A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


BMTning inson huquqlari doirasidagi shartnomaviy (nazorat)


Download 421.04 Kb.
bet24/63
Sana09.05.2023
Hajmi421.04 Kb.
#1447570
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
Bog'liq
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

BMTning inson huquqlari doirasidagi shartnomaviy (nazorat) organlari faoliyatining huquqiy asoslari
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, inson huquqlari bo‘yicha BMT tomonidan ko‘plab normativ hujjatlar qabul qilingan. Bizga ma’lumki, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi yuridik kuchga ega emas. Lekin, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt va konvensiyalar ulami ratifikatsiya qilgan davlatlarga muayyan majburiyat va vazifalami yuklaydi. Ushbu majburiyatlar va vazifalarning a’zo-davlatlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish uchun hujjatlarning o‘zida nazorat organlari tuzish to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tiladi.
Inson huquqlari bo‘yicha shartnomaviy organlarning asosiy funk-siyalaridan bin davlatlarning taqdim etgan ma’ruzalarini o‘rganib chiqish-dir. Ular tashkil etilgunga qadar, 1965-yilda EKOSOSning qaroriga ko‘ra, BMTning inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining tavsiyasiga ko‘ra (rezolyutsiya 624 V (XXII) BMT a’zolari u yoki bu huquqlami amalga oshirganliklari to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzalarini BMT Bosh kotibiga taqdim etar edilar.
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, shuningdek, fuqarolik va siyosiy huquqlar, axborot erkinligi to‘g‘risidagi ma’ruzalar taqdimoti tizimi Inson huquqlari bo‘yicha paktlar kuchga kiigandan so‘ng qator xalqaro shartnomalarda ko‘rib chiqilgan yangi jarayon tartiblari bilan almashindi.
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, xalqaro konvensiyalar asosida tashkil etilgan nazorat organlarining birinchisi - Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitadir. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro kelishuvlarni sharhlash borasidagi cheklanishlardan kelib chiqqan holda, bu qo‘mitalar, awaliga, ularga berilgan axborot bo‘yicha a’zo-davlatlaming ma’ruzalarini muhokama qildilar. Biroq, nazorat organlarining ishi shuni yaqqol ko‘rsatib qo‘ydiki, amalda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarning ishtirokchilari haqiqiy ahvolni bo‘rttirib ko‘rsatishgan va aksariyat hollarda ob’yektiv bo‘lmagan axborotlami taqdim etganlar. Shuning uchun ham, turli qo‘mitalarning a’zolari asta-sekinlik bilan nafaqat davlatlardan kelayotgan axborotlar, balki, ulardan toshqari boshqa ma’lumotlarni ham o‘rganish kerak, degan xulosaga kelishdi.
Undan tashqari, o‘nlab davlatlar inson huquqlari sohasidagi asosiy shartnomalami ratifikatsiya qilganlari yo‘q va shuning uchun ham ular shartnomaviy organlarga ma’ruzalami taqdim ettsh bo‘yicha hech qanday majburiyatga ega emas. BMT Bosh Assambleyasi o‘zining bu to‘g‘ridagi tashvishi xususida bir necha bor fikr bildirdi va har bir sessiyada davlatlami Inson huquqlari bo‘yicha paktlarni va bu sohadagi boshqa asosiy hujjatlarni ratifikatsiya qilishga chaqirib, rezolyutsiyalar qabul qilmoqda.
Qo‘mitalartiing vakolati BMT Nizomi asosida faoliyat yurituvchi nrganlarga qaraganda tor doirada olib boriladi. Chunki, ular konvensiyalarga a’zo-davlatlar monitoringi bilan shug‘ullanadilar va inson huquqlariga oid konvensiyalaming moddalariga aloqador masalalami ko‘rih chiqadilar, xo-los. Umuman, ular siyosiy organlar emas, vaholanki, qo‘mita ekspertlari davlat vakillaridan emas, balki alohida shaxslardan saylanadi.
Konvensiyalarga a’zo-mamlakatlardan ular a’zo bo‘lgan muayyan konvensiyadan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarishi yuzasidan qo‘mitalarga Milliy hisobotlarni taqdim etish talab qilinadi. A’zo-davlatlar ma'mzalarini boshida birinchi hisobot, keyinchalik esa, davriy hisobotlari sifatida topshirib boradi. Bu hisobotlar konvensiyalardagi huquqlaming bajarilishini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilgan qonunchilik, sudlov, ma’muriy va boshqa chora-tadbirlarni qamrab oladi. Hisobotlar davriy majlislarda ko‘rib chiqiladi va u ochiq bo‘ladi. Qoidaga hinoan, bunday majlislarda, hisobdor bo‘lgan hukumatning vakili ishtirok etadi va hisobot bo‘yicha savollarga javob beradi.
Qo‘mitalar siyosiy organ emasdir, chunki qo‘mitalarga ekspert sifatida hukumatlaming vakillari emas, balki alohida shaxslar saylanadi va ular o‘zlarinirjg shaxsiy sifatlari bo‘yicha ish olib boradilar hamda o‘z davlatlari oldida hisobdor emaslar. Ular inson huquqlari sohasida tan olingan obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan mustaqil ekspertlar hisoblanadi.
Ayollar huquqlari bo‘yicha qo‘mita (CEDAW)ning tarkibi boshqa qo‘mitalardan farq qUadi, chunki, uning a’zolarining deyarli barchasi ayollar hisoblanadi. Ekspertlar konvensiya a’zolari hisoblangan mamlakatlar tomonidan
tavsiya etiladi va saylanadi, ammo yuqorida aytganimizdek, ular o‘z vazifalarini xususiy shaxslar sifatida bajaradilar.
Ekspertlar to‘rt yil muddatga saylanadi, tanlov jarayoni adolatli geog-rafik taqsimot hamda turli ijtimoiy va huquqiy tizimlaming vakilligi tamoyili asosida amalga oshiriladi. Qo‘mitalaming a’zoligiga ko‘pincha siyosiy nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda ishtirokchi-davlatlaming faol ta’sir ko‘rsatishi va ovozlami almashish orqali saylaniladi. Shuning uchun ham, Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan saylovlar ko‘proq siyosatchilarga bog‘liqdir.
Barcha qo‘mitalarda Qo‘mita majlislari sessiyadan oldingi uchrashuv-lar (ishchi guruhlar) bilan boshlanadi, ular sessiyadan oldin yoki oldingi sessiyaning oxirida o‘tkaziladi. Maqsad davlatlar vakillari bilan muhimroq
masalalami oldindan belgilab olishdir. Masalalar ro'yxati majlislarda ishlab chiqiladi va manfaatdor a’zo-mamlakatlar o‘rtasida tarqatiladi. Nodavlat tashkilotlari va BMT organlari ishchi guruhlar uchun mamlakatlar bo‘yicha maxsus axborotlar taqdim etish maqsadida taklif etiladi (ular yig‘ilishlarda ishtirok etishi mumkin).
A’zo-mamlakatlar hisobotlari ko‘rib chiqilgandan so‘ng qo‘mitalar o‘z ishlarining xulosalarida, “Xulosaviy kuzatish” nomli yakuniy tavsiyalarini qabul qiladilar. Ulanii yopiq majlislarda tuzadilar, ammo keyin nashr etadilar. Qo‘mitalaming hisobotlarni qabul qilish jarayoni o‘z muammolariga egadir. Qo‘mitalar hamisha ish bilan to‘lib-toshganligi bois, ularda har doim hali ko‘rib chiqilmagan hisobotlar mavjud bo‘ladi, ya’ni ular o‘z vaqtida ulgura olmaydilar. Boshqa muammo esa, tugallanmagan va talablarga to‘liq javob bermaydigan hisobotlardir. Milliy hisobotlarni ko‘rib chiqishdan tashqari, aksariyat shart-nomaviy qo‘mitalar inson huquqlarining buzilishi bo‘yicha shikoyatlarni ham ko‘rib chiqadilar.
Shartnomaviy qo‘mitalar “Xalqaro shartnomalaming qoidalariga oid umumiy tavsiyalar” nomli umumiy sharhlami tayyorlab, ularga mos keluvchi konvensiyalarning mustaqil interpretatsiyasini amalga oshirdilar. Sharhlar (tavsiyalar) konvensiya normalarini tushuntiradilar va moddalami amaliyotda qanday interpretatsiya qilishni belgilab boradilar. Ular huquqni himoya qilishning rivojlantirilishiga katta hissa qo‘shdi. Shuningdek, maz-kur sharhlar davlatlarga va milliy darajada ishlovchi nodavlat tashkilotlariga ularning hisobotlarini yozishida o‘zining samaradorligini ko‘rsatmoqda. Fikrimizcha, milliy qonunchilikka qiyoslaganimizda, konstitutsiyaviy sud funksiyalariga o‘xshash vazifani bajaradilar.
BMT tarkibida shu yo‘nalishda tuzilgan qo‘mitalaming har biri o‘zi nazorat etadigan konvensiya yoki pakt nomi bilan yuritiladi (birinchi pakt bundan mustasno):
Barcha qo‘mitalar o‘z faoliyati bo‘yicha Bosh Assambleyaga hisobot heradi. Biroq, bu procedural] farq amaliyotda hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi. Qo‘mitalarga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. CEDAW qo‘mitasiga esa, Nyu-Yorkda joylashgan Ayollar rivojlanishi bo‘yicha BMT bo‘limi (DAW) tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Ana shu qo‘mitalaming har birini tashkil etishda tegishli pakt yoki konvensiya yuridik asos bo‘ldi.

Download 421.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling