A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
Download 123.57 Kb. Pdf ko'rish
|
12PFfMXNp5g10kn5emEmoXC7TLKqGzktz00FeJlr
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. MA’LUMOT IDROK QILISH ZANJIRI
- Nazorat savollari
O‘z-oʻzini baholash – bu shaxsning oʻziga, oʻzining imkoniyatlariga,
sifatlariga, boshqa odam bilan munosabatdagi oʻzining oʻrniga beradigan bahosidir. O‘z-oʻzini baholash shaxsning fundamentiga (shaxs strukturasiga) kiradi. U inson xulq-atvoriga katta ta'sir koʻrsatadi. Insonning atrofdagilar bilan qiladigan munosabati, munosabatlardagi oʻrni, oʻziga boʻlgan munosabati, qarashi, qoʻyadigan talablari oʻz-oʻzini baholashga asoslanadi. O‘z-oʻzini baholash insonning samarali (natijali) faoliyatiga, hamda shaxsning rivojlanishiga xam ta'sir qiladi. Koʻpincha, qoʻyilgan noreal maqsad-vazifalar, istak-qiziqishlar bilan odamning real imkoniyatlari orasida nomutanosiblik oʻz-oʻzini baholashning pasayib ketishga, uning xulqi, xatti-xarakitlari noadekvat (vaziyatga tugri kelmaydigan) boʻlishiga sabab boʻladi. O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH TURLARI Past baholash Adekvat, real baholash Yuqori baholash 0 - - - - - - - + + + + + + + Adekvat, real baholash – odam oʻziga, oʻzining imkoniyatlariga real baho beradi, oʻzining + va – (kuchli va zaif tomonlarini) biladi. Kerak paytda odam imkoniyatlaridan kelib chiqib oʻzining yaxshi tomonlarini koʻrsata oladi, kamchiliqlarini toʻgʻirlay oladi. Past baholash – odam koʻproq oʻzining kamchiliklarini koʻradi, oʻzining sifatlarini pasaytiradi va kamaytiradi, bu koʻproq ichki nizolarga olib kelishi mumkin. Yuqori baholash – odam koʻproq oʻzining yutuqlarini koʻradi (ba'zilarini boʻrttiradi xam), bu koʻproq shaxslararo nizolarga olib kelishi mumkin. Noadekvat oʻz-oʻzini baholash, hox yuqori, hox past boʻlsin, koʻpincha xulq- atvordagi oʻzgarishlarga, xissiy zoʻriqishlarga, xavotirlik darajasining koʻpayishiga, ichki va shaxslararo nizolarga olib kelishi mumkin. 5. MA’LUMOT IDROK QILISH ZANJIRI Inson ma’lumotni idrok qilishi ma'lum ketma-ketlikda boladi. Bu ketma-ketlik ma’lumotni idrok qiluvchi bloklar bilan boʻgliq. Ma’lumot birinchi boʻlib His- tuygʻu blokidan oʻtadi. Shuning uchin ma’lumotni idrok qilish jarayonida, inson birinch soniyalarda ma'lumotning shakliga, uning QANDAY aytilganiga (yumshoq yoki qoʻpol, xayrixoh yoki agressiv, teng pozitsiyadan yoki yuqori pozitsiyadan va hkz) munosabat bildiradi. Keyingi soniyalarda insonning Ongi (aqli) ishtirok etishini boshlaydi va u ma'lumot mazmuniga, ya'ni NIMA deyilganiga qaraydi. Agar ma'lumot qiziq boʻlmasa, idrok etuvchi kishi uchun zarur boʻlmasa u uni eshitmasligi, qabul qilmasligi ham mumkin. Aksincha, agar inson kiruvchi ma’lumotga qiziqsa, uning zarurligini tushunsa u holda idrok tezroq borishi mumkin. Keyingi bosqichda idrok etuvchining shaxsi ishtirok etishni boshlaydi va u ma’lumot yetkazuvchi, ya'ni KIM gapirganiga munosabat bildira boshlaydi. Agar ma'ruzachining (ma'lumot beruvchining) imidji ijobiy boʻlsa, u holda tinglovchi ma'lumotni tezroq, toʻliqroq va ijobiy qabul qilishi mumkin. Ma’lumotni idrok qilishning bu ketma-ketligi Ma’lumotni idrok qilish zanjiri deb ataladi. QANDAY? NIMA? KIM? (ma'lumot shakli) (ma’lumot mazmuni) (ma’lumot yetkazuvchisi) Agar tinglayotgan, ma'lumot qabul qilayotgan odam ma'lumot beradigan (taqdim etadigan) odamni yaxshi tanisa, bilsa, u holda axborotni idrok qilish zanjiri boshqacha, yani oxiridan boʻshiga qarab ishlaydi. KIM? NIMA? QANDAY? Samarali muloqot vositalarini bilishi va ulardan foydalana olinishi oʻqituvchiga qanday yordam berishi mumkin? Agar oʻqituvchi sinf bilan ishlashda oʻquvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olsa, sinf bilan ishlash maqsadlari va oʻquvchilarning holatini hisobga olsa, ma'lumotni taqdim etishda savodli ketma-ketlikni, verbal va noverbal muloqot vosintalarini savodli birlashtirsa va ishlatsa u holda bolalar ma’lumotni qabul qilishlari, darsda faollashishlari sezilarli darajada oshishi mumkin. Nazorat savollari: 1. Samarali muloqot vositalarini sanab oʻting. 2. Verbal va noverbal muloqot turlari haqidagi bilimlar oʻqituvchiga nima berishi mumkin? 3. Samarali muloqotning tashkil etuvchilari va vositalari oʻrtasidagi farq nimada? 4. Ma’lumotni idrok qilish zanjiri nima va u qanday ishlaydi? Download 123.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling