A avloniy nomidagi xalq ta‟limi muammolarini o„rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
Download 486.77 Kb. Pdf ko'rish
|
lA2DodZbsSITdsyLtfEU4tHJrAgzgeOzB7AHCNYB
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari moduli bo„yicha “CHIZMACHILIK FANINI O„QITISHNING DOLZARB
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA‟LIMI MUAMMOLARINI O„RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi Fandagi yangiliklar, fanni o„qitishning dolzarb masalalari yoki O„quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari moduli bo„yicha “CHIZMACHILIK FANINI O„QITISHNING DOLZARB MASALALARI” o„quv kursining “Chizmachik fanidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish metodikasi” mavzusidan ma‟ruza matni Ma’ruzasi: Sindarova Shoxista Maxammatovna Toshkent 2022 5-Mavzu: Chizmachik fanidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish metodikasi. Reja: 1.1 Oʻquvchilarning mustaqil ta`limning shakllari va uni tashkil etishning maqsad va vazifalari. 1.2 Chizmachik fanidan mustaqil ta`limning shakllari 1.3 Oʻquvchilar tomonidan oʻquv jarayonidagi mustaqil faoliyatini rivojlantirish metodikasi. Chizmachik fanidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish metodikasi 1.1. Oʻquvchilarning mustaqil ta`limini tashkil etishning maqsad va vazifalari. KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Taʻlim sohasida boʻlayotgan har bir oʻzgarish jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy taʻsir qilishiga shubha yoʻq. Mamlakatning intelektual salohiyatini oshirish, davlat taʻlimi standarti talablariga javob bera oladigan, yetuk, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil hisoblanadi. Qaysi sohada boʻlmasin bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish- oʻquvchi faoliyatining taʻlim muassasasidagi eng ajralib turadigan xususiyati, mustaqil oʻqib, bilim orttirish asosi hisoblanadi. Taʻlim tizimida mustaqil bilim olish, nazorat qilish mustaqil taʻlim olishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Mustaqil bilim olishda avvalo, oʻquvchilarga mustaqil ishlashga, erkin, ijodiy faoliyat yuritishga va eng asosiysi mustaqil fikrlashga ehtiyojni shakllantirish lozim. Mamlakatimizda oʻtkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablari va zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish ta`lim tizimini tubdan isloh qilish va modernizatsiya jarayonlarini chuqurlashtirishda ilgʻor texnologiyalar hamda innovatsiyalarni ta`lim va tarbiya jarayonlariga tatbiq etishni taqozo etmoqda. Jahon tajribasi, yuksak darajada taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi bu haqiqatni qayta-qayta isbotlamoqda. AQSh, Angliya, Germaniya, Frantsiya, Xitoy, Koreya, Yaponiya kabi davlatlar ta`lim sifatini ta`minlash va ularni baholash tizimini yanada takomillashtirish, ilgʻor tajribalarni joriy etish boʻyicha dunyoda etakchi hisoblanadi. Dunyo «Taʻlimi taraqqiyotida intеrnatsionallashuv, globallashuv va axborotlashtirish tеndеntsiyalarining kuchayib borishi» kuzatilayotgan bugungi sharoitda boʻlajak oʻquvchilarni samarali muloqotga tayyorlash hamda ularning global fikrlashini rivojlantirishning pеdagogik mеxanizmlarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizning ta`lim sohasida oʻziga xos siyosati mavjud boʻlib, u asosan kadrlarni tayyorlashni rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora- tadbirlardan iboratdir. Hozirgi kunda bu borada qator islohatlar amalga oshirilmoqda. Xususan mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi”da oliy ta`limda sifatli ta`lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish belgilangan. 1 Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya va isloh etish asosida uning yuksalishini ta`minlash hamda moliyaviy barqarorlik oʻquvchilarga javob beradigan ta`lim tizimini nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganishda oʻquvchilarning mustaqil oʻqish va oʻrganishi muhim ahamiyatga egadir. Ta`lim-tarbiya jarayonida izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta`sirlarning birligi, uzluksizligi va oʻquvchilar mustaqil ta`limining tashkil etilishi yaxlit birlikni hosil qiladi, bir-birini boyitib boradi hamda taraqqiy ettiradi. Oʻquvchilar mustaqil ta`limining asosiy maqsadi-oʻqituvchining rahbarligi va nazorati ostida yoki mustaqil ravishda oʻquvchida muayyan oʻquv ishlarining mustaqil ravishda bajarish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. 1 Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президенти фармони 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сон Mustaqil ta`limining asosiy vazifalarida quyidagilar aks etadi: oʻquvchilarning yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta oʻzlashtirish koʻnikmalariga ega boʻlishi, axborot manbalaridan samarali foydalangan holda kerakli ma`lumotlarni izlab topishi, uning qulay usullari va vositalarini aniqlashi, oʻquv va ilmiy adabiyotlar, me`yoriy hujjatlari elektron oʻquv adabiyotlar va ma`lumotlar banki bilan ishlay olishi, internet tarmogʻidan maqsadli foydalanishi, turli topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondasha olishi nazarda tutiladi. Koʻpgina oʻquvchilar mustaqil ish va amaliy mashgʻulotlarning turli shakllarini afzal koʻrishadi, chunki mustaqil ravishda olingan bilimlarning kuchi va qiymati bebahodir. Mustaqil taʻlim- bu maqsad, vazifa, ifoda shakli va natijani tekshirishga ega boʻlgan oʻquvchilar ning faoliyati. Oʻquvchilar mustaqil ishashni xohlashadi va ishlaydilar. Ularni ushbu faoliyatni turini tashkil qilish va ragʻbatlantirishga yordam berish oʻqituvchining vazifasidir. Faqatgina oʻqituvchi oʻquvilarning yoshini, uning shaxsiy fazilatlarini inobatga olishi, oʻquvilar xotirasi va eʻtiboriga yuklarni teng taqsimlashi ularning mustaqil taʻlim olish qobilyatini shakllantirishga yordam beradi. Soʻnggi yillarda oʻquvchilarning mustaqil ta`limini tashkil etish sohasida ma`lum tajribalar boʻlsada, bu ishlarda sezilarli oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Shuni alohida takidlash joizki, oʻquvilarning tor yoki keng ma`noda boʻladimi baribir shu mustaqil ta`limsiz ta`limni muvvaffaqiyatli oʻzlashtirish hakida gap boʻlishi mumkin emas. Yana shuni esda tutish kerakki, oʻquvchilarning mustaqil ta`limi ma`ruza, amaliy, seminar, maslahatdan tamoman ajralgan va dastur bilan aloqasi boʻlmagan holda tartibsiz tashkil etiladigan ish degani emas. Aksincha u oʻqitiladigan fanning yoʻnalishi bilan uzviy dialektik bogʻliqdir. Download 486.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling