A. A. Eshbekov SamDU, «Qattiq jismlar fizikasi» kafedrasi dotsenti, f m. f n


Download 292.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana08.01.2022
Hajmi292.8 Kb.
#243757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Malakaviy amaliyot. 205.

JAMI: 

144 s 

 

Amaliyotni  o‘tash  uchun  talaba  tomonidan  «Amaliyotni  o‘tash  kundaligi» 



ochiladi.  Kundalikda  talaba  har  ish  kunida  amaliyot  rejasiga  kiritilgan  mavzular 

bo‘yicha  qilingan  ishlarni  yozib  boradi.  Har  kunlik  qilingan  ishni  haqiqatda 

bajarilganligi  amaliyotga  tashkilot  tomonidan  berkitilgan  rahbar  tomonidan 

tasdiqlanadi. 



 

 

 

2. AMALIYOT RAHBARLARI VA AMALIYOTCHINING 

MAJBURIYATLARI 

 

2.1. KAFEDRADAN TAYINLANGAN AMALIYOT RAHBARINING 

MAJBURIYATLARI: 

 

Malakaviy  amaliyotni  tashkil  qilish  va  uslubiy  yordam  berish  maqsadida 



kafedra  tomonidan  rahbar  tayinlanadi  va  bu  universitet  rektorining  buyrug‘i  bilan 

tasdiqlanadi. 

Kafedra tomonidan tayinlangan rahbarning majburiyatlari: 

• talabani amaliyot o‘tash tartibi bilan tanishtirish;  

•  korxona  tomonidan  tayinlangan  rahbar  bilan  hamkorlikda  talabaning  amaliyot 

o‘tash bo‘yicha tuzgan shaxsiy ish rejasini ko‘rib chiqish; 

•  talabaning  amaliyot  o‘tash  bo‘yicha  dasturdagi  savollariga  javob  berish  va  ularni 

tahlil qilishda maslahatlar berish

•  talabaga  ishlab  chiqarish  amaliyotini  o‘tashda  nazariy  bilimlarni  bevosita  ushbu 

korxona amaliyotida umumlashtirish, mustaqil fikrlash va takliflarni ishlab chiqishda 

yordam berish; 

•  dastur  asosida  malakaviy    amaliyotni  o‘tashda  talaba  tomonidan  yo‘l  qo‘yilgan 

kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha maslahatlar berish

• amaliyot kundaligi va hisobotning to‘g‘ri to‘ldirilishini nazorat qilish; 

• ishlab   chiqarish   amaliyoti   bo‘yicha   talabaning   yozma   hisobotini kafedraga 

o‘z vaqtida taqdim qilinishini nazorat qilish; 

• amaliyot bo‘yicha yozma hisobotni tekshirish va unga xulosa berish; 

• amaliyot o‘tashning borishi to‘g‘risida kafedra yig‘ilishlarida axborot berib borish. 




 


Download 292.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling