1.3. AMALIYOTNI O‘TASH DAVRIDA TALABANING
MAJBURIYATLARI:
• amaliyotni belgilangan ta’lim muassasasi yoki korxonada dasturga muvofiq o‘tash;
• universitet va korxona tamonidan tayinlangan rahbar bilan maslahatlashgan holda
dastur bo‘yicha ishchi rejasini tuzish;
• qat’iy belgilangan muddatlarda ishlab chiqarish amaliyotini dastur asosida
o‘tkazish;
• kundalikda belgilangan tartibda har kunlik bajarilgan ishni yozib borish va korxona
tomonidan belgilangan rahbarlar imzosi bilan tasdiqlatish;
• korxona xodimlari uchun o‘rnatilgan ish tartibiga va mehnat
qonunchiligiga rioya etish;
• ishlab chiqarish amaliyotiga qatnasha olmagan kunlari uchun korxona tomonidan
tayinlangan amaliyot rahbariga yozma tushuntirish yoki ma’lumotnoma taqdim
etish;
• har shanba kunlari kafedra tomonidan tayinlangan rahbarlardan yoki kafedra
o‘qituvchilaridan amaliyot o‘tash va amaliyot bo‘yicha hisobotni tayyorlash bo‘yicha
tegishli maslahatlar olish;
• ishlab chiqarish amaliyoti o‘tash jarayonida korxona ma’lumotlari asosida hisobot
yozish va bu hisobotni belgilangan muddatlarda kafedraga topshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |