A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


Download 421.04 Kb.
bet61/63
Sana09.05.2023
Hajmi421.04 Kb.
#1447570
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

MA’LUMOT-AXBOROT MATERIALLAR


«Aqliy hujum» ning asosiy qoidalari:
- olg'a surilgan g'oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;
- ish sifatiga emas, soniga qaratiladi, g'oyalar qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi;
- istalgan g'oyalarni mumkin qadar kengaytirish va rivojlanti-rishga harakat qilinadi;
- muammo yechimidan uzoq g'oyalar ham qo'llab-quvvatlanadi; - barcha g'oyalar yoki ularning asosiy mag'zi (farazlari) qayd etish yo'li bilan yozib olinadi;
- «hujum»ni o'tkazish vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart;
- beriladigan savollarga qisqacha (asoslanmagan) javoblar berish ko'zda tutilishi kerak.
«Insert» texnikasining qoidalari:
1. Tekstni o'qib chiqing.
2. Olingan ma'lumotni tizimlashtiring.
3. Har bir qatorga qalam yordamida belgilar qo'ying.
V - ma'lumotlar mavzuga oid bilimlarimga to'g'ri keladi.
+ - yangi ma'lumotdir.
- - olgan bilimlarimga to'g'ri kelmaydi.
? - meni o'ylantirib qo'ydi, bu masala yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar kerak.
«INSERT» jadvali
Javob variantlari v + - ?

V - bilaman.
+ - yangi ma'lumot.
- - bilganlarimga zid.
? - meni o'ylantirmoqda


«Klaster» texnikasi
Klaster - fikrlarni tarmoqlanishi- bu pedagogik strategiya bo'lib, u talabalarning mavzuni chuqur o'rganishga yordam beradi. Talabalarda mavzuga talluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog'langan holda tarmoqlashlariga o'rgatadi. Bu usul biron mavzuni chuqur o'rganishdan avval talabalarni fikrlash faoliyatini jonlantirish hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, o'tilgan mavzuni mustahkamlash, umumlashtirishga undaydi. Klaster texnologiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Tayanch so'z beriladi;
2. Barcha talabalar shu so'z bo'yicha xayoliga kelgan hamma so'zlarni yozadilar.
3. Yozilgan so'zlardan bog'lanadiganlarini belgilaydi.
4. Tayanch so'zning mazmunini yoritadi.
5. Dars davomida o'rganilishi lozim bo'lgan muammolar talabalarga ma'lum qilinadi va ular dars davomida tushuntirib beriladi.

Download 421.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling