BMTning sanoat taraqqiyoti tashkiloti (YUNIDO) Bosh Assambleyaning organi sifatida 1966 yil Bosh Assambleyaning 17 noyabrdagi rezolyutsiyasi asosida tashkil etilgan. 1985 yilda YUNIDO BMTning ixtisoslashgan muassasasiga aylantirildi. Uning qarorgohi Vena shahrida. YUNIDOning asosiy maqsadi rivojlanayotgan davlatlar sanoatining o‘sishiga va ularning tezroq industrializatsiyalashuviga ko‘maklashishdan iborat.
Xalqaro taraqqiyot va qayta tiklash banki, Xalqaro valuta Fondi Bretton-Vudsda bo‘lib o’tgan konferensiyada BMTning moliyaviy harakterdagi ixtisoslashgan muassasalari sifatida tashkil etilgan. Ularning qarorgohlari Vashington shahrida.
Xalqaro taraqqiyot va qayta tiklash banki, Xalqaro valuta Fondi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi va Xalqaro moliya korporatsiyasi bir-biriga o‘zaro uzviy bog‘liq. Faqat Xalqaro valuta Fondi a’zolarigina Xalqaro taraqqiyot va qayta tiklash bankiga a’zo bo’la oladilar va faqat Xalqaro taraqqiyot va qayta tiklash banki a’zolari qolgan ikki bo‘linmaga a’zo bo‘lishlari mumkin. Ushbu tashkilotlarda ovoz berish tartibi farqli bo‘lib, unda har bir a’zo o‘z badalining ulushiga qarab ovozlar soniga ega bo‘ladi.
Xalqaro valyuta Fondi moliyaviy tashkilotlar tizimida asosiy o’rin tutadi. Uning asosiy maqsadi a’zo davlatlar valuta-moliyaviy siyosatini muvofiqlashtirish, a’zo davlatlar valuta qursini, to‘lov balansini qo‘llab-quvvatlash, ularga qiska muddatli va o‘rta muddatli qarzlar berish kabilardan iborat.
Xalqaro taraqqiyot va qayta tiklash bankining asosiy maqsadi o‘ziga a’zo bo‘lgan davlatlar iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirishga yordam berish, chet el xususiy sarmoyadorlarini qo‘llab-kuvvatlash va sanoatni rivojlantirish uchun qarzlar berishdan iborat.
BMTning oziq-ovqat tashkiloti va qishloq xo’jaligi (FAO) 1945 yilda tashkil etilgan. Uning maqsadlari oziq-ovqatlar sifatini yaxshilash, aholi turmush tarzini yaxshilash, qishloq xo’jaligi hosildorligini oshirish, oziq-ovqat maxsulotlari taqsimoti tizimlarini yaxshilash singarilardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |