2.2. KORXONADAN TAYINLANGAN AMALIYOT RAHBARINING
MAJBURIYATLARI:
Korxona tomonidan tajribali mutaxassislardan biri rahbar etib tayinlanadi va
bu tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Korxona tomonidan tayinlangan rahbarning majburiyatlari:
• kafedra tomonidan tayinlangan rahbar bilan hamkorlikda talabaning amaliyot o‘tash
bo‘yicha tuzgan shaxsiy ish rejasini ko‘rib chiqish;
• talabani ish joyi bilan ta’minlash va ish vaqtidan unumli foydalanishi, o‘z
vaqtida amaliyotga qatnashishini nazorat qilish;
• amaliyot dasturini to‘liq bajarilishida amaliy yordam ko‘rsatish;
• har bir bo‘lim va mavzu bo‘yicha ish boshlashdan oldin talaba bilan suhbatlashish
va bu bo‘limda qilinadigan ishlar muddati, bundan tashqari alohida ishlarni
bajarishda va o‘rganish jarayonida barcha savollar bo‘yicha maslahat berish;
• dasturga kiritilgan savollarni to‘liq o‘rganishni talab qilish;
• amaliyot kundaligidagi yozuvlarni nazorat qilish va ularning to‘g‘riligini
tekshirib, imzo qo‘yish;
• amaliyot tugagach talabaning amaliyot natijalari bo‘yicha yozma hisobotiga
xulosa berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |