A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti
Download 243.11 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqkeNxoFB0fKkQIQC6Ij2H7wsbXsgDP6yUXfTr252J (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsadimiz - xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishdir. 2. “Stesting” elektron platformasi qanday platforma
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY- TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari moduli bo‘yicha “FIZIKA FANIDA O‘QUVCHILARNI BAHOLASH USULLARI” o‘quv kursining “STesting - o‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rishi. Milliy platforma va uning imkoniyatlari” mavzusida ma’ruza matni Ma’ruzachi: Shukurova Zarifa Xaitmuratovna Toshkent 4-Mavzu: STesting - o‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rishi. Milliy platforma va uning imkoniyatlari. Reja: 1. Maqsadimiz - xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishdir. 2. “Stesting” elektron platformasi qanday platforma? 3. “STesting” elektron platformasining imkoniyatlari. “Stesting” elektron platformasi qanday platforma? “STesting” elektron platformasi bu – xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan elektron tizim va video mahsulotlarni o‘z ichiga olgan innovatsion platformadir. Elektron platforma orqali Siz, ❖ Xalqaro baholash dasturlarining topshiriqlarini o‘zida mujassam etgan elektron test tizimida o‘z bilimlaringizni sinab ko‘rishingiz; ❖ Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik doirasida o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalarga mo‘ljallangan video mahsulotlar bilan tanishib chiqishingiz; ❖ Taʼlim muassasalarida o‘quvchilarda savodxonlik kompetensiyalarini shakllantirish, ularning egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini hamda tahlil va talqin qila olish, mulohaza yuritish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida keng foydalanishingiz; ❖ Taʼlim jarayonida fanlararo integratsiyani taʼminlashda elektron platforma materiallarini bepul yuklab olishingiz; ❖ O‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalari (funksional savodxonlik, muammolarni hal qilish, shaxsiy fazilatlar)ni shaklllantirish bo‘yicha metodik yordam olishingiz mumkin. “STesting” elektron platformasi – o‘quvchilarni ilm-fan yutuqlaridan boxabar bo‘lishlari, atrof-muhit va inson salomatligi bilan bog‘liq muammolarni hal etuvchi qarorlarni mustaqil qabul qila olishlari, tabiiy boyliklarni asrash, egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish, tabiat va jamiyat hodisalariga nisbatan munosabat bildira olish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni hayotga tayyorlash va zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda muhim ko‘makchi vazifasini o‘taydi. “STesting” elektron tizimida o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish orqali mantiqiy, tanqidiy va ijodiy (kreativ) fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash mumkin. “STesting” elektron tizimi – o‘quvchi-yoshlarning faol fuqaro sifatida jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashida vositachi sifatida muhim ahamiyat kasb etishiga ishonamiz! Har besh yilda o‘tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini xalqaro darajada baholaydi. 2021 yilda o‘tkaziladigan PIRLS xalqaro baholash dasturida 70 ga yaqin davlatlar qatorida mamlakatimizdagi 4-sinf o‘quvchilari ham ilk marotaba ishtirok etdilar. Tadqiqotlar 2001, 2006, 2011, 2016-yillarda o‘tkazilgan bo‘lib, 2021-yil tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilashda ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi. Tadqiqotning 2016-yil natijalariga ko‘ra, 50 ta mamlakat ichida, Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya va Finlyandiya mamlakatlari yuqori natijalarni qayd etgan bo‘lsa, shular orasida rossiyalik va singapurlik o‘quvchilar matnni o‘qish va tushunish bo‘yicha eng yuqori natijalarni ko‘rsatdi. Shuningdek, Rossiyaning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ushbu mezon bo‘yicha dunyoda yetakchilik qildi. Tadqiqot haqida TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) – bu to‘rtinchi va sakkizinchi sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha tayyorgarligini baholovchi xalqaro tadqiqot. Tadqiqotning asosiy maqsadi turli mamlakatlardagi 4 va 8- sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha tayyorgarlik darajasini qiyosiy taqqoslash, yaxshi natija ko‘rsatayotgan mamlakatlarning ta’lim tizimidagi o‘ziga xos tomonlarini o‘rganishdan iborat. O‘tkazish davriyligi – har 4 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Tadqiqot 1995-yilda 1-marotaba o‘tkazilgan. Ohirgi marotaba esa 2019- yilda bo‘lib o‘tdi. Navbatdagi tadqiqot 2023- yilda bo‘lib o‘tadi va O‘zbekiston unda 1- marotaba ishtirok etadi. Ikki xil yo‘nalishda o‘tkazilladi: Matematika Tabiiy fanlar O‘tkazish shakli: Yutuqlarni baholash testi. (2019- yildan kompyuterda o‘tkazildi) O‘quvchilar uchun so‘rovnoma. O‘qituvchi uchun so‘rovnoma. Ota-ona uchun so‘rovnoma. Maktab ma’muriyati uchun so‘rovnoma. PISA tadqiqoti haqida (Programme for International Student Assessment) Ta’lim sifatini baholash sohasidagi PISA xalqaro tadqiqoti 15 yoshli o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashga mo‘ljallangan. Tadqiqot iqtidosiy hamkorlik tashkiloti (Организация экономического сотрудничества и развития – ОЭСР) rahbarligi ostida o‘tkaziladi. O‘zbekistonda mazkur tadqiqotning o‘tkazilishi uchun mas’ul Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshida tashkil etilgan Milliy markaz hisoblanadi. Markaz 2018-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora- tadbirlari to‘g`risida”gi 997- sonli qarori asosida tashkil etilgan. Markaz direktori tadqiqotni o‘tkazish yuzasidan koordinator hisoblanadi. Tadqiqot o‘quvchilarning matematik savodxonlik, tabiiy- ilmiy savodxonlik, o‘qish savodxonligi va kreativ fikrlashini baholaydi. PISA ning o‘tkazish davrlari : 2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015, 2018. Har bir davrda bitta yo‘nalish ustuvor bo‘ladi. PISA-2018- natijalari. PISA tadqiqotlarida ishtirokchi davlatlar haqida ma’lumot. Tadqiqot davri Ishtirokchi mamlakatlar soni. PISA-2000 Dunyoning 32 mamlakati. PISA-2003 Dunyoning 40 mamlakati. PISA-2006 Dunyoning 57 mamlakati. PISA-2009 Dunyoning 65 mamlakati. PISA-2012 Dunyoning 65 mamlakati. PISA-2015 Dunyoning 70 mamlakati. PISA-2018 Dunyoning 79 mamlakati. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqot maktabni bitirayotgan 15 yoshli o‘quvchining o‘z bilim, ko‘nikma, malakalarini hayotiy muammolarni yechish, ijtimoiy muloqot va o‘zaro munosabatlarda qay darajada ishlata olishini baholaydi. Dastur turli mamlakatlarning ta’lim tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlarni ko‘rish va ularni o‘zaro solishtirgan holda ta’lim tizimida qabul qilinayotgan strategik rejalar samaradorligi haqida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. Baholash sohasi O‘quvchilarning ko‘nikmalarini baholovchi PISA tadqiqoti uch asosiy yo‘nalishda o‘tkaziladi. Bu yo‘nalishlar: o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar savodxonligi. 2012-yilgi tadqiqotda qo‘shimcha yo‘nalish sifatida kreativ fikrlash ham kiritilgan. Tadqiqotning o‘tkazilish davriyligi Tadqiqot har 3 yilda o‘tkaziladi. Barcha siklda asosiy vaqt (vaqtning ikkidan uch qismi) yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarning bittasiga yo‘naltiriladi. Qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilarning savodxonligi umumiy tarzda baholanadi. 2000-yilda o‘qish savodxonligi, 2003- matematik savodxonlik, 2006- yilda tabiiy- ilmiy savodxonlik, 2009- ilda o‘qish savodxonligi, 2012- yilda matematik savodxonlik, 2015- yilda tabiiy fanlar savodxonligi, 2018- yilda o‘qish savodxonligi ustuvor yo‘nalish bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544- son “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Farmonida O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi belgilangan. 2022-yilda O‘zbekiston Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (Program for International Student Assessment, PISA) ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekistonni ushbu xalqaro dasturga tayyorgarlik ko‘rishida bir qancha davlatlar ko‘maklashmoqda. PISA natijalari 2023-yil oxirida e’lon qilinadi. Mamlakatlar xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishlari o‘sha davlatning ichki holatidan kelib chiqib emas, balki xalqaro standartlar nuqtai nazaridan chetdan turib baho beriladi. Qolaversa, ilk yillardan qandaydir juda yaxshi, ijobiy natijalar olish haqida gapirib bo‘lmaydi. Rossiya 2000-yildan beri xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etib kelmoqda va PISA bo‘yicha natijalari o‘rtacha xalqaro darajadan past bo‘lgan. Faqat 21 yil davomida ta’limga katta sarmoya kiritish orqali PISA tadqiqotidagi natijalarning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga yaqinlashdi. Buni qanday izohlash mumkin? Bu Rossiyada ko‘proq fan natijalariga, ya’ni yosh avlodga yaxshi, chuqur va uzoq muddatli bilimlarni berishga e’tibor qaratilganligi bilan izohlanadi. Ijodkorlikni rivojlantirishga ehtiyoj yo‘q deb hisoblangan, olingan bilimlar barcha o‘quvchilar tomonidan turli hayotiy vaziyatlarda ishlatilishini ta’minlash uchun vaqt ham bo‘lmagan. 1. PISA tadqiqotlariga ko‘ra o‘quvchilar faol hayotiy mavqeidan joy olishi uchun imkon beradigan bilimga egalik darajasini baholashlari mumkin bo‘ladi. Tadqiqotda hayotda kerak bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilishiga hamda o‘quvchilarni fanlarning o‘zaro bog‘liqligidan xabardorligini baholashga e’tibor qaratiladi (oldiga qo‘yilgan masalani yechishda turli fanlarni o‘rganish jarayonida olingan bilimlaridan yoki boshqa axborot manbalaridan olingan bilimlaridan foydalanishlariga e’tibor beriladi). Dastlabki qadamlarda 1999-yili PISA tadqiqotining mualliflari 15 yoshli o‘quvchilarning zamonaviy jamiyatga moslashishga tayyorligini aniqlash masalasini qo‘yganlar. Bu holat PISA tadqiqotining yo‘nalishlaridan biri sifatida – 15 yoshli o‘quvchilarning kundalik hayotdagi muammolarni hal qilish uchun matematika fanidan foydalanish darajasini tayyorgarligini baholash yo‘nalishini belgiladi. Tadqiqot 3 yillik davrlardan iborat bo‘lib, bunda har 9 yilda boshqa yo‘nalishlarga nisbatan matematika yo‘nalishiga kattaroq e’tibor qaratiladi. 2. PISA Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etuvchi mamlakatlarda o‘z yutuqlarini boshqa mamlakatlar bilan qiyoslay olish imkoniyati tug‘iladi. 2022- yildagi asosiy yo‘nalish - matematik savodxonligi qilib olinadi. Tadqiqot natijalari har uch yilda turli mamlakatlar ta’lim tizimini belgilovchi ko‘rsatkichlar bilan birga e’lon qilinib boriladi. Bu axborot ishtirokchi mamlakatlarga o‘z yutuqlarini boshqa mamlakatlarning yutuqlari bilan qiyoslash va bu orqali xalq ta’limi tizimi bo‘yicha siyosatni aniqlashda foydalanish imkonini beradi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilish imkoni, mamlakatga ko‘plab investorlarni qiziqishini ortishiga olib keladi. Natijada xalq farovonligi oshadi, ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari vujudga keladi. Bu esa, o‘z o‘rnida aholining moddiy daromadini oshirishiga, yashash sharoiti va ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini ortishiga olib keladi. Gruziyada 2018-yil o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarining natijaviy xulosasiga ko‘ra 2015-2018 yillar oralig‘idagi o‘tgan davrda ta’lim oluvchilarning bilim sifati ancha pasaygan. Misol tariqasida o‘quvchilar 2015-yilda o‘qish savodxonligi yo‘nalishi bo‘yicha 401 balni qo‘lga kiritgan. 2018-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 280 balga pastga tushgan. Matematik savodxonlik yo‘nalishi bo‘yicha 2015-yilda 404 ball to‘plagan, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 398 balga tushgan. Tabiiy fanlar savodxonligi yo‘nalishida 2015-yilda 411 ball bo‘lgan, 2018-yilda esa 383 balga pastga tushib ketgan. Bu haqda Gruziya O‘quvchilar bilimini baholash va nazorat qilish Milliy markazi rahbari Sopio Gorgodze o‘z hisobotida aytib o‘tgan. Gruziya 2012 yilda PISA tadqiqotlarida ishtirok etishni rad etgan, lekin 2015-yildan boshlab yana PISA xalqaro tadqiqptlarida ishtirok etish uchun rozilik bildirgan. PISA tadqiqotlari o‘quvchilarning o‘quv dasturlari bo‘yicha bilim sifatinigina emas, balki shu bilimlarini hayotda qay darajada qo‘llay olish ko‘nikmasini aniqlaydi. Gruziyada o‘quvchilarning matematik, tabiiy va o‘qish savodxonligi yo‘nalishlari ko‘rsatkichin pastga tushib ketgan bo‘lsada, o‘tgan 10 yillik davr oralig‘ida o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashi va siyosiy qarashlarida ancha ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganligini kuzatish mumkin. Demak tadqiqot faqatgina o‘quvchilar bilim savodxonligini o‘rganib qolmasdan, balki ularning fikrlash darajasini o‘zgarishi va o‘sishiga ham sababchi bo‘ladi. Shuning uchun mazkur omillarni tadqiq etish muammolari dunyoning ko‘plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar uchun dolzarbdir. Shu munosabat bilan innovatsion rivojlanishning darajasini tezkor va ishonchli tahlil qilishga mo‘ljallangan baholash tizimi mavjudligi katta ahamiyatga ega. Bunday baholash tizimlari sifatida obro‘li xalqaro tashkilotlari tomonidan yaratilgan xalqaro reyting tizimlari qo‘llanilmoqda. Shulardan eng mashhur reyting tizimi sifatida INSEAD biznes-maktabi, Kornel universiteti va intellektual mulk Jahon tashkiloti tomonidan qo‘llanilayotgan Global innovatsion indeks xizmat qiladi. Global innovatsion indeks innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi eng muhim axborot manbai hamda qaror chiqaruvchi organlar uchun foydali nazorat vositasi sifatida dunyo miqyosida e'tirof qilingan. Mazkur indeks ham iqtisodiy rivojlangan, ham bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davlatlarga qo‘llanilishi hamda innovatsiyalarga keng ravishda yondashgani uchun e’tiborga loyiq. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi. GII dagi “inson kapitali va tadqiqotlar” guruhning ma’lumotlarini tahlili doirasida OECD o‘quvchilarni baholash dasturi PISA baholash tadqiqotida olingan ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratish lozim. PISA doirasida quyidagilar tadqiq etiladi: – Yoshlar kelajakda o‘zlari duch keladigan qarama-qarshiliklarga qay darajada tayyor? – O‘quvchilar ziddiyatlar sabablarini tahlil qilish, izlash va aniqlash hamda o‘z g‘oyalarini taqdim etishga qodirmi? – O‘quvchilar qay darajada o‘z bilim va ko‘nikmalarini real hayotga tatbiq etish qobiliyatiga ega? Ayni shu holat bizni ta’lim tizimimizda ham kuzatilmoqda. Ya’ni o‘quvchilarga imkon qadar ko‘proq va chuqur bilim berish, ular olishi mumkin bo‘lgan bilim ko‘lamini kengroq olish asosiy maqsadga aylanib qolgan. Yagona va zerikarli standartlar asosida yozilgan va qayta nashrda asosan faqatgina nashr qilingan yili va kam miqdordagi sezilar sezilmas o‘zgarishlar bilan chop etiladigan darsliklar. Shu darsliklar asosida ta’lim berish, eng muhimi bu olingan bilimlarni hech qayerda qo‘llay olinmasligi va qo‘llanilishi bo‘yicha biron aniq tavsiya, yo‘nalish berilmasligi. Natijada esa tizim Xalqaro darajadagi tadqiqotlar o‘tkazilishiga mutlaqo tayyor emas. Biz ishtirok etayotgan yo‘nalish ya’ni: matematik savodxonlik, tabiiy fanlar savodxonligi, o‘qish savodxonligi birinchi marta tahlil qilinganida yaxshi natija bermasligi mumkin. Dunyodagi boshqa davlatlarning, ayniqsa qo‘shni davlatlarning bu bo‘yicha tajribalarini tahlil qilish va to‘g‘ri yo‘nalishda ketishga qaror qilish eng muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etishi hozircha aniq biron xulosa chiqazishga to‘sqinlik qiladi. Lekin bu bo‘yicha olib borgan 5 yillik izlanish va ilmiy faoliyatim davomida aniqlagan ma’lumotlarga asoslanib, ba’zi taxminlarimni aytishim mumkin. Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha natijalar o‘qish savodxonligi bo‘yicha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘ladi. Bunga sabab, PISAda o‘qish savodxonligini baholash vositalari keskin o‘zgargan. Bu borada Rossiya natijalari ham 2018 yilda bir oz yomonlashganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, o‘quvchilarning test sinovlarini baholash uchun yangi baholash formati (kompyuter platformasi) joriy qilinibgina qolmay, balki o‘quvchilarga butunlay boshqa matnlar taklif etildi: ko‘p o‘lchovli matnlar, ziddiyatlarni aniqlash, nuqtai nazarni yoki manbalar sifatini aniqlash kerak bo‘lgan matnlar. Shuning uchun bu yo‘nalishda o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining natijalarida uncha katta siljish bo‘lmasligi mumkin. Lekin matematika va tabiiy fanlardan mamlakatimiz dastlabki bosqichlarda yaxshi natijalar ko‘rsatadi deb umid qilamiz. 3. PISA tadqiqotlarida muvaffaqaiyatli ishtirok etish natijasida chet ellik sarmoyadorlarni inson kapitali yuqori bo‘lgan davlatga qiziqishi ortadi. 150 dan ziyod mamlakatni qamrab oluvchi bir necha yirik test dasturlari natijalarini PISA baholari bilan qiyoslash mumkin. Ma’lumotlar bazasi ta’lim sohasida ulkan muammolar borligini ko‘rsatdi: rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘quvchilarning qariyb 50 foizi “professionallikning eng past darajasi” deb ataladigan muammoga duch keladi. Singapurda o‘quvchilarning 98 foizi, Janubiy Afrikada 26 foizi o‘rta maktabda xalqaro bazaviy darajaga erishadi. Boshqacha aytganda, Singapurda o‘rta maktab o‘quvchilarining deyarli barchasi dunyoning istalgan joyida ishlash uchun yetarli malakaga ega. Janubiy afrikalik yoshlarning qariyb to‘rtdan uch qismi savodsiz. Bu inson salohiyatini yo‘qotish. Bolalar maktabni bitirar ekan, qaysi mamlakatda yashashiga qarab sog‘lig‘i borasida mutlaqo turli istiqbollarga duch keladi. Dunyoning eng badavlat mamlakatlarida 15 yoshli o‘smirlarning qariyb 5 foizi o‘zining 60 yoshligini qarshilay olmaydi. Qashshoq mamlakatlarda 15 yoshli o‘smirlarning 40 foizi 60 yoshgacha vafot etadi. Ushbu faktlar turli mamlakatlarda sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida ulkan tafovutlar borligini ko‘rsatadi. Biz inson kapitalining turli jihatlarini birlashtirish uchun Jahon banki guruhida ularni yagona indeksga yig‘ish kerakligini ko‘rsatadi. U ishchilarning kelgusi avlodi mehnati samaradorligining pasayishi nuqtai nazaridan inson kapitaliga investitsiya kiritmaslik oqibatlarini namoyon etadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda inson kapitaliga eng kam sarmoya kiritiladigan mamlakatlarda kelgusida ishchi kuchining samaradorligi, agar odamlar to‘liq sog‘lom bo‘lib, sifatli ta’lim olsa, erishish mumkin bo‘lgan ko‘rsatkich sezilarli pasayib ketadi. Shu tarzda inson kapitaliga sarmoyadan olinadigan iqtisodiy foydani o‘lchash sog‘liq va ta’lim yaxshilanishining ijtimoiy va ichki qiymatini kamaytirmaydi. Jahon banki guruhi inson kapitaliga sarmoya qilish ta’sirining ijobiy natijalarini targ‘ib etib, siyosatchilarni nafaqat bank hisob raqamlari, balki maktablar va kasalxonalardagi holatlar haqida ham qayg‘urishga ruhlantirishi kerak. Shuningdek, indeks investitsiyalar darajasi pasayib borayotgan mamlakatlar uchun harakatga da’vat bo‘ladi. 4. Ta’lim berish usullari, DTS o‘zgartirishlar kiritiladi. Eng asosiysi, baholash jarayonlari natijasiga ko‘ra o‘qitish tizimida o‘zgarishlar vujudga keladi. Misol tariqasida qo‘shni davlatlarimizdan biri bo‘lgan Tojikistonni olib qaraydigan bo‘lsak, Tojikistonda Jahon bankining vakolatxonasi mutaxassislari uchun ariza topshirdilar Rossiyaning ikkinchi Rossiya ko‘magi dasturining ishonchli fondini qabul qildi, rivojlanish bo‘yicha ta’lim (o‘qish-2), ular juda muvaffaqiyatli tajribaga e’tibor qaratdilar. 2009– 2014- yillarda Tojikiston o‘zida inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Universitetlarni o‘zida o‘tishini ta’minlaydigan universitetlarga kirish imtihonlari tizimi, nostandart kirish imtihonlari markazlashtirilgan, standartlashtirilgan va ochiq qabul qilish tizimi. Tekshiruv tizimini isloh qilish sezilarli darajada Tojikistondagi oliy ta’lim tizimida yaxshilandi. O‘zbekistonda ham bu borada ko‘plab islohotlar o‘zgarishlar olib borilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-son qarori qabul qilindi. Qarorda quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar tashkil etilishi qayd etilgan: (PIRLS) – boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun; (TIMSS) – 4- va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun; (PISA) – 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun; (TALIS) – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun. Mazkur tadqiqotlarga qatnashish uchun tayyorgarlik ko‘rish asnosida bizning o‘quv dasturimiz xalqaro ta’lim dasturlari bilan ko‘p jihatdan mos kelmaslik holati ma’lum bo‘ldi. jahon standartlariga mos bo‘lgan standartlar kiritildi va shu asosda Milliy o‘quv dasturi barcha fanlar kesimida ishlab chiqilib, expertlar xulosasi o‘rganib chiqildi, muhokamaga qo‘yildi. 5. PISA tadqiqotlarida ishtirok etish aslida nima? PISA tadqiqotida ishtirok etish bu shunchaki ta’lim holatini nazorat qilish emas, balki ta’lim tizimining qanday ahvoldaligi haqida ma’lumot beradigan, ta’lim sifatini yaxshilashga ko‘maklashadigan va uni yanada raqobatbardosh qiladigan yo‘nalish ekanligini hamma juda yaxshi tushunishi kerak. Yaxshi natijalar ko‘rsatish uchun hech bo‘lmaganda 2 maqsadga ega bo‘lish kerak: birinchisi, o‘qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni tayyorlashdir. Zero xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta’lim sifati o‘qituvchilarning kasbiy darajasiga, ularning bilim darajasiga bog‘liq, deb aytilmaydi. Demak, o‘qituvchilarni tayyorlashga mablag‘ ajratish va yangi o‘quv materiallarini yaratish kerak. Tegishli vazirliklar malaka oshirish tizimiga investitsiya kiritishi, moliyalashtirishi va uslubiy qo‘llab-quvvatlash uchun shart- sharoitlar yaratishi lozim. Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlash va ta’lim jarayonida o‘qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni o‘zgartirish zarur. Buning uchun biz o‘qituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi ta’limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va o‘qituvchilarni ta’lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan ta’minlashimiz kerak. Download 243.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling