A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot


Download 251.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana14.03.2023
Hajmi251.38 Kb.
#1267052
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YPLTNPE0W1WcNFh2RgOkpDsYqt82aNhbn97Hc1EO



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
 
 
“O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholashda xalqaro dasturlar va 
taqqiqotlar” 
o‘quv kursining 
“Energiya almashinuvi va fotosintez bo‘yicha masala, mashqlar” mavzusidan 
ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Sh. Ikromova
Toshkent 
 
 


4-Mavzu: Energiya almashinuvi va fotosintez bo‘yicha masala, mashqlar 
 
Reja: 
1. Energiya almashinuvining bosqichlari. 
2. Energiya almashinuviga doir 1,2,3 darajali masalalar. 
3.Energiya almashinuviga doir 4,5 darajali masalalar. 
Energiya almashinuvi va fotosintez mavzulari bo‘yicha masala va mashqlar 
yechish davomida o‘quvchilar energiya almashinuvi parchalanish reaksiyalari 
yig‘indisi. Energiya almashinuvi bosqichlari tayyorgarlik, kislorodsiz, kislorodli 
parchalanish. Almashinuvning kislorodli bosqichi. Siklda reaksiyalar, ularning 
energiya hosil bo‘lishidagi roli. Kislorodli almashinuvning mitoxondriyalarda 
kechishi. Almashinuv reaksiyalarining yig‘indi tenglamasi kabi bilimlarini 
rivojlantirishga ega bo‘ladilar. O‘quvchilar energiya almashinuvi va fotosintez 
mavzulari bo‘yicha masala va mashqlar yechish uchun fotosintez, avtotroflar va 
getereotroflar. Xloroplast fotosintezning moddiy asosini; -xloroplastlarning tuzilishi 
haqidagi tasavvurlar, membrananing tuzilishi. Fotosintezning yorug‘lik fazasi. 
Yorug‘lik kvantlarning reaksiya markazlariga bir yo‘nalishda uzatilishi. 
Elektronlaming NADF molekulalariga uzatilishi va ularning qaytarilishi. ATF hosil 
bo‘lishi haqidagi;
-suvning fotolizi natijasida kislorod ajralishi va vodorod hosil bo‘lishi. 
Fotosintezning qorong‘ilik bosqichi. Karbonat angidrid gazi yutilishi va uning 
uglevodlargacha qaytarilishi. Sintezlanish jarayonlarida energiya va suv talab 
etilishi. Fotosintezning reaksiya tcnglamasini yig‘indisi. Fotosintezning ahamiyati 
va uning mahsuldorligini oshirish yo‘llari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak. 
Energiya almashinuvi va fotosintez mavzulari bo‘yicha masala va mashqlar 
yechish davomida o‘quvchi metobolizm uch bosqichda amalga oshishini: Energiya 
almashinuvi va fotosintez mavzulari bo‘yicha masala va mashqlar yechish davomida 
o‘quvchi metobolizm uch bosqichda amalga oshishini: 
1) tayyorgarlik bosqichi kraxmal – glyukozaga aylanishini; 
2) kislorodsiz parchalanish (glikoliz) sitoplazmada amalga oshadi va 
glyukoza–pirouzum kislotaga aylanishini; 
3) kislorodli parchalanish “nafas olish” mitoxondriyada amalga oshib
pirouzum kislota +ATF hosil bo‘lishini. Glyukoza to‘liq parchalanganda 38 
molekula ATF hosil bo‘lishini kabi bilimlarga ega bo‘lishi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Quyida mavzuga oid masala yechish bo‘yicha namunalar bilan tanishamiz; 

Download 251.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling