qilish, material,
xomaki mahsulot, detallarni makro, mikro va mayin strukturalarini tadqiqot
qilishning zamonaviy uslublari bilan tanishish, mashinasozlikda qoʼllaniladigan
metall materiallarni tarkibi, tuzilishi, xossasi, ishlatilishi va markalanishi haqida
tushuncha va tasavvurlarga ega bo’lish, yangi materiallarni ishlatilish joyiga qarab
mashinasozlik sohalari uchun tanlab, ishlatilishga tavsiya qilish ko’nikmasiga ega
bo’lish,
shu jumladan ularni ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida nazorat
qilishni o‘rganish, zamonaviy materialshunoslikning texnologik qurilmalari bilan
tanishishdir. Korxonalarda boshqaruvni tashkil etish usul va uslublarini o‘rganish va
boshqalar.
Shu jumladan zamonaviy amaliyotning vazifalariga quyidagilar kiradi:
Turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot
va materialshunoslik sohasi bo‘yicha bajarilayotgan ilmiy ishlar bilan tanishish;
Talabalarda tanlagan mutaxassisligiga qiziqishni, ishlab chiqarish korxonalarida
ishlayotgan ilmiy xodimlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatiga
chuqur hurmat hislari, yuqori intizomiy tartiblikni, vazifalarni bajarishda
javobgarlikni shakllantirish, jamoada ishlay olish ruhida tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |