A avloniy nomidagi xalq ta‟limi muammolarini o„rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
Download 486.77 Kb. Pdf ko'rish
|
lA2DodZbsSITdsyLtfEU4tHJrAgzgeOzB7AHCNYB
9. Masofaviy (distantsion) ta`lim.
Mustaqil ta`limda bajariladigan topshiriqlar va uning bajarish usullari va shakllari fan xususiyatidan kelib chiqib quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin. Yozma ish – oʻquvi berilgan mavzuni mustaqil oʻrganib oʻz fikrini yozma ish shaklida bayon etadi (konspektlashtiradi); Testlar – oʻquvi berilgan mavzuni mustaqil oʻrganib mavzuga taalluqli testlarni tuzadi; Laboratoriya hisobotlari – Oʻquvchi sinfda bajarilgan laboratoriya tajribalari natijalari boʻyicha hisob-kitob ishlarini amalga oshiradi va hisobot shaklda tayyorlaydi. Referat – mashgʻulotlarda yoritilgan savollar boʻyicha, qoʻshimcha manbalardan oʻqib oʻrgangan bilimini yozma namoyon etadi va kelgusi darslarda mashgʻulotiga himoya qilib aytib beradi. Sxema chizish – oʻquvi mavzuga tegishli sxemalarni adabiyotlardan, Internet yangiliklaridan olib chizib keladi va tushuntirib beradi. Model namunalarini tayyorlash – mavzuga tegishli rasmlardan, sxemalardan foydalanib alohida detal yoki uzellarni, qismlrni modelini tayyorlaydi. Masala yoki misol echish – mavzuga tegishli boʻlgan bir necha misol va masalalarni uy topshirigʻi asosida oʻrganib echib keladi. Ogʻzaki tayyorgarlik – mavzuga tegishli savollarga tayyorlanish, qoʻshimcha adabiyotlardan foydalanish va nazorat savollariga aniq javob berish qoibiliyatini shakllantirish. Plakat (koʻrgazmali qurol) – mavzu boʻyicha rasm yoki sxemalarni plakatda aks ettirish. Topshiriqni darsda aytib berishda plakat koʻrgazmali qurol sifatida foydalaniladi. Loyiha – ma`lum bir mavzu boʻyicha topshiriqni semestr davomida bajarib boriladi. Loyihani bajarilishi kerak boʻladigan qismlari yuqorida keltirilgan mustaqil ta`lim shakllari holida ham bajarilishi mumkin. Loyiha fan yakunlanish arafasida himoya qilinadi va alohida baholanadi. Download 486.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling